1 O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta ta’lim vazirligi


mono fosfat, ikkita kislota



Download 8,8 Mb.
Pdf ko'rish
bet124/319
Sana09.07.2022
Hajmi8,8 Mb.
#763149
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   319
Bog'liq
2 5206354678991819693

mono
fosfat, ikkita kislota 


 
 
123 
qoldig‘i bo‘lsa nukleozid
di
fosfat va uchta qoldig‘i bo‘lsa nukleozid
tri
fosfat deb 
ataladi va nukleozidning nomini birinchi harflari bilan qisqartirilib belgilanadi. 
Masalan, adenozin monofosfat – AMF, adenozindifosfat - ADF, adenozintrifosfat 
– ATF va h.k. 
DNK va RNK molekulalari o‘zaro kimyoviy tarkibi bilan farqlanadi, ya’ni: 
DNK tarkibiga adenin, guanin, sitozin, timin, dezoksiriboza va fosfat kislota ( N

RO
4
) lar kiradi. RNKning tarkibiga adenin, guanin, sitozin, uratsil, riboza va 
fosfat kislota ( N

RO
4
)lar kiradi. 
Nuklein kislotalar bir-biridan ularning tarkibiga kiradigan nukleotidlarning 
tuzilishi, soni va ketma-ket joylashishi tartibi bilan farqlanadi. Nuklein 
kislotalarda birlamchi, ikkilamchi va uchlamchi strukturalarini farqlanadi.
6.3.1. DNK ning tuzilishi 
 
DNKning molekulasida dezoksiribonukleotidlar bir birlari bilan fosfor 
kislotasining qoldig‘i va dezoksiriboza orqali birikib polinukleotid zanjirini hosil 
qiladi. Polinukleotid zanjirida dezoksiribonukleotidlarning ma’lum tartibda 
ketma-ket joylashishi DNK molekulasining birlamchi strukturasini tashqil qiladi.
1953 yilda D.Uotson va F.Krik taklif qilgan qo‘shspiral modeliga muvofiq,
DNK molekulasi faraz qilinadigan o‘q atrofida biri ikkinchisiga spiral hosil qilib 
o‘ralgan burama shaklidagi ikkita zanjirdan iborat. Zanjirlar uglevod fosfat 
qoldiqlaridan tuzilgan, ulardan spiral ichiga ma’lum doimiy oraliqda azot asoslari 
tortilgan. Bu ikkita zanjir identik, bir biriga to‘la mos keladi va komplementardir 
(lotincha complement – to‘latish so‘zidan olingan). Lekin ikki zanjir bir biriga 
qarama qarshi yo‘nalishda antiparalel o‘rin olgan. Ikkala zanjirning azot asoslari 
juft-juft bo‘lib joylashgan. Ularni oraligida vodorod bog‘lari bo‘ladi, ya’ni adenin 
va timin oralig‘ida – 2ta, guanin va sitozin oralig‘ida – 3ta vodorod bog‘lari bor. 
Utson va Kriklarning aniqlashiga ko‘ra ikkita zanjirning azot asoslari ma’lum 
bir tartibda, ya’ni komplementarlik nomini olgan prinsipda joylashadi: bir 
zanjirning ma’lum bir azot asosining qarshisida ikkinchi zanjirning qat’iy 
ravishda ma’lum bir azot asosi joylashadi. Shunday qilib, A qarshisida T va G 
qarshisida S yoki T qarshisida A va S qarshisida G joylashadi. Bundan boshqacha 
joylashishi mumkin emas. Chunki purinlarning (A va G) molekulasi 2-ta 
geterotsiklik halqadan tuzilgan va o‘lchami katta, primidinlarning (T va S) 
molekulasi 1-ta geterotsiklik halqadan tuzilib, o‘lchami kichik. Ikkita parallel 
uglevod-fosfat zanjirlarning oralig‘i 1,8 nm bo‘lib, bu masofaga 1-purin va 1-ta 
pirimidin asoslari joylashadi xolos. Lekin ikkita pirimidin – T va S mumkin emas, 
chunki bunday holda asoslar ancha joy bo‘sh qolib vodorod bog‘lari hosil 
bo‘lmaydi. Ikkita purin (A va G) bo‘lishi mumkin emas, chunki ularning 
molekulalari bu oraliqqa sig‘maydi. Bulardan tashqari A-S yoki G-T jufti bo‘lishi
ham mumkin emas. Chunki bunday xollarda ularning o‘rtasida vodorod bog‘lari 
hosil bo‘lmaydi. 



Download 8,8 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   120   121   122   123   124   125   126   127   ...   319




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish