8
birinchi marta “hujayrasiz sistemada” biologik aktiv oqsillarni biosintezini
ochishga yordam berdi”.
Elektron mikroskopda viruslarni o‘rganish metodlarini mukammallashishi
viruslarni morfologiyasi va ularni morfogenezi haqida yangi ma’lumotlar berdi.
Virus oqsil qavatining (struktura oqsilining) polifunksionalligi va ularni virus
nukleoidi hosil bo‘lishidagi roli haqida yangi materiallar olindi. Ba’zi
bakteriofaglarni (T-juft), viruslarni genetik kartalari tuzildi va ular zarrasini
genetik nazorat ostida ayrim strukturalarini murakkab qurilishi ketma-ketligi
aniqlandi. Viruslar molekulyar biologiyasida virus struktura oqsili va uning
nuklein
kislotasi
orasidagi
munosabatlarning
spetsifikligi
isbotlandi.
Virusologiyaning rivojlanishi DNK- va RNK-tutuvchi viruslarni reproduksiyasi
jarayonida nuklein kislotalarning replikativ formalari va replikativ
o‘tmishdoshlarini katta rol o‘ynashi aniqlandi. Ba’zi viruslar zarrachalarida
(mikso- va reoviruslarda) avval aniqlanganidek bitta emas, birqancha har xil
o‘lchamdagi nuklein kislotalar molekulalari borligi aniqlandi. Virus fermentlari
borasida ham ko‘pgina yangiliklarga erishildi. Avval o‘rganilgan virus
induksiyalaydigan va kasallangan hujayrada ular aktivlashtiradigan fermentlar
safi kengaydi. Ba’zi viruslarda oqsil sintezini idora qilishni transkripsiya va
translyasiya darajasidagi maxsus mexanizmlari, “erta sintezlanadigan”(“ertagi”)
va kech sintezlanadigan” (“kechki”) asosan, struktura oqsillarni sintezida genetik
axborotni o‘qish tartibi va tezligi aniqlandi. Mayda va yirik bakteriofaglarda
“etilish faktori” (“faktor sozrevanie”) deb nomlangan yangi tur oqsillar ochildi.
Bu oqsillarni etishmasligi bakteriofagni chala(defekt) zarrachalar hosil qilishiga
olib kelishi aniqlandi. Birzanjirli va ikkizanjirli virus DNK va RNK lari
replikatsiyalari mexanizmlarida yangi natijalar olindi.
Ba’zi bakteriofaglar, o‘simlik va hayvon viruslarida in vitro oqsil sintezi
amalga oshirildi va bu borada boshqa ko‘plab yangi natijalar olinmoqda.
Viruslar molekulyar biologiyasida sanab o‘tilgan bu qisqa ma’lumotlar
oxirgi vaqtda olingan ilmiy kashfiyotlarni faqat ba’zilarinigina o‘z ichiga oladi,
xolos. Natijada o‘zining ajoyib va o‘ta nozik o‘ziga xosligi bilan kishini xayratga
soladigan arxitekturasiga ega bo‘lgan mikrodunyo ochildi.
Demak, molekulyar virusologiyaning keyingi yillardagi kashfiyotlari
viruslar tabiatini qaytadan ko‘rib chiqishni taqazo qildi. O‘tgan asrning
o‘ttizinchi yillarida ilm ahli orasida viruslarning tabiati haqida qattiq bahslar
bo‘lib o‘tgan bo‘lsa, yillar o‘tishi bilan ilmiy faktlarni va eksperimental
materiallarni ko‘payishi, ayniqsa, viruslarni fizika, kimyo, fizik-kimyo,
kristallografiya va elektron mikroskop metodlari yordamida o‘rganish viruslar
mikrodunyosini yanada chuqurroq bilishga olib keldi. Hozirgi kunda ishonch
bilan aytish mumkinki viruslar molekulyar biologiyasini o‘rganish bu - o‘z
biologik imkoniyatlari va o‘zaro munosabatlarini molekulyar darajada
realizatsiya qiladigan hayotning eng sodda formasini o‘rganishdir, deb aytish
mumkin.
Moskva Davlat universiteti “Virusologiya” kafedrasining mudiri akademik
mashhur virusolog olim professor I.G.Atabekov (1) viruslarni tirik organizmlar