167
bo‘lib, bir virus hamma hujayraga ham adsorbsiyalanavermaydi, balki ma’lum
hujayragagina adsorbsiyalanadi.
Adsorbsiyalanish jarayonida hujayra va virusning ayrim qismlari -
retseptorlari ishtirok etadi. Ya’ni, virus hujayraga kirish uchun uning retseptori
hujayra retseptorlari bilan bog‘lanishi kerak. Masalan, T- 2 bakteriofagining
retseptorlari uning
o‘simta,
to‘g‘rirog‘i dum qismdagi
fibrillarida
joylashgan. T-
2 bakteriofaglari singari, maxsus adsorbsiyalanish qismlari bo‘lmagan,
sferasimon va boshqa viruslarda shu virus zarrachalaridagi muayyan kimyoviy
guruhlar
retseptor
deb qabul qilingan. Ammo, shu vaqtgacha, birorta virus
retseptorining kimyoviy tuzilishi to‘la aniqlangan emas.
T-2 bakteriofagi hujayraga kirish paytida o‘zining
fibrillari
bilan hujayra
devoriga yopishadi va dum qismidagi bazal plastinkada joylashgan
"tiqin"
yo‘qoladi. So‘ngra, o‘simtaning oqsil pardasi qisqara boshlaydi, o‘simta o‘zagi
hujayra devorini teshadi va fag DNK si hujayraga oqib o‘tadi.
Viruslarning hujayraga kirishidagi yana bir yo‘l yuqorida batafsil
aytilgandek -
pinotsitoz
usulidir. Bu usul chechak viruslarida qayd etilgan.
Hujayraga virus yopishgandan so‘ng, hujayra membranasi ichiga virus botib
kiradi va hujayra ustidagi virus hujayra ichiga kirib qoladi. Hujayra gidrolitik
fermentlari ta’sirida virus zarrasidagi oqsil va fosfolipidlar parchalanadi. Ozod
bo‘lgan nukleoproteid tarkibidagi DNK, hujayradagi
"echintiruvchi"
fermentlar
vositasida ajraladi.
SHunday qilib, hujayraga kirgan virus zarrachasi hujayra ichida
ko‘payadi. Hujayraning ma’lum bir qismida virus nuklein kislotasi va boshqa bir
qismida esa virus oqsili sintezlanadi.
Virus zarrasi hosil bo‘lishi uchun virus nuklein kislotasi va oqsili birikib
virus zarrachalari hosil bo‘lishi o‘z-o‘zidan qurilish (samosborka) asosida ro‘y
beradi.
Virus ikki zanjirli DNK sining replikatsiyasida (ikki marta ko‘payishida)
virus DNK sidan informatsion RNK ma’lum oqsillarning kimyoviy usulda
yozilgan informatsiyalarini qabul qiladi (transkripsiya) va mazkur informatsion
RNK ribosomalarda virus DNK si replikatsiyasi uchun zarur oqsillarni (bevosita
virus DNK replikatsiyasiga zarur bo‘lgan fermentlar, virusning strukturasi
oqsillarini) sintezlaydi. DNK - polimeraza fermenti, o‘z
navbatida hujayradagi dezoksiribonukleozidtrifosfatlarni ona DNK ga
mos qilib, bir zanjirchaga ulaydi. Natijada, ona DNK ning har ikkala
zanjirchasiga mos yangi DNK zanjirchalari sintezlanadi.
Bir zanjirchali virus DNKsining replikatsiyasida ham, asosan xuddi shunga
o‘xshash jarayon sodir bo‘ladi. Ammo bir zanjirchali ona DNK da DNK ning
replikatsiyasi uchun zarur bo‘lgan ikki zanjirchali replikativ forma sintezlanadi.
Shu replikativ formada zarur oqsillarning informatsion RNK si sintezlanadi. Bu
RNK lar o‘z navbatida hujayra ribosomalardagi oqsilning sintezida qatnashadi.
Hosil bo‘lgan oqsillar (fermentlar) yordamida replikativ forma onaligida
dezoksiribonukleo- zidtrifosfatlardan yangi bir zarrachali virus DNK si vujudga
keladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |