1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi



Download 8,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet184/319
Sana09.07.2022
Hajmi8,8 Mb.
#763149
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   319
Bog'liq
2 5206354678991819693

 
 
174 
Xalqaro qo‘mitasi”ga abadiy a’zo qilib saylandi. Uni shaxsan qatnashuvi va 
rahbarligi ostida umurtqali hayvonlar, o‘simliklar, hasharotlar klassifikatsiyasi 
ustida katta ishlar qilindi. Viruslarning klassifikatsiyasi asosida ularni bir-birlari 
bilan evolyusion bog‘liqligi kriteriyasi zarur ekanligi ko‘rsatildi. V.M.Jdanov
virusologiya taksonomiyasiga qo‘yilgan barcha talablar va uning o‘zi, shogirdlari 
tomonidan yig‘ilgan va dunyo adabiyotlaridagi ilmiy materiallar asosida 
viruslarni Vira saltanatiga kiritdi. 
Shu sohada ish olib borgan X.Endryus (1967) ham o‘zining “Virus 
pozvonochnx” nomli ensiklopedik asarida viruslarni ilmiy klassifikatsiyasiga 
katta e’tibor beradi va viruslarni RNK-tutuvchi, DNK-tutuvchi viruslar hamda 
o‘sha vaqtgacha klassifikatsiya qilinmagan odam(pikorna-, arbo- , 
miksoviruslarni, qutirish, qushlardagi leykozlar va sichqonlarda o‘smalar
qo‘zg‘atuvchi kompleks viruslarni), hayvon (adeno-, papova-, uchuq- va chechak 
viruslarini), qushlar (psittakoz) va baliqlarda kasallik qo‘zg‘atuvchi viruslar 
guruhlariga ajratadi va keng ta’riflaydi. Xalqaro viruslar nomenklaturasi 
qo‘mitasi (XVNQ) tomonidan tan olingani 55 ta oila (hozirgi kunda ularni soni 
80 tadir) va ulardan 20 (17+3) tasi odam va hayvon viruslarini o‘z ichiga olgan 
edi.
Shular asosida u tomonidan viruslar olamini quyidagi: Tartib (-virales); 
Oila (-viridae); Kichik oila (-virinae); Avlod (-virus); Tur (-virus) taksonlarga 
bo‘linadi. Misol qilib quyida ba’zi viruslarni qaysi olam, tartib, oila, kichik oila, 
avlod va turga mansubligi hamda ho‘jayinlarini joylanishi berilgan.
Keyinchalik
, viruslar klassifikatsiyasiga
linney prinsiplarini
tatbiq qilish 
tarafdorlari va ularga qarshilar bir fikrga kelaboshladilar, ya’ni avval viruslarni 
ayrim guruhlarini ajratish va undan so‘ng ularni umumiy prinsiplar asosida 
klassifikatsiya qilishga kelishildi. Andrewes i va b., undan keyingi yillarda chop
etilgan V. M. Jdanov, S. Ya. Gaydamovich, Lwoff, Horne, Tournier (11) larni 
klassifikatsiyalari bir-biridan shunisi bilan farq qilar ediki, birinchisida linney 
prinsiplari 
qo‘llanilgan bo‘lsa, ikkinchisida esa linney prinsiplariga
asoslanmagan holda viruslar shartli nomlar bilan ataldi. Qolgan jihatlari bilan 
ikkala 
klassifikatsiya 
ham 
Xalqaro 
viruslar 
taksonomiyasi 
qo‘mitasi 
ishtirokchilarining birgalikdagi say harakatlari asosida ishlab chiqilgan 
klassifikatsiyaga mos kelar edi (11).
Viruslarni boshqa tirik mavjudotlardan ajratib turadigan asosiy kardinal 
xususiyatlari e’tiborga olindi: virion tarkibida ikki nuklein kislotadan faqat bir 
tipdagisining borligi; avtonom modda almashinishinini yo‘qligi va uni o‘zi
parazitlik qiladigan hujayrani modda almashinishi bilan bog‘liqligi; hujayra 
tuzilishining yo‘qligi; dis’yunktiv usulda ko‘payishi (reproduksiya) – hujayrada 
virus komponentlarini ayrim sintezlanishi va keyinchalik ularni ayrim 
uchastkalarda qurilishi (samosborka). Ammo ba’zi xususiyatlari – faqat 
ulargagina xos bo‘lmasdan hujayra ichida parazitlik qilishi hayotni boshqa 
formalarida ham uchraydi. Viruslar kardinal xususiyatlari bilan hayvon va
o‘simliklardan farq qilgani uchun ularni mustaqil Vira (viruslar) olamiga 
ajratildi. Bunda viruslar olamida birnecha tartib, tartib tarkibida birnecha oila va 



Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   180   181   182   183   184   185   186   187   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish