Ochiqlik va qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish printsipi. Ochiqlilik taxlil
uchun nafaqat tizimli mutaxassislarga balki foydalanuvchilarga ham imkoniyat
borligini ko`zda tutadi. Qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish, OT tarkibiga yangi
modullar qo`shish va mavjudlarini o`zgartirish (modifikatsiya) imkonini beradi.
OT ni mikroyadro strukturasidan foydalanib, klient-server texnologiyasiga
asosan qurish, qo`shimcha imkoniyatlar qo`shish keng imkoniyat yaratadi. Bu
xolda OT imtiyozli boshqaruvchi dasturlar va imtiyozsiz server-xizmatlar
majmuasi tarzida quriladi. Asosiy qism o`zgartirilmasdan qolib, serverlar oson
o`zgartiriladi, almashtiriladi va qo`shimcha qo`shiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |