16
o‘simlikda ham xuddi shunga o‘xshash kasallikni namoyon bo‘lishini kuzatib bu
kasallikni mikroorganizmlar yuzaga keltiradi degan fikr bildiradi.
19 asrda tamakini bu kasalligidan Rossiya va boshqa mamlakatlarda
qishloq xo‘jaligida katta zarar ko‘riladi. Shu sababli Ukrainaga bir guruh olimlar
yuboriladi. Bular qatoriga Peterburg universitetining talabasi D.I.Ivanovskiy ham
kiradi. D.I.Ivanovskiy va V.V.Polovsevlar tamakini mozaikali kasalligi ikki hil
kasallikdan – “ryabuxa” (zamburug‘lar qo‘zg‘atadigan) va kelib chiqishi
noma’lum bo‘lgan kasalliklardan iborat ekanligini aniqlashadi. D.I.Ivnovskiy bu
ishlarini akademik A.S.Faminitsin rahbarligida Nikitskiy nomli botanika bog‘ida
olib boradi. Mozaika simptomli tamaki o‘simligi shirasini eng mayda
bakteriyalarni ham ushlab qoladigan SHamberlen filtridan o‘tkazib, filtratni
tamaki bargiga yuqtiradi va uning bargida mozaika kasalligini qo‘zg‘atadi.
Ammo bu shirani ozuqa muhitiga ekilganda natija bermadi (bakteriyalar kabi
o‘smadi). Demak, deb xulosa qiladi D.I.Ivanovskiy, kasallikni qo‘zg‘atuvchisi
odatdan tashqari tabiatga ega va u bakterial filtrdan o‘tadigan, sun’iy ozuqa
muhitida o‘smaydigan xususiyatga ega ekan, deb xulosa qiladi. Bu shirani 60
o
-
70
o
S qizitilsa u o‘z yuqumliligini yo‘qotishini aniqlanadi (oxirgi yillarda olingan
natijalar bo‘yicha tamaki mozaikasi virusini harorat ta’sirida yuqumliligini
yo‘qotishi shtammlariga qarab 90-96
o
Sni, ba’zi shtammlariniki esa 80-82
o
S ni
tashkil qilishi aniqlangan), bu xususiyat mozaika kasalligidan ajratilgan shirani
tirik tabiatliligini isbotlaydi. D.I. Ivanovskiy mozaika kasalligini
qo‘zg‘atuvchisini filtrlanuvchi bakteriya deb ataydi va uning qilgan ishlari 1888
yili tayyorlagan dissertatsiyasiga asos bo‘ladi. Olingan natijalarini 1892 yili
“Tamakini ikki kasalligi haqida” degan kitobida chop etadi.
Viruslarni ochilishiga gollandiya olimi Beyerinkni (1851-1931 yy.) ham
qo‘shgan katta hissasi bor (ba’zi chet el mamlakatlarida uni virusologiyani
asoschisi deb ham atashadi). U ham tamaki mozaikasi kasalligi ustida ishlar olib
boradi, D.I. Ivanovskiy tajribalarini qaytarib tekshirib ko‘radi va 1898 yili u ham
o‘z ishlarini chop etadi. M. Beyerink filtrdan o‘tkazilgan mozaika simptomiga
ega bo‘lgan o‘simlik shirasini agar-agar (geli) ustiga quyadi va ma’lum vaqt
inkubatsiya qiladi, natijada agar-agar ustida bakteriya koloniyalari o‘sib chiqadi.
Ularni agar-agar yuzasidan olib tashlaydi, ichki qavatini esa o‘simliklarni
kasallantirish uchun ishlatadi. O‘simliklarda kasallik alomatlari hosil bo‘ladi. M.
Beyerink bu ishlaridan quyidagicha xulosa qiladi, ya’ni kasallikni sababchisi
bakteriya emas, balki “qandaydir suyuq substansiya” bo‘lib, u agar-agar ichiga
kiraolish xususiyatiga ega va uni Beyerink “contagium vivum fluidum (“jidkoe
zaraznoe nachalo” – “yuqadigan suyuq substansiiya”) deb ataydi. U o‘z ishlarini
D.I. Ivanovskiyni ishlari bilan taqqoslab mozaika kasalligini qo‘zg‘atuvchi
substansiya nobakterial tabiatga ega ekanligini aytib o‘tadi. Viruslarni
ochilishidagi birinchilik Ivanovskiyga taalluqligini tan olindi. Hozirgi kunda
butun jahon bo‘yicha viruslarni