Insonning jismoniy fazilati sifatidagi kuchning turlari. Aytilganlar asosida
kuchlilik, qobiliyatlarini quyidagicha turlarga bo’lish mumkin:
1. Kuchlilik qobiliyatlarining o’zi —statik rejim va sekin harakatlar.
2. Tezkor — kuchlilik qobiliyatlari (dinamik kuch) — tez harakatlarda. Tezkor
— kuchlilik qobiliyatlari qarshiliklarni yenguvchi va yon beruvchi (amortizatsion
kuch) kuchlarga bo’linadi.
Bundan buyon «kuchlilik qobiliyatlarining o’zi» termini o’rniga qisqa —
kishining kuchi, sportchining kuchi degan terminni ishlatamiz. Lekin bunda gap
kuchning statik va unga yaqin sharoitda namoyon bo’lishi to’g’risida
borayotganligini tushunamiz. Bu ma'nodagi kuchni tarbiyalash metodikasi keyingi
bo’limlarda yoritiladi. Kuch qobiliyatining ko’rsatilgan turlari asosiy turlardir,
biroq ular kuchning inson namoyon etadigan xilma-xil turlarini to’la ifodalamaydi.
Portlovchi kuch — qisqa vaqt ichida katta miqdorda kuch namoyon qilish
qobiliyati – muhim turlardan hisoblanadi.
Muskul kuchi va sportchining vazni. Turli vazndagi kishilarning kuchini
taqqoslash uchun nisbiy kuch deb ataladigan kuch tushunchasidan foydalaniladi.
Nisbiy kuch deganda o’z vaznining bir kilogramiga to’g’ri - keladigan kuch
miqdori tushuniladi. Kishi biror bir harakatda o’z og’irligidan qat'i nazar namoyon
qilgan kuchni ba'zan absolyut kuch deb ataydilar. Absolyut kuch, masalan,
dinamometr ko’rsatgichlari, ko’tarilgan shtanganing chegara darajadagi og’irligi
va boshqalar bilan xarakterlanishi mumkin.
Mashq ko’rganlik darajasi taxminan bir xil, lekin vazni har xil kishilarda vazni
og’irlashib borishi bilan absolyut kuch ortadi, nisbiy kuch esa kamayadi.
22
Nisbiy kuchning kamayishining sababi shundaki, sportchinnng vazni
gavdasining hajmiga, ya'ni uning chiziqli o’lchamlarining kubiga proportsional
bo’ladi; kuch esa fiziologik ko’ndalang kesimning, ya'ni chiziqli o’lchamlarning
kvadratiga proportsionaldir. Binobarin, gavda o’lchamlari oshib borishi bilan
kishining vazni uning muskul kuchiga qaraganda tezroq ortib boradi.
Kuchni tarbiyalash metodikasining asoslari. Vazifa va vositalar. Kishining
jismoniy fazilati sifatida kuchni uzoq yil davomida tarbiyalash protsessidagi
umumiy vazifa kuchni har tomonlama rivojlantirish va turli xil harakat (sport,
mehnat va hokazo) faoliyatlarida uning yuksak darajada namoyon bo’lishini
ta'qiqlashdan iboratdir. Quyidagilar xususiy vazifalardir:
- kuchlanishning asosiy turlarini, ya'ni statik kuchlanish va dinamik
kuchlanish, kuch talab kuchlanish va tezkor kuch talab kuchlanish, qarshiliklarni
yenguvchi kuchlanish va yon beruvchi kuchlanish turlarini amalga oshirish
qobiliyatini egallash hamda takomillashtirish;
- harakat apparatidagi barcha muskul guruhlarini kuch jihatdan garmonik holda
mustahkamlash;
-
xilma-xil
sharoitlarda
kuchdan
ratsional
foydalanish
qobiliyatini
rivojlantirish.
Shu bilan birga biror bir faoliyatdagi konkret sharoitga qarab, kuchni ixtisoslab
tarbiyalash yuzasidan o’ziga xos vazifalar hal qilinadi.
Qarshiligi oshirilgan mashqlar, ya'ni kuchni ko’paytiradigan mashqlar kuch
tarbiyalash vositasi bo’lib hisoblanadi. Qarshilikning tabiatiga qarab kuchni
ko’paytiradigan mashqlar ikki guruhga bo’linadi. (SH.T.Iseev).
1. Tashqi qarshiliklarni yengish bilan bajariladigan mashqlar. Odatda, tashqi
qarshilik sifatida quyidagilardan foydalaniladi:
a) buyumlarning og’irligi,
b) sherigining qarshilik ko’rsatishi,
v) elastik buyumlarning qarshiligi,
g) tashqi muhit qarshiligi (masalan, qalin qordan yugurish).
2. O’z vazni bilan og’irlashtirilib bajariladigan mashqlar.
23
Shuningdek, o’z vazni bilan og’irlashtirish tashqi buyumlarning og’irligi bilan
to’ldiriladigan mashqlardan ham foydalaniladi.
Organizmga funktsional ta'sir etish jihatidan qarshilik paydo qiladigan
faktorning mohiyati unchalik muhim emas. Kishi tosh ko’taradimi, qum solingan
qop ko’taradimi yoki o’z vaznidan og’irroq narsa ko’taradimi — bari bir hamma
hollarda ham organizmga bir xilda ta'sir ko’rsatiladi (agar qarshilik miqdori bir
xilda bo’lsa). Biroq xilma-xil mashqlar ba'zi bir o’ziga xos xususiyatlarga ega.
Kuch mashqlarining yuqorida keltirilgan klassifikatsiyasi bilan bir qatorda,
ularning saralab ta'sir etish darajasiga (umumiy va nisbatan ma'lum bir joyga ta'sir
etishiga) ko’ra, shuningdek, muskullarning ishlash rejimiga ko’ra, statik
(izometrik) va dinamik, faqat kuchlilik va tezkor-kuchlilik, qarshiliklarni
yenguvchi va yon beruvchi mashqlarga bo’linishini ham e'tiborga olish kerak.
Kuchni tarbiyalash, boshqa jismoniy sifatlarni tarbiyalashdagi kabi, jismoniy
tarbiyaning umumiy metodik printsiplariga muvofiq ravishda amalga oshiriladi.
Shu bilan birga quyidagi maxsus qoidalarga ham rioya qilish kerak.
Asosiy metodik yo’nalishlarni aniqlash shart-sharoitlari:
Kuchni tarbiyalashda qarshilik miqdorini tanlash — metodikaning asosiy
masalalaridan biridir. Bu masalani muskullarni turlicha kuchlantirib bajariladigan
harakatlarning fiziologik xususiyatlarini tushunganidagina hal qilish mumkin.
Turli darajada zo’r berish bilan bajariladigan harakatlarning fiziologik
xususiyatlari muskul kuchini maksimal darajada zo’r bermaslik yo’li bilan mashq
qildirishga urinish nima uchun samara bermasligini tushuntirib beradi.
Agar kishi muskul kuchiga muntazam ravishda anchagina zo’r bermasa,
muskul kuchi o’smay qoladi, kuchlanish miqdori juda kam bo’lganda esa,
kuchning o’sish darajasi hatto kamayib ketishi ham mumkin. Mashq ko’rmagan
kishilarda ko’rsatayotgan zo’r berish miqdori maksimal kuchning 20% idan kam
bo’lsa, ularning kuchi kamaya boshlaydi. Kuchlanish miqdori qanchalik kam
bo’lsa, muskul kuchinnng kamayish protsessi va muskullarning bo’shashish
protsessi shunchalik tez sodir bo’ladi, Muskullari anchagina kuchlanishga
24
odatlanib qolgan sportchilar nisbatan katta og’irliklardan foydalanganlarida ham,
og’irliklar odatdagidan kam bo’lsa, kuch kamaya boshlashi mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |