9.7. Parvoviridae oilasi (Parvoviruslar) (79)
Parvovirus avdlodi
(sutemizuvchilar va qushlar parvoviruslari).
Dependovirus avdlodi
(adenoassotsiirlangan viruslar, AAV).
Densovirus avdlodi
(hashoratlar parvoviruslari).
219
32- rasm. Adeno-assotsiirlangan virusning kristallik strukturasi virusa (80)
33 - rasm -Denso virusining virioni
34 -rasm.Parvovirusning tashqi ko‘rinishi (80)
Xususiyatlari
220
Parvoviridae oilasining birinchi vakili Kilxem va Oliverlar tomonidan 1959
yil tavsiflangan edi. Bu virusga Kilxem latent virusi deb nom berildi.
Parvovirularning virionlari qobiqsiz mayda ikosaedrsimon diametri 17-28 nm,
diametri 2-4 nm li 32 kapsomerli zarrachadir. Zarrachaning yuzasi o‘simta yoki
chuqurchalarsiz silliq ko‘rinishda. Seziy xlorda suzish zichligi - 1,38 - 1,45
g/sm
3
.
Parvoviruslarning genomi birzanjirchali DNK, o‘lchami - 1,4-1,7x10
6
Da.
Virusning reproduksiyasi yadroda amalga oshadi, virus bilan kasallangan
virionlarning yig‘ilish fabrikasi yadroda ham, sitoplazmada ham amalga oshishi
mumkin.
Parvoviruslar termostabil, lipid erituvchilarga va nordon muxitga
chidamli.Parvoviruslar oilasining strukturasi quyidagi jadvalda ko‘rsatilgan.
Parvoviruslar avlodining tipik vakili kalamushlarning Kilxem latent
virusidir, uning tarkibiga molekulyar massasi 83x10
3
, 65x10
3
i 60-62x10
3
Da
bo‘lgan uchta polipeptid - VP1, VP2, VP3 kiradi.
Virion tarkibiga birzanjirli DNK molekulasi kiradi. Har xil virionlarning
tarkibida har xil qutbli iplar uchraydi –"+", hamda "-". Virus populyasiyasi
tarkibida "-"- zanjir uchramasligi mumkin yoki uning miqdori "+"-zanjirdan
oshmasligi mumkin. DNK ajratganda birzanjirli molekulalar o‘z-o‘zidan
(spontanno) gibridlashib ikki zanjirli molekula hosil qilishlari mumkin.
Yirik qoramollar, cho‘chqalar va parrandalar parvoviruslari. Ular qishloq
ho‘jalik hayvonlarini, parrandalarni kasallantiradi, ko‘pincha kasallanish latent
holatida o‘tishi mumkin.Ular embrional kulturalarda yaxshi rivojlanadilar va
xomiladorlikni xarxil davrlarida kasallinishlarga olib keladilar, embrionning har
xil organlarini kasallantiadilar, homila tushishi va tabiiy kamchilikli ko‘rinishdagi
avlodlar paydo bo‘lishi mumkin.
Parvoviruslarni birqancha odam parvoviruslari shtammlari ajratilgan
doktorom Cosert tomonidan ajratilgan. Ulardan birinchisi surunkali gemolitik
anemiya qo‘zg‘atuvchi virus bo‘lgan.
Tabiatda keng tarqalgan.
Virion strukturasi barcha viruslarni tashqi muxitda chidamli qiladi. Virus
asosan najas (fekaliya) va siydikdan ajratiladi. Virusni tarqalishi ham fekalno-
oral, aerozol usulida yuz beradi. Hayvonlarni boqish jarayonida ishlatiladigan
asboblar, ozuqa moddalari, odam orqali va ektoparazitlar yordamida tarqalishi
mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |