134
Nishonlangan fag ichak tayoqchasining suspenziyasi bilan aralashtiriladi.
Adsorbsiyalangan fagli hujayralarni kichik aylanish tezligida sentrifugalab ajratib
olinadi, so‘ngra bu hujayralarni radioaktiv bo‘lmagan oziqa muhiti bilan
suyultiriladi va ma’lum vaqtdan so‘ng Uoring blendorida (gomogenizatorida)
kuchli tezlikda chayqatib aralashtiriladi, bu holatda hujayraga kirib ulgurmagan
fagning qismlari ajralib chiqadi. So‘ngra hujayralar yana sentrifugalab ajratib
olinadi va ularni blyashka hosil qilishi aniqlanadi. Eng asosiysi cho‘kmausti
suyuqligida va hujayrada ayrim nishonlangan fosforni va ayrim nishonlangan
oltingugurtni aniqlanadi. Blendorda kuchli aralashtirilishiga qaramasdan barcha
hujayralar fag bilan kasallanadi va ularni fag reproduksiya qilish qobiliyati
saqlanib qoldi. Oltingugurtni 75-80 % cho‘kma usti suyuqligida ekanligi
aniqlandi. Bundan ko‘rinadiki, fag oqsilining asosiy massasi hujayraga kirmaydi
va infeksion jarayonning rivojlanishiga kerak emas ekan. Ammo radioaktiv
fosfornining asosiy massasi hujayradan ajralmaydi, demak, DNKning asosiy
massasi hujayraga kirar ekan. Shunday qilib, DNK ning asosiy qismi yangi fag
zarralari avlodini hosil bo‘lishini induksiya qiladi. Hozirgi kunda fag bakteriyaga
yuqtirilganda hujayraga asosan DNK va ehtimol ichki oqsil nomini olgan oqsil
ham kiradi deb qabul qilingan. Fag oqsilini asosiy qismi hujayra devorining
tashqi tomonida qoladi.
Xershi va Cheyzlar ishining asosiy mohiyati shundan iboratki, ular
viruslarni hujaraga kirish mexanizmlarini aniqladilar, ikkinchidan esa birinchi
marta virusning yuqumliligini boshlanishiga ma’sul nuklein kislota ekanligi
aniqlandi. Ularning bu ishlari Shramm, Frenkel-Konrat va ularni hamkasabalari
tomonidan TMV ning toza preparatlaridan nuklein kislotalarini ajratib olishadi va
RNK ni o‘simlikga yuqtirilganda o‘simlikda xuddi virus hosil qilgan
simptomlarni hosil bo‘lishi kuzatildi. Xershi i Cheyz metodi bilan nuklein
kislotani genetik informatsiyani tutishi va u hujayralarni kasallantirishida asosiy
rol o‘ynashi konuniyatni tasdiqlanadi, ammo uni universal emasligi aniqlanadi.
M, ipsimon fd bakteriofagini hujayra ichiga ham nuklein kislotasi, ham oqsili
kirishi hamda Senday virusining ichki nukleoprteidi hujayraga kirishi
isbotlanadi. Elektron mikroskop yordamida ba’zi yirik hayvon viruslari
morfologiyasi o‘zgarmagan holda kirishi isbotlandi.
Shunday qilib kasallangan hujayraga albatta nuklein kislota kiradi. Ba’zi
holatlarda oqsildan xoli bo‘lgan nuklein kislota kirsa, boshqa holatlarda
hujayraga nuklein kislota bilan birga oqsilni asosiy qismi, yana boshqa
holatlarda virus zarrasini qisman o‘zgargan yoki butunlay o‘zgarmagan holatda
kirishi isbotlanadi.
Do'stlaringiz bilan baham: