173
mukammallashadi, yangi oila, avlod va virus turlari hisobga olinib, mavjud
klassifikatsiya to‘latilib boriladi.
Keyingi vaqtlardagi o‘zgarishlarni hisobga olgan holda MKTB tomonidan
barcha viruslarni hozirgi kungacha tuzilgan klassifikatsiyasining to‘ldirilgan
varianti quyida taqdim etilgan (Kartashova, 2007) (23). Muallifni ko‘rsatishicha,
bundan bir necha yillar avval (1973 yillar) Moskvadagi Xalqaro mikrobiologiya
kongressida viruslar nomenklaturasi bo‘yicha viruslar klassifikatsiyasi va
nomenklaturasini Xalqaro Qo‘mitasi 1973 yil Xalqaro Viruslar Taksonomiya
Qo‘mitasi (MKTV) degan nom bilan atalaboshlagan edi. Unga asosan MKTV
bo‘yicha viruslar universal taksonomiya sistemasida
3 tartib
,
80 ta oila (30 ta
fitoviruslar oilasi
bilan birga),
233 ta avlod
ga
kiruvchi hayvon, o‘simlik va
mikroorganizmlar viruslari avlodlari joy oldi. Bu sistemada ma’lumotlar
(viruslarni
kerakli
xususiyatlari)
etishmaganligi
sababli
hali
klassifikatsiyalanmagan yuzlab viruslar saqlanmoqda.
Endi viruslarni tarixiy klassifikatsiyalari va ularni rivojlantirishda
asoslanilgan kriteriyalar haqida qisqacha so‘z yuritmoqchimiz.
8.1. Viruslar klassifikatsiyasining qisqacha rivojlanishi
Viruslar taksonomiyasi tarixida Kovanning (Cowan,1966) fikricha uch
qismdan, ya’ni klassifikatsiya, nomenklatura va identifikatsiyadan tashkil
topadi. Demak, shu uch yo‘nalish bo‘yicha tadqiqod ishlari olib boriladi va
ochilgan viruslar klassifikatsiyadan o‘rin oladi. Ammo har xil virus guruhlari
(hayvon, o‘simlik, bakteriya) bo‘yicha qilingan ishlarga nazar solinadigan bo‘lsa
ulardagi tadqiqodlarni rivojlanishi har hil darajada bo‘lgan va ularni bir tartibga
solish ko‘pincha muammolarga keltirib chiqargan. Agar 40 yillarga nazar
soladigan bo‘lsak, yangi viruslarni kashf qilinishiga qarab ularni
klassifikatsiyacini yaratishga birnecha martalab harakat qilingan. Ayniqsa, 40
yillarda
Xolmsning
o‘simlik viruslarini (Holmes, 1941) va SH.D.
Moshkovskiyning (1945) hayvon viruslarini klassifikatsiyalari chop etildi. Bu
klassifikatsiyalar barcha kashf qilingan viruslarni o‘z ichiga oldi. Viruslarni
strukturalari
haqidagi ma’lumotlarni etarli bo‘lmaganligi, bir vaqt ichida chop
etilgan klassifikatsiyalar orasida katta farqlar bo‘lishiga olib keldi (Holmes,
1948; V. L. Rjkov, 1950; V. M. Jdanov; R. S. Korenblit, 1950; V. M. Jdanov,
1953) va ularni barcha virusologlar tomonidan bir ovozdan qabul qilinmadi.
Viruslarga tur va linneyning binominal nomenklaturasini kiritish ham katta
baxslarga sabab bo‘ldi. Rio-de-Janeyro (1950)dagi 5 Xalqaro mikrobiologlar
kongressida ham bu masalada bir qarorga kelinmadi. Monrealdagi (1962) 8-
mikrobiologlarning Kongressida viruslar taksonomiyasi bo‘yicha bakteriyalarga
qo‘llaniladigan taksonomiyani prinsiplarini viruslarga qo‘llab bo‘lmaganligi
uchun Monrealda (1962) maxsus qo‘mita tuzish haqida qaror qilindi.
Umumiy va maxsus virusologiyani hamda umumbiolgiyaning dolzarb
masalalari sohasida juda chuqur va keng bilim egasi bo‘lgan akademik
V.M.Jdanovni 50 yillarda klassik virusologlar K.Endryus, F.Fenner, F.Xolms,
A.Lvov, R.Metyus, X.Pereyra va P.Vaildilar qatori “Viruslar taksonomiyasining
Do'stlaringiz bilan baham: |