1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi


Olingan virusli fraksiyalarni analizi



Download 8,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/319
Sana09.07.2022
Hajmi8,8 Mb.
#763149
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   319
Bog'liq
2 5206354678991819693

Olingan virusli fraksiyalarni analizi: 
1. Avvalo olingan fraksiyalarni 
spektrofotometrda 260 nm va 280 nm to‘lqin uzunligida ultrabinafsha nurni 
yutishi aniqlanadi va u asosida grafik tuziladi. Absissa o‘qiga fraksiyalar hajmi 
(ml) yoki soni, ordinata o‘qiga esa fraksiyani ultrbinafsha nurni yutish miqdori 
belgilanadi. 
Olingan natijalarni grafik asosida belgilanganda ikki cho‘qqiga ega bo‘lgan 
egri chiziq hosil bo‘ladi. 
2. Birinchi cho‘qqi tashqi ko‘rinishdan sutsimon rangli moddalardan, 
ikkinchi cho‘qqi esa jigarrang tusli moddalardan iborat. 
3. Olingan cho‘qqidagi fraksiyalarni spektrofotometrda 220 nm dan 320 nm 
gacha ultrabinafsha nurni yutishlari o‘lchab chiqilganda, 260 nm da fraksiyadagi 
moddani (yuqumliligini bilgandan so‘ng virus desak bo‘ladi) UB-nurni eng ko‘p 
yutishi, 320 nm da esa uni minimumga intilishi kuzatiladi. 260 nm da UB— nur 


 
 
76 
yutishda olingan natijani 280 nm da olingan natijaga nisbati 1,18—1,22 
(A
260nm
/A
280nm
 
=1.18 -1,22) teng bo‘ladi. (Ilova, UF spektr rasmlari)
Bunday natija faqat 95% oqsil va 5% nuklein kislotaga ega nukleoproteidlar 
uchun olinadigan konstanta son bo‘ladi. 
4.Elektron mikroskop usulida tekshirilganda birinchi cho‘qqida faqat katta 
molekulyar massali viruslar (tayoqchasimon viruslar ( yoki ipsimon, yoki 
sferasimon) kuzatiladi. 
5.Ikkiyoqlama immunodiffuziya usuli bilan ikkala cho‘qqi fraksiyalari 
tekshirilganda birinchi cho‘qqi fraksiyalari faqat TMV ga olingan antizardob 
bilan pretsipitatsiya chizig‘ini (PCh) yuzaga keltiradi. Tamakini normal 
hujayralariga olingan antizardob bilan esa PCh kuzatilmaydi. Ammo ikkinchi 
cho‘qqi fraksiyalaridagi moddalar esa, aksincha, PCh ni hosil qiladi. Nazorat 
fraksiya — kolonkaga solinmasdan avvalgi gelfiltratsiya qilinmagan namuna 
ikkala antizardob bilan ham PCh ni hosil qiladi. Demak, kolonkaga solingan 
qisman tozalangan virus gelfiltratsiya natijasida virus va hujayra qismlariga to‘la 
ajraldi. 
6. Birinchi cho‘qqi fraksiyasini analitik ultratsentrifugada tekshirilganda 
bitta simmetrik cho‘qqi hosil bo‘lishi undagi moddalarning viruslar gomogen 
ekanligidan ham dalolat beradi. Demak gelfil’tratsiya metodi bilan TMV ni toza, 
yuqumlilik va antigenlik xususiyatlarini saqlagan oppoq rangli gomogen preparati 
olinadi(Ilovadagi rasmlarga qaralsin). 
Demak, mazkur usul bilan beqaror viruslarni ajratishda ishlatish maqsadga 
muvofiq bo‘ladi. Aniqrog‘i, aytish mumkinki, tamaki mozaikasi virusi bilan 
molekulyar massasi va o‘lchamlari o‘xshash bo‘lgan barcha viruslarni ajratish 
mumkin. O‘lchamlari TMV dan 10-20 marta kichik bo‘lgan viruslarni endi 
xromatografik 
kolonkaga 
to‘ldirishda 
ishlatiladigan 
agaroza 
gelini 
konsentratsiyasi yuqoriroqlarini (5-6%) ishlatish ma’quldir. Masalan, arpani 
kasallantiradigan yaltirbosh mozaikasi virusi, turpni kasallantiradigan redis 
mozaikasi virusi, bodringni kasallantiradigan bodring mozaikasi virusi-1,
karamni kasallantiradigan turneps sariq mozaikasi virusi kabilarni gelfiltratsiya 
usulida 5% granulalangan agar gelida toza preparatini olish mumkin.

Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish