1 000 000 000 000 000 000
ta virus zarrasi kerak bo‘lar ekan.
7
Viruslarni o‘ziga xosligini Rossiyaning yirik virusologi K.S.Suxov
(32)
quyidagicha ta’riflagan edi:
“Tanasi o‘ta mayda, nanometrlar bilan o‘lchanadigan, hujayra tuzilishisiz,
kimyoviy tuzilishi o‘ta sodda (oddiy viruslarda faqat oqsil va nuklein kislotalar
sistemasi mavjud bo‘lgan), sun’iy ozuqa muhitlarida to‘planish xususiyatiga ega
bo‘lmagan, sezgir xo‘jayin organizmida o‘ziga xos bo‘lgan rivojlanish sikliga ega
yoki bu siklni bir qismi hujayrasiz muhitda rivojlanadigan (hujayrani ba’zi
organoidlari, nuklein kislotalari va oqsillarini sintezi uchun kerakli moddalar
hamda energiya manbai bo‘lib xizmat qiladigan moddalarni ishlatadigan)
mavjudotdir”, -degan edi.
Zamonamizni taniqli virusologlari - taniqli molekulyar virusologiya
sohasidagi olimlari (1;35) viruslarni tuzilishi va reproduksiyasi va bir sezgir
hujayradan ikkinchisiga o‘tib ko‘payish xususiyatlariga asoslanib, viruslarga
quydagicha ta’rif beradilar: “Virus - o‘zining sintetik apparatiga ega bo‘lmagan
tabiiy sharoitda begona hujayra sistemasida reproduksiyalanadigan hayotning
hujayrasiz shaklidir. Viruslarda hayotning ikki shakli: birinchisi-hujayra
tashqarisidagi va ikkinchisi - hujayra ichida reproduksiyalanadigan shakllari
mavjud. Birinchi ko‘rinishdagi shakllarini quyidagi sinonimlari – virus zarrasi,
virus korpuskulasi, virion, ikkinchi ko‘rinishdagi shakllarini sinonimlarini esa-
vegetativ virus, reproduksiyalanuvchi virus, virus-hujayra kompleksi degan edi.
Virus zarracha stadiyasida u inert, metabolik noaktiv, faqat genetik axborotni
saqlovchi va bir reproduksiyalangan sezgir hujayradan boshqa yangi
reproduksiyalanadigan hujayraga transportlanish siklini o‘tadigan formadir.
Yangi sezgir hujayraga kelib tushgan virus zarrasi reproduksiya siklini yangidan
boshlaydi. Yangi hujayrada u yangi sifatga ega bo‘ladi va
reproduksiyalanadigan virusga aylanadi, hujayraning sintetik, fermentativ va
energetik arsenallarini ishlatib, uning faoliyatini virus zarralarini sintezi
tomonga yo‘naltiradi. Yangi hosil bo‘lgan virus zarralari esa yana ko‘payishga
moyil bo‘lgan hujayraga tushib va ko‘payish sikli yangitdan boshlanadi.
Hayratlanadigan joyi shu erdaki o‘z tarkibi tuzilishi jihatidan o‘ta sodda
bo‘lgan virus zarrasi o‘zidan yuz minglab marta katta va murakkab tuzilishga ega
bo‘lgan hujayrani engib chiqadi.
Yana boshqa molekulyar virusologiya sohasidagi olim
prof.
V.I.Tovarnitskiyning “Molekulyarnaya biologiya virusov” (1) kitobiga yozgan
kirish so‘zida “Viruslar avval ma’lum bo‘lmagan nuklein kislotalarining yangi
formasini borligi va ularning tarkibida avvalda uchratilmagan organik asoslarni
kashf etilishiga sababchi bo‘ldi. Ular nuklein kislotaning eng muhim genetik
funksiyaga ega ekanligini, genetik kodni ochilishi, hujayra makromolekulalarini
sintezini idora qilinish mexanizmini tushunishda va genetik axborotni hujayradan
hujayraga berilishidagi yangi usullarni bilishda katta ahamiyatga ega bo‘ldilar.
Viruslarni chuqur o‘rganish - genom strukturasida yozilgan ma’lum o‘ziga xos
qonuniyatga asoslanib quriladigan gigant molekulali oqsillar mikrodunyosini
ochilishiga olib keldi. Ular hujayrada oqsillar biosintezini nozik mexanizmlarini,
Do'stlaringiz bilan baham: |