1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi


Filipson hamda  Xertonlarnikidir (5). Chunki bu usullar ishlatilganda standart granulalar hosil  bo‘ladi



Download 8,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet74/319
Sana09.07.2022
Hajmi8,8 Mb.
#763149
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   319
Bog'liq
2 5206354678991819693

 
Filipson hamda 
Xertonlarnikidir (5). Chunki bu usullar ishlatilganda standart granulalar hosil 
bo‘ladi
.
 
Bir xildagi fraksiyalardan tayyorlangan granulalar beqaror viruslarni 
tozalashda katta elyusiya tezligini ta’minlaydi. 
Granulalangan agar (agaroza) gellarida gelfiltratsiya usulini preparativ va 
analitik maqsadlarda qo‘llanilishi mumkin. 
 
4.5.1. Gelfiltratsiya yordamida viruslarni tozalash (5;6)
1962 yilda Chex 3% agar bilan to‘latilgan kolonkada tamaki mozaikasi 
virusini o‘simlik shirasidan ajralishini o‘rgandi. TMV ni erkin ob’yomda 


 
 
74 
taqsimlanib geldan to‘liq chiqishini aniqladi. Bu sharoitda monomer va 
agregatsiya 
bo‘lgan virus zarralari bir-biridan ajralmasligini kuzatdi. 
Xloroplastlar ham xromatografiya jarayonida virusli zonada taqsimlanadi. 
Regenmortel va Engelbrextlar 5% agar granulalari bilan “danakli 
o‘simliklarni halqa dog‘li virusi”ni tozaladilar. Immunologiya usullari yordamida 
virus zarralarini erkin hajmda birinchi bo‘lib kolonkadan yuvilib chiqishi
hujayraning qismlari esa ikkinchi cho‘qqini tashkil qilishi aniqlandi. Olingan 
natijalarni yana yuqumliligini bodring o‘simligida tekshirib tasdiqlandi. 
Gelfiltiratsiya yordamida viruslarni bir-biridan ajratish. 
TMV va 
“no‘xatning janubiy mozaikasi virusi”dan ajratish Stir va Akkers va Oberglar 
tomonidan amalga oshirildi. Fridborg, Kogland “tamaki nekrozi virusi” va uning 
“yo‘ldoshi”ni ajratib, tozalashda 4% va 10% agar gellaridan foydalanishdi (5).
 
Gelfiltiratsiya yordamida virus zarralarining uzunligiga qarab 
fraksiyalarga ajratish. 
Xromatografik kolonkadan har xil uzunlikdagi virus 
zarralarini gelfiltratsiya qilinganda elyusiya tezligi o‘ta sekin bo‘lganda zarralar 
kolonkadan o‘tish va diffuziya vaqtida aylanadilar. TMV ning 3000 nm 
zarralarini ulardan kalta bo‘lgan zarralardan ( 2000 nm va undan kichik) ajratish 
mumkin. 
Virus zarralari kolonkadan o‘ta sekin harakatlangan xolatda ular o‘z 
uzunligiga teng diametrli aylanayotgan sharni eslatadi. Uzunligi 3000 nm ga teng 
tayoqcha 2500 nm li poraga (1% li gel) qiyin diffuziyalanadi. 2000 nm li zarralar 
kolonkada 3000 nm li zarralarga qaraganda birmuncha uzoqroq tutilib qoladi. 
SHu metoddan foydalanib Stir va Akkeres; Kado, Nayt lar TMV ni uzunliklariga 
qarab fraksiyalarga ajratishdi. Vahobov va Atabekovlar esa qisman 
deproteinizatsiya qilingan TMV ni fraksiyalarga ajratishdi (5). 
TMV ni o‘lchamiga qarab fraksiyalarga ajratishda ma’lum qoidalarga amal 
qilish zarur. TMV ni agregatsiya bo‘lishining oldini olish uchun elyuentning pH - 
7,2 dan
 
past bo‘lmasligi, ion kuchi ham minimal bo‘lishi, elyusiya tezligi 5 
ml/soatdan oshmasligi kerak. 

Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish