O’zbekiston respublikasi yuqori va o’rta maxsus ta’Lİm vaziRLİGİ



Download 266,71 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/7
Sana09.07.2022
Hajmi266,71 Kb.
#761952
TuriReferat
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
referat-geografiya-fanidan

b. Qishloq xo’jaligi.
Toshkent viloyati iqtisodiyoti industrial – agrar 
yo’nalishda rivojlanganligi bilan ajralib turadi. Respublika yalpi ichki 
mahsulotining 9,9 foizi ushbu viloyat hissasiga to’g’ri keladi. Viloyatda sanoat 
mahsuloti ishlab chiqarish hajmi solishtirma parxlarda oldingi yilga nisbatan 
112,0 foizga o’sgan. Sanoat mahsulotining 80,0 foizi nodavlat sektorida ishlab 
chiqariladi. Ushbu ko’rsatkich qishloq xo’jaligida 90 foizdan yuqori. 
Viloyatda, hozirgi o’tish davrida iqtisodiy islohotlarni izchil amalga 
oshirish, iqtisodiyotning tarmoqlar va hududiy tuzilishini takomillashtirish, uni 
erkinlashtirish, bozor infrasturkturasini shakllantirish, sog’lom raqobat muhitini 
yaratish orqali uni yanada rivojlantirish masalalariga asosiy etibor qaratilgan. 
Chunonchi, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishni rag’batlantirish, 
viloyat sanoatida mahsulot ishlab chiqarishni mahaliy xom ashyoga yo’naltirish 
bo’yicha 2000 – 2005 yillarga mo’ljallangan maxsus dastur, yangi ish o’rinlarini 
yaratish, eksport salohiyatini rivojlantirish, «Sog’lom avlod yili» kabi dasturlar 
ishlab chiqilib hayotga tadbiq etilmoqda. 
Toshkent viloyati agrosanoat kompleksi rivojlanganlik darajasiga ko’ra, 
Respublikada stakchi o’rinlardan birini egallaydi. Dehqonchilikda meva – 
sabzavot, don, paxta xom ashyosi ko’p etishtiriladi. Shuningdek viloyatga to’g’ri 
keladi. Chorvachilikda yirik shoxli qoramolchilik va qo’ychilik yaxshi 
rivojlangan. 


2000 yil yakunlari bo’yicha, qishloq xo’jaligi yalpi mahsulotining 47,9 
foizi dehqonchilik va 52,1 foizi chorvachilikka to’g’ri keladi. Keyingi yillarda ob 
– havo sharoitlarining dehqonchilik uchun noqulay kelishi, viloyat qishloq 
xo’jaligi yalpi mahsulotida uning ulushini qisqarishiga sabab bo’ldi. 2000 yili 
viloyatda jami 526,6 ming tonna sabzavot, 127,0 ming tonna kartoshka, 105,5 
ming tonna meva, 93,8 ming tonna uzum, 350 ming tonnadan ko’proq don, 5,1 
ming tonna kanop etishtirildi. 
Qishloq xo’jalik yalpi mahsulotining 61,0 foizini dehqon xo’jaliklari, 33,3 
foizini qishloq xo’jalik orxonlari va qolgan 5,7 foizini fermer xo’jaliklari ishlab 
chiqaradi. Mustaqillik yillarida viloyatda sabzavot, meva, uzum va ayniqsa don 
etishtirish hajmi ortgan. 
Viloyatda jami ekin maydonlari 339,1 ming gektarni (2000 yil) tashkil 
etadi. Uning tarkibi 6 – chizmada keltirilgan. Sug’orma dehqonchilik asosan 
viloyatning g’arbiy va janubiy tekislik hududlarida rivojlangan. Tog’oldi 
hududlarda esa mevachilik, lalmi erlarda asosan don etishtiriladi. 
Sut - go’sht chorvachiligi yaxshi rivojlangan. 388 ming bosh qoramol, 390 
ming bosh qo’y va echki, 3229,8 ming bosh parranda bor. 2000 yilda go’sht 
etishtirish 102,8 ming tonna, sut – 346,8 ming tonnani, tuxum – 315 mln. donani 
tashkil etdi. 
Viloyatda jami 3684 fermer xo’jaligi mavjud bo’lib, ularda 20 mingga 
yaqin kishi mehnat qiladi (jami ekin m54,2 ming gektar). Etishtirilgan paxtaning 
12 foizi, boshoqli donning 9,4, kartoshkaning 7,2, sabzavotning 10,5 poliz 
ekinlarining 35,2 foizi hamda go’sht va sutning mos ravishda 1 va 1,5 foizlari 
fermer xo’jaliklariga to’g’ri keladi. 
Poytaxt – Toshkent shahrining qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan 
ehtiyojini qondirishga xizmat qiluvchi shahar atrofii qishloq xo’jaligi ham 
rivojlangan. 


Toshkent viloyati ijtimoiy sohalarning rivojlanganlik darajalariga ko’ra 
mamlakatda alohida o’rin tutadi. 2000 yilda aholi jon boshiga puli xizmat 
ko’rsatish hajmi 9 ming so’mni, chakana savdo aylanmasi – 74,4 ming so’mni, 
maishiy xizmatlar hajmi 1,1 ming so’mni tashkil etdi. 
Viloyatda har 10 ming kishiga kasal o’rinlari bilan ta’minlanish darajasi 
47,1, ambulatoriya – poliklinika xodimlari bo’yicha 195,3 ni tashkil etdi. Hozirgi 
kunda viloyatda aholi sog’lig’ini saqlash ishiga 102 shifoxona, 20 bolalar 
shifoxonasi, 88 qishloq vrachlik ambulatoriyasi, 98 qishloq vrachlik punkti, 245 
feldsherlik – akusherlik punkt iva 112 sog’lomlashtirish punktlari safarbar 
etilgan. 
Ta’lim tizimi takomillashib bormoqda. Toshkent viloyati infrastruktura 
sharoitlari tez yuksalmoqda. Aholining 91,5 foizi markazlashtirilgan suv 
ta’minoti bilan, 80,3 foizi esa tabiiy gaz bilan ta’minlangan. 
Toshkent shahrining xo’jalik ixtisoslashuvida eng avvalo mashinasozlik va 
metalni qayta ishlash, xususan qishloq xo’jaligi mashinasozligi, kimyo, engil va 
oziq – ovqat sanoati marmoqlari etakchi rol o’ynaydi. 
Hozirgi davrda, Toshkentda 500 dan ortiq sanoat korxonalari mavjud. 
Xorijiy investorlar bilan barpo etilgan 2621 ta qo’shma korxona hisobga olingan. 
Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 2000 yilda 1999 yilga nisbatan 
111,5 foizga o’sgan. Toshkent shahri sanoati tarmoqlar va hududiy tuzilishi 
hamda rivojlanishiga ko’ra turlicha xususiyatlarga ega. Shahar tumanlari orasida 
eng ko’p sanoat mahsuloti hajmi bo’yicha Xamza tumani etakchi o’rinni 
egallaydi. Undan so’ng M.Ulug’bek, Bektemir, Mİrobod tumanlari turadi. 
Hozirda Toshkent shahri bo’yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotining 87,3 
foizi nodavlat sektoriga to’g’ri keladi. 

Download 266,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish