149
Virus DNK si sintezi uchun kerakli substrat bo‘lib hujayra DNK si ham
ishlatilishi mumkin. Hujayra DNK si dezoksiribonukleotidmonofosfatgacha va
dezoksiribonukleozidlargacha
gidrolitik
parchalanadi
va
ular
keyin
trifosfatlargacha fosforirlanadi.
Virus DNK asi uchun substrat manbasi bo‘lib hujayra ribonukleotidlari
ham ishlatilishi mumkin.
Virus informatsion RNKsi YUqorida ko‘rsatilgandek virus hujayraga kirgandan so‘ng hujayrada
avval sintezlanmagan yangi fermentlar sintezlana boshlaydi. Demak virus DNK si
hujayrani yangi ferment sintez qilishga o‘rgatishi kerak bo‘ladi. YAngi ferment
bu aminokislotalar ketma-ketligi aniq bo‘lgan ferment oqsilidagi polipeptidlar
zanjiridir. Polipeptidlarni ketma-ketligi haqidagi axborot virus DNK sining bir
uchastkasidagi nukleotidlar ketma-ketligida kodlangandir. M., oksimetilaza
fermentining shifrlangan sxemasi T-juft faglarning DNK sida kodlangandir.
DNK ni oqsil sintezlanadigan ribosoma tushunishi uchun informatsion (vositachi
– mesenjer
) m- RNK mavjud.
mRNK ning nukleotid ketma-ketligi unga
komplementar bo‘lgan virus DNKsidagi nukleotidlar ketma-ketligi orqali
beriladi. O‘z navbatida mRNK ribosomada sintezlanadigan polipeptid zanjiridagi
aminokislotalar ketma-ketligini aniqlaydi. Fag bilan kasallangan hujayradagi
virus spetsifik mRNK oksimetilazani hosil qiladi.
Virus DNK si sintezining fermentlari Ikki guruh fermentlar mavjud. Birinchi guruhi - substratlarni yagona DNK
ning polinukleotid zanjiriga birlashtiruvchi fermentlar va ikkinchi guruhi –
sintezlangan DNK zanjirini qo‘shimcha modifikatsiyalovchi fermentlar.
Hujayradagi bor substratlar yordamida qiz virus (hujayra) DNK asini
quradigan ferment – DNK-polimeraza fermenti deb ataladi. DNK ning sintezida
bu fermentdan tashqari har xil funksiyalarni bajaradigan kompleks fermentlar
sistemasi ishtirok etadi. Demak, birinchisi har bir DNK zanjiriga komplementar
polidezoksiribinukleotid zanjirni tiklaydigan DNK polimeraza fermenti bo‘lsa,
ikkinchisi endonukleazaga o‘xshash funksiyani bajaradigan ferment bo‘lib, DNK
molekulasidagi fosfodiefir skeletiga bittadan ajratadigan-uzadigan (vnosyaщie
odinochne razrv) ferment. Uchinchisi polinukleotidligaza fermenti bo‘lib DNK
zanjirini ichida fosfodiefir bog‘larini ulash funksisini bajaradi. SHuningdek yana
boshqa fermentlar ham bo‘lishi ehtimoldan xoli emas. Virus bilan kasallangan
hujayradagi DNK- polimeraza virus bilan kasallanmagan hujayradagiga
qaraganda katta farq qiladi. Hujayra DNK- polimerazasi va virus DNK-
polimerazalari ingibitorlarga nisbatan hamda immunologik spetsifikligiga qarab
xar xil sezgirlikga ega va h.
Ikki spirallik virus DNK si sintezida matritsa.
Viruslar ko‘payganda paydo bo‘lgan avlodida avvalgi ona virus
zarralaridagi belgilar mavjud bo‘lishi kerak. Hujayra DNK sida virus DNK siga
mos uchastkalarni yo‘qligi sababli matritsalik funksiyani faqat xujayrani