4-Ma`ruza. Operatsion tizim arxitekturasi va qurish printsiplari. Modullik,
maxsus rejim, virtuallashtirish, mobililik, mutanosiblik, ochiqlik,
xisoblashlarni ximoyalash printsiplari. Mikroyadorli operatsion tizimlar.
Mikroyadroli operatsion tizim. Operatsion tizimlarga qo’yilgan talablar.
Birinchi dasturlar bevosita mashina kodlarida yaratilgan. Buning uchun,
mikroprotsessor arxitekturasini va uning asosidagi tizimni mukammal bilish zarur.
Hisoblash texnikasining rivojlanishi borasida, ko`p uchraydigan amallarni
(operatsiyalarni) ajratib, ular uchun dasturiy modullar yaratilib, keyinchalik
ulardan dasturiy ta’minotda foydalana boshladilar. Shunday qilib, 50-chi yillarda,
birinchi dasturlash tizimlarini yaratishda kiritish chiqarish amallari uchun,
keyinchalik matematik amal va funktsiyalarni hisoblash uchun modullar yaratildi.
Keyinchalik, rivojlanish yuqori darajadagi translyatorlarni yaratilishiga olib keldi,
ya’ni operatorlar o`rniga zaruriy funktsiyalarni chaqiriqlarni qo`yish imkoniyati
kelib chiqdi. Kutubxonalar soni oshib bordi. Natijada, amaliy dasturiy ta’minot
ishlab chiquvchilaridan tizim arxitekturasini mukammal bilish talab qilinmay
qoldi. Ular, dasturiy tizimga mos chaqiriqlar bilan murojaat va ulardan kerakli
servis va funktsiyalarni olish imkoniga ega bo`ldilar. Bu dasturiy tizim OT dir.
Zamonaviy OT asosiy tashkil etuvchilari – bu yadro, kiritish-chiqarish
tizimi, komanda protsessori, fayl tizimi. Yadro masalalar va resurslarni boshqarish,
sinxronlashtirish va o`zaro bog`lanishi bo`yicha asos funktsiyalarni ta’minlaydi.
Komanda protsessori, komandalarni qabul qilish va ularga ishlov berish,
foydalanuvchi talabi bo`yicha mos xizmatlarni chaqirishni ta’minlaydi.
Kiritish va chiqarish tizimi, tashqi qurilmalar bilan ma’lumotlarni kiritish va
chiqarish masalasini ta’minlaydi.
OT kutubxonalarida bu funktsiyalarning mavjudligi, har bir ularni dasturlash
tizimi vositalari bilan har bir dasturga qo`shmaslik imkonini beradi. Dasturlash
tizimlari faqat, kiritish-chiqarish tizimi kodlariga murojaatni generatsiya qiladi va
kattaliklarni tayyorlaydi. KCH tizimi, kiritish-chiqarish qurilmalari turlari ko`p
bo`lgani uchun eng murakkab hisoblanadi. Bunda, nafaqat samarali boshqarish,
balki amaliy dasturchilarga qurilmalardan abstraktlashtirishga imkon beradigan
qulay va samarali virtual interfeysni ta’minlaydi. Boshqa tomondan, parallel
bajariladigan talay masalalarni kiritish-chiqarish qurilmalariga murojaatni
ta’minlash talab qilinadi. Bahzi KCH dasturchilaridan ba’zilari qurilmalardan
mustaqildir, ularni KCH ko`pgina qurilmalariga, qo`llash mumkin.
Fayl – bir xil tuzilishga ega bo`lgan yozuvlar majmuasi ko`rinishida tashkil
etilgan ma’lumotlar to`plamidir.
Fayl tizimi, foydalanuvchiga ma’lumotlar tuzilishining mantiqiy darajasi va
amallar bilan ish ko`rish imkonini beradi. Fayl tizimi, ma’lumotlarni diskda yoki
boshqa ma’lumot jamlamasida tashkil qilish usulini belgilaydi.
Barcha zamonaviy OT lar o`z fayl boshqaruv tizimiga ega. Ular zamonaviy
OT larning aksariyat ko`pchiligida asosiy hisoblanadi. FBT i disk sohasini
markazlashgan holda taqsimlash va ma’lumotlarni boshqarish muammosini
yechadi.
30
FBT,
foydalanuvchilardan
kiritish-chiqarish
qurilmalari
va
disk
xususiyatlarini yashirgan holda, fayl va kataloglar bilan ishlash uchun keng xizmat
(servis) imkoniyatlarini beradi. UNIX da disklarda fayl tizimi va asos fayl tizimi
alohida-alohida mavjuddir va ular bir-biriga bog`liq emas. UNIX da yo`lga disk
nomi yoki uning nomerini qo`shish imkonini bermaydi, chunki bu OT uchun
qurilmalarga qat’iy bog`lanishni keltirib chiqaradi. “Mount” tizimi chaqirig`i
yumshoq dik tizimini asos fayl tizimidagi ko`rsatilgan joyga qo`shish (montirovka)
imkonini beradi. UNIX da yana bir tushuncha- maxsus fayllar tushunchasidir.
Do'stlaringiz bilan baham: |