foydalanib, tizim strukturasini, jarayonlarni rejalashtiruvchilar (`lanirovshiklar) va
resurs (monitorlari) taqsimlovchilari ma’lum majmuasi ko`rinishida tasvirlashga
imkon beradi. Virtuallik kontse`tsiyasi, virtual mashina tushunchasida akslanadi.
Ixtiyoriy OT, haqiqatda, foydalanuvchidan, real apparat va boshqa resurslarni
foydalanuvchilar virtual mashinani, ularning dasturlarini qabul qiluvchi va ularni
26
bajarib, natija beruvchi yetarli darajadagi abstrakt qurilma sifatida foydalanadilar
va tasavvur qiladilar. Foydalanuvchini, umuman hisoblash tizimi real
konfiguratsiyasi va uning kom`onentalaridan samarali foydalanish fiziqtirmaydi.
Bir nechta `arallel jarayonlar uchun, bir vaqtning o`zida real tizimda mavjud
bo`lmagan narsadan bir vaqtda foydalanish tasavvuri hosil qilinadi.
VM, real arxitekturani ham aks ettiirshi mumkin, ammmo bu holda
arxitektura elementlari Ko`pincha sistema bilan ishlashni soddalashtiruvchi,
mukammalashtiruvchi yangi `arametrlar bilan chiqadilar. Foydalanuvchi nuqtai-
nazarida, ideal mashina quyidagilarga ega bo`lishi kerak:
- ishlashi mantiqi jixatidan bir xil tarzdagi, chegaralanmagan xajmga ega
bo`lgan virtual xotira;
- parallel ravishda bir-biriga tahsir qiladigan va ishlay oladigan virtual
protsessorlarning ixtiyoriy miqdori;
- virtual mashina xotirasiga ketma-ket va `arallel, sinxron va asinxron
murojaat etishga qodir bo`lgan virtual tashqi qurilmalarning ixtiyoriy
miqdori (soni) ma’lumotlar xajmi chegaralanmaganda ideal mashinaga
yaqinlashtirilgan, OT tomonidan amalga oshiriladigan virtual mashina
qanchalik katta bo`lsa, ya’ni arxitekturali mantiqiy xarakteristikasi realdan
qanchalik farq qilsa, demak virtuallikning shunchalik yuqori darajasiga
erishilgan bo`ladi. OT bir-biri ichiga joylashtirilgan VM ierarxiyasi sifatida
quriladi. Dasturlarning quyi sathi mashinaning apparat vositalaridir.
Keyingi sath esa dasturiy bo`lib, quyi sath bilan birgalikda, mashina yangi
xossalarga ega bo`lishiga yordam beradi. Har bir yangi sath ma’lumotlarga ishlov
berish funktsiya imkoniyatlarini kengaytirish imkonini berib, quyi sathlarga
murojaatni osonlashtiradi.
VM larni ierarxik tartibga solish ustunliklarga ega bo`lish, ya’ni loyixa
doimiyligi, dastur tizimlari ishonchliligi, ishlab chiqish muddatlari qisqarishi, qator
muammolarga ega. Ularning asosiylari: virtuallashtirish sathlari sonini va
hossalarini aniqlash, OT ning har bir sathiga zaruriy qismlarni kiritish qoidalarini
aniqlash. Abstraktlashtirish (virtualizatsiya) alohida sathlari xossalari:
1. Har bir sathda, yuqori sathlar mavjudligi va xossalari to`g`risida xech narsa
ma’lum emas.
2. Har bir sathda, boshqa sathlar ichki tuzilishi to`g`risida xech narsa ma’lum
emas. Ular orasidagi bog`lanish oldindan belgilangan qathiy qoidalar orqali
olib boriladi.
3. Har bir sath bir nechta moduldan iborat, ularning bahzilari ichki hisoblanadi
va ularga boshqa sathlar murojaat qilishi mumkin. Qolgan modullar nomi
yuqori sathlarga ma’lum va shu sathlar bilan bog`lana oladi.
4. Har bir sath ma’lum resurslarga ega, u o`z resurslari abstraktsiyalarini
(virtual resurslarni) boshqa sathlardan yashirishi yoki taklif qilishi mumkin.
5. Har bir sath, tizimda ma’lumotlarning ma’lum abstraktsiyasini tahminlaydi.
6. Har bir sathda, boshqa sathga nisbatan qilinaya`gan taklif minimal bo`lishi
shart.
7. Sathlar orasidagi bog`lanish aniq argumentlar, bir sathdan ikkinchisiga
uzatiladigan argumentlar bilan chegaralangan bo`lishi kerak.
27
8. Global ma’lumotlardan bir nechta sathlar foydalanishi mumkin emas.
9. Har bir sath boshqa sathlar bilan mustaxkamroq va kuchsiz bog`lanishi
kerak.
10. Abstraktsiya sathi orqali bajariladigan har qanday funktsiya yagona kirishga
ega bo`lishi kerak.
Do'stlaringiz bilan baham: