1. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/17
Sana09.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#762523
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi

SHubhalanish 
hissi kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarda to‘liq rivojlanmagan 
bo‘lib, bu his asta-sekinlik bilan o‘quv jarayonida bolaning o‘zi chiqargan qoidalari yoki 
nazariyalariga zid bo‘lib, ular bilan to‘qnashib qolganida tug‘iladigan hissiyotdir. Bu juda 
muhim hissiyot bo‘lib, u to‘plangan dalillarni va aytilgan qoidalarni har tomonlama 
tekshirib ko‘rishga rag‘batlantiradi. “Samarali ilmiy faoliyat uchun doimo shubha bilan 
qaramoq va o‘z-o‘zingni tekshirib turmoq zarur” ( I.P. Pavlov) Bu hislar bola qiyinchiliklarni 
engib, o‘z ishida ma’lum muvafaqqiyatlarga erishganida ahamiyatli ravishda rivojlanadi. 
Kichik maktab Yoshidagi bola o‘qish va yozishni bilib olganida, o‘zi misol yoki masalani 
echishni o‘rganib olganida juda katta xursandchilik hissini boshidan kechiradi. 
O‘quvchilarda o‘z mehnatidan xursand bo‘lish hissini iloji boricha ko‘proq yuzaga keltirish 
va uni bola xarakterining emotsional jihatiga aylantirish boshlang‘ich sinf o‘qituvchisining 
asosiy vazifalaridan biridir. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning intellektual hislari 


uning bilish qiziqishlari bilan bog‘liqdir. Boshlang‘ich sinf o‘quvchisi nima bo‘lganiga,
qaerda, qachon va qanday qilib bo‘lganiga juda qiziqadi, Shuningdek uni ”Nima uchun 
bo‘ldi?” savoliga javobga nisbatan shu voqea bilan bog‘liq bo‘lgan faktlarning o‘zi 
qiziqtiradi. 
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi doskaga chaqirilganda u o‘qib berishga yoki yozib 
berishga qo‘rqib, uyalib hijolat tortsa, bunday o‘quvchilarni tez-tez doskaga chiqara berish 
kerak, ana shunda u tortinmaydigan bo‘lib qoladi. Qayta-qayta doskaga chiqaverish 
natijasida qo‘rquv hissi susaya beradi va u nihoyat butunlay «so‘nib qolishi» va yo‘k bo‘lib 
ketishi mumkin. 
Albatta, bunda shu hislarni tug‘diruvchi manbaning takrorlana berishi emas, balki 
odamning salbiy kechinmalardan qutilish istagi muhim rol o‘ynaydi. 
"Lekin bu qonuniyat faqat oddiy va tez o‘tib ketadigan hislarga ya’ni, bolaga bir 
xilda tasir qiluvchi va mazmuni chuqur bo‘lmagan obektlar sababli tug‘iladigan 
hislargagina taalluqlidir. Murakkab, chuqur hislar bolada shu hislarni tug‘dirgan ob’ektlar 
bizga qayta-qayta ta’sir o‘tkaza berganida yo‘q bo‘lib ketmaydi, balki, aksincha, yana ham 
kuchli va barqaror bo‘lib qoladi. Masalan, muzika asarlarini qayta-kayta eshitish natijasida 
bizning estetik hislarimiz chuqur va kuchli bo‘lib qoladi. O‘zimiz yaxshi ko‘rgan, o‘zimiz 
uchun qadrli bo‘lgan joylarga har safar borganimizda bizning shu joylarga bo‘lgan 
hislarimiz, mehrimiz, odatda, kuchaya boradi. Ayrim emotsional kechinmalarning «so‘nib
qolishi»da boshqa qonuniyatlar ham bor. Masalan, qarama-qarshi hislar ba’zi nisbatlarda bir-
birini yo‘qotib yuborishi mumkin. Salbiy his paydo bo‘lib turganida kuchliroq ijobiy his 
yuzaga keltiradigan sabab paydo bo‘lib qolsa, u holda salbiy his so‘nib qolishi, yo‘qolishi 
mumkin. Masalan, bola yiqilib tushib, yig‘lab turibdi. Onasi shu paytda kelib qolib, uni 
erkalatdi. Bu erkalash ijobiy hislarning paydo bo‘lishiga kuchli sababchi bo‘ladi, Shuning 
uchun ham bolada ko‘z Yoshi o‘rniga kulish, xursandlik paydo bo‘ladi. O‘quvchidagi cho‘chib 
turish hissini qayta-qayta doskaga chiqarish yo‘li bilangina yo‘q qilib qolmasdan, balki bolada 
qarama-qarshi hislarni tug‘dirish yo‘li bilan ham bu cho‘chishlikni oldini olish mumkin. 
Masalan, 
birinchi 
sinf 
o‘quvchisining xavotirligining sababi uning o‘z kuchiga 
ishonmaganligida bo‘lsa, unga oson bajara oladigan vazifalarni berish kerak. SHu vazifalarni 
bajara olgani uchun kattalar tomonidan rag‘batlantirilishi, maqtalinishi bolada ijobiy hislarning 
tug‘ilishiga yordam beradi, xavotirlik hissi esa yo‘qoladi. Shuning uchun ham doska oldida u 
o‘zini dadilroq his etadi.
Kichik maktab Yoshidagi bolalarda intellektual va axloqiy hislar, o‘rtoqlik, 
do‘stlik hislari katta o‘rin ola boshlaydi. Vatanparvarlik, vijdoniy burch hissi va shu 
kabi hislar paydo bo‘ladi va o‘sadi. Axloqiy hislarning rivojlanishiga jamoaviy ishlar, 
o‘qish mazmuni, turli jamoat tashkilotlari va shubhasiz o‘qituvchining shaxsiy 
namunasi ta’sir ko‘rsatadi. O‘qishning boshida aynan shu o‘qituvchi shaxsi kichik 
maktab Yoshidagi o‘quvchining juda ko‘p axloqiy hislarining rivo jlanishini belgilab 
beradi. Birinchi vaqtlarda o‘quvchi sinf jamoasi bilan o‘qituvchisi orqaligina 
bog‘langan bo‘ladi. O‘qituvchi bola uchun barcha diqqat-e’tibori va hislari 
qaratilingan markaziy figura bo‘lib hisoblanadi. Bilimli, mahoratli, bolalarni sevuvchi 
pedagog o‘qishning keyingi bosqichlarida ham o‘quvchilarining o‘ziga bo‘lgan 
shunday munosabatini saqlab qoladi. Lekin keyinchalik bu muhabbat,bog‘liqlik ustozi 
va sinf jamosi, o‘rtoqlari, do‘stlari o‘rtasida bo‘linadi. SHunga qaramasdan
boshlang‘ich sinf o‘quvchisi uchun o‘qituvchi asosiy avtoritet hisoblanadi. U 
o‘qituvchisi haqida uyida jo‘shib va hurmat bilan gapiradi. O‘qituvining ta’siri ostida 
asta-sekinlik bilan o‘quv, mehnat va o‘yin faoliyatlarida har bir sinfdoshi uchun 
tashvishlanish, jamoa (kollektivizm) hissi paydo bo‘ladi. Bu esa bolalardagi o‘rtoqlik 
hissining rivojlanishiga zamin bo‘ladi.Bolalar o‘qishda past o‘zlashtirayotgan 
o‘rtoqlariga yordam berishga harakat qiladilar. Bu motivlar shunchalik chuqur va 
kuchli bo‘ladiki, ular maqsadlariga erishish uchun juda ko‘p qiyinchiliklarni: 
o‘zlashtirmayotgan o‘rtog‘ining dangasaligi, o‘zining darslarini tayyorlashga tezroq 


ulgurishi, ba’zan esa hatto ota-onalarning qarshiliklarini ham engishi kerak. Bunday 
vaziyat larda bolada shakllanayotgan ma’suliyat hissi qiyinchiliklarni engishga va o‘z 
ishini 
muvaffaqiyatli 
bajarishiga 
yordam 
beradi. 
Birinchi 
sinfda 
o‘quvchi 
o‘qituvchisinng tanbehlari o‘rtoqlarining oldida yoki o‘ziga yolg‘iz berilganiga e’tibor 
bermasa, ikkinchi sinfda o‘rtoqlari oldida berilgan tanbehlardan uyaladigan bo‘lib 
qolishi bolaning o‘zini jamoa a’zosi sifatida to‘liq his etayotganidan va o‘rtoqlari uni 
hurmat qilishlarini istayotganidan dalolat beradi. 
Estetik hislar birinchi navbatda bolalarning badiiy asarlarni idrok qilish jarayonida
namo yon bo‘ladi.Uchinchi sinfga borib bolalar ustozi o‘qiyotgan she’rlarning nafaqat 
mazmuniga, balki o‘qilishidagi go‘zalligiga ham e’tibor beradilar. Badiiy asarlarni 
o‘qiyotganlarida 
va 
kinofilmlarni 
ko‘rayotganlarida 
bolalar 
asosan 
asar
qahramonlaring axloqiy sifatlarini baholaydilar. Badiiy asarning estetik tomoni 
pedagog tomonidan bolalarga ko‘rsatilishi kerak. Ana shunday o‘rgatish bo‘lgan 
taqdirdagina kichik maktab Yoshidagi bolalar ularga mos bo‘lgan musiqiy asarlarga 
emotsional baho bera oladilar. 

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish