Xii bob. Nizo va stressni boshqarish



Download 319,27 Kb.
Pdf ko'rish
bet20/21
Sana09.07.2022
Hajmi319,27 Kb.
#764295
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21
Bog'liq
12-мавзу

Statistik usul
- yordamida o‘xshash faoliyat bilan shug‘ullanadigan 
xo‘jaliklarda ko‘riladigan zarar, uning darajalari va takrorlanib turish hollari 
o‘rganiladi. 
Ekspert usuli
- yordamida tajribali tadbirkorlar fikri yig‘iladi, u qayta ishlanadi, 
menejer va mutaxasislarning aniq tijorat operatsiyalarida xavfning kutilishi 
darajalari to‘g‘risidagi fikrlari tahlil qilinadi. 
Analitik usul
- ehtimollar nazariyasi, o‘yinlar (teorii igr) nazariyasidagi 
matematik modellarni qo‘llashga asoslanadi. 
Tavakkalchilikni boshqarish faoliyati menejment sohasida eng tez rivojlanib 
borayotgan professional faoliyat hisoblanadi. G‘arb firmalarining shtatida aynan shu 
xavfni kamaytirishga javob beruvchi tavakkalchilik bo‘yicha lavozim mavjud 
(tavakkalchi-menejer). Ular firma rahbarlari bilan bir qatorda xavf-tavakkalchilik 
bo‘yicha qabul qilinadigan qarorlarda qatnashadilar va uning oqibati uchun bab-
barobar javob beradilar. Tavakkalchilikni boshqarish quyidagi faoliyatlarni o‘z 
ichiga oladi: 
• 
Tavakkalchilikni aniqlash, tahlil qilish va uning darajasini baholash; 
• 
Tavakkalchilikni 
ogohlantiruvchi 
tadbirlarni 
ishlab 
chiqish, 
uni 
minimallashtirish va sug‘urtalash tadbirlarini belgilash; 
• 
Tavakkalchilik oqibatida ko‘rilgan zararlarni qoplash va korxonani tiklash 
yo‘lini izlash. 
Bulardan tashqari tavakkalchilikni strategik boshqarish yuzasidan quyidagi 
savollarga javob topish zarurdir: 
• 
Korxona aynan qaysi bir turdagi tavakkalchilikni o‘z faoliyatiga qo‘llashi kerak? 
• 
Shu singari tavakkalchilikni boshqarish uchun qaysi bir usullarni qo‘llash 
ma’qul? 
• 
Korxona o‘z zimmasiga qay darajadagi tavakkalchilikni olishi mumkin? 
Ammo tavakkalchilikni boshqarish strategiyasini belgilab olishning o‘zi etarli 
emas. Bundan tashqari, bu strategiyani amalga oshirish mexanizmini, ya’ni 
tavakkalchilikni boshqarish tizimini ishlab chiqish lozim. Bu quyidagilardan iborat: 
• 
Qabul qilinadigan qarorlarni samarali baholash va uni nazorat qilish tizimini 
yaratish; 
• 
Korxonada tavakkalchilikni boshqarish uchun maxsus bo‘limni tashkil qilish 
yoki shaxsni tayinlash; 
• 
Tavakkalchilikni sug‘urtalash, zarar va yo‘qotishlarni qoplash uchun maxsus 
mablag‘lar va zaxiralar ajratish. 


Amaliyotning tasdiqlashicha, bu tadbirlardan tashqari, tavakkalchilikni 
boshqarish bo‘yicha maxsus qo‘llanmalar ishlab chiqishni taqozo etadi. Aynan shu 
qo‘llanmada har bir bo‘lim va menejerlarning tavakkalchilikka borish me’yorlari 
ko‘rsatilgan bo‘ladi. 
Tavakkalchilikning miqdoriy o‘lchovi zararning mutloq va nisbiy ko‘rsatkichlari 
bilan ifodalanadi. Mutloq ifodalanish natural yoki qiymat ko‘rinishda, nisbiy 
ifodalanish esa kutilishi mumkin bo‘lgan zararning kapital, harajatlar summasi yoki 
foydaga nisbati ko‘rinishida bo‘ladi. 
Tavakkalchilik korxonasi bankrotlikka olib boradimi yoki aksigami - buning 
miqdoriy o‘lchovini bilish o‘ta zarur. SHu maqsadda tavakkalchilik koeffitsienti 
hisoblanadi: 
ЖМ
З
К
т
=
bu erda: 
K
t
- tavakkalchilik koeffitsienti; 
Z - maksimal imkoniyat darajasidagi zarar; 
JM - jami mablag‘lar summasi. 
Empirik tadqiqotlarning ko‘rsatishicha, tavakkalchilik koeffitsientining optimal 
darajasi 0,3; korxonani bankrotlikka olib boradigan darajasi esa 0,7 ni tashkil qiladi. 

Download 319,27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   13   14   15   16   17   18   19   20   21




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish