1. Kichik maktab Yoshidagi bolalarning xulq-atvor xususiyatlari


Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat



Download 1,02 Mb.
Pdf ko'rish
bet15/17
Sana09.07.2022
Hajmi1,02 Mb.
#762523
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
Bog'liq
Kichik maktab yoshidagi bolaning maktabga moslashishi muammosi

 
5.6.Kichik maktab davrida shaxslararo munosabat 

Birinchi bor maktabga kelgan bola o‘z atrofdagilari bilan psixologik jihatdan yangi 


munosabat tizimiga o‘tadi. U hayotining tubdan o‘zgarganini, unga yangi majburiyatlar, 
nafaqat, har kuni maktabga borish, balki o‘quv faoliyati talablariga bo‘ysunish ham
yuklatilganligini his eta boshlaydi. Bola insoniy munosabatlar tizimida ham alohida 
o‘rin egallayotganini bila boshlaydi. Ota-onasi, yaqinlari, atrofdagilari unga Yosh boladek 
emas, balki o‘z vazifalari, majburiyatlari bor bo‘lgan, o‘z faoliyat natijasiga ko‘ra hurmatga 
sazovor bo‘lishi mumkin bo‘lgan alohida shaxs sifatida munosabatda bo‘ladilar. Oila 
a’zolarining bola o‘quv faoliyati, yutuqlari bilan qiziqayotganligi, Shuningdek, uni nazorat
qilayotganligi, unga qilinayotgan yangi muomala, munosabat uning ijtimoiy mavqei 
o‘zgarganligini to‘la his etishiga, o‘ziga nisbatan munosabatining o‘zgarishiga asos bo‘ladi. 
Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilarning muhim xususiyatlaridan biri ulardagi 
o‘qituvchiga ishonch hissi bo‘lib, bunda o‘qituvchining o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatish 
imkoniyati juda kattadir. Bola o‘qituvchini aql sohibi, ziyrak, sezgir, mehribon inson deb 
biladi. O‘qituvchining obro‘si oldida ota-onalar, oilaning boshqa a’zolari, qarindosh 
urug‘larining nufuzi keskin kamayadi. SHu sababli, bolalar o‘qituvchining har bir so‘zini 
qonun sifatida qabul qiladilar. Demak, kichik maktab Yoshidagi o‘quvchilar rivojida 
etakchi bo‘lgan o‘quv faoliyati o‘qituvchi shaxsi va o‘quvchi bilan munosabat uslubining 
ahamiyati juda kattadir.
 
Kichik maktab davrida bolaning boshqa insonlar bilan munosabatlarida katta 
o‘zgarishlar ro‘y beradi.Bolaning muloqoti endi aniq maqsadga qaratilgan 
bo‘ladi.Bunga sabab bir tomondan o‘qituvchining doimiy ravishda unga ko‘rsatadigan 
faol ta’siri bo‘lsa, ikkinchi tomondan o‘quv jamoasining ko‘rsatadigan ta’siridir. 
O‘qituvchining dars jarayonida har bir o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatishi uchun qulay imkoniyati 
bor. O‘quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolaning kattalar va tengdoshlari bilan 
qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. 
"Bola-katta" 
munosabati "
bola-ota-
ona" 
munosabatidan tashqarida yuzaga keladi. CHunki, o‘qituvchi bolaga ota-onaga nisbatan 
ko‘proq ravishda normativ talablar qo‘yadi. Bundan tashqari bolaning oilasi va tevarak 
atrofdagi odamlar bilan ham muloqotida katta o‘zgarishlar bo‘ladi . Oilada endi bolani 
ma’lum bir majburiyat va huquqlari bo‘lgan shaxs sifatida qabul qilinadi va bu o‘z-
o‘zidan bola bilan bo‘lgan munosabatlarda o‘z aksini topadi. Atrofdagilar bilan 
munosabatda esa bola o‘z “Men”ini namoyon etishga harakat qiladi. L.S. 
Vigotskiyning ta’kidlashicha, faqat jamoaviy hayot ichida va ijtimoiy munosabatlar 
ta’sirida bolaning individual xulq-atvori shakllanadi. Faqat o‘qituvchigina 
o‘quvchisiga turli qat’iy talablar qo‘yib, ularning xatti-harakatlarini baholay oladi, 


bolaning ijtimoiylashuviga sharoit yaratib, uni huquq va burchlar–ijtimoiy maqoni 
tizimida standartlashuviga olib kela oladi. O‘qituvchining munosabat uslubi o‘quvchining 
faolligiga bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Kichik maktab Yoshidagi o‘quvchi faolligining
asosan uch xil ko‘rinishi mavjud bo‘lib, bular: jismoniy, psixik va ijtimoiy faollikdir. 
O‘qituvchining dars jarayonida har bir o‘quvchiga ta’sir ko‘rsatishi uchun qulay 
imkoniyati bor. O‘quv faoliyatining boshlanishi jarayonida bolaning kattalar va 
tengdoshlari bilan qiladigan muomala-munosabatlari yangicha tus ola boshlaydi. 
"Bola-katta" 
munosabati "
bola-ota-ona" 
munosabatidan tashqarida yuzaga keladi. CHunki, o‘qituvchi bolaga 
ota-onaga nisbatan ko‘proq ravishda normativ talablar qo‘yadi. Birinchi bor maktabga 
kelgan bola hali o‘zini to‘liq anglashi va o‘z xatti-harakatlarini aniq bilishi qiyin. Faqat 
o‘qituvchigina bolaga me’yorlar qo‘yishi, ularning xatti-harakatlarini baholashi, o‘z xatti-
harakatlarini boshqalar bilan moslashtirishga sharoit yaratishi mumkin. Boshlang‘ich 
sinfda o‘quvchilar o‘qituvchi tomonidan qo‘yiladigan yangi shartlarni qabul qiladilar 
va ularning qoidalariga to‘la amal qilishga harakat qiladilar. Bola uchun o‘qituvchi 
uning psixologik holatini belgilab beruvchi asosiy figura hisoblanib, bu holat uning nafaqat 
sinfdagi, balki, umuman tengdoshlari bilan bo‘ladigan munosabatiga, bu munosabat esa o‘z-
o‘zidan oilasidagi munosabatlariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shuningdek, bu munosabatlar 
uning o‘quv faoliyati muvaffaqiyatini ham belgilab beradi. O‘qituvchining o‘quvchilarga 
ta’sir ko‘rsatishi va munosabatining quyidagi uslublari mavjud

Download 1,02 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish