Fransiyada yuridik shaxslar foydasiga solinadigan soliq yuridik shaxslarning
oladigan sof foydasidan undiriladi. Soliq asosiy korxona yoki muassasa joylashgan
yerda xilma-xil turlardagi faoliyatdan olingan daromaddan hisoblab chiqiladi.
Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i stavkasi 33,3% ni tashkil qiladi.
Kichik biznes subektlaridan soliq 15 % imtiyozli stavkada undiriladi. Soliq sof
foydadan, ya‘ni jami tushum va uni olish sarf-xarajatlari o‘rtasidagi farqdan
undiriladi. Ularga ish xaqi, xonalar ijarasiga qilinadigan sarf - xarajat, kredit
foizlari, korxonaning sarf-xarajatlariga solinadigan majburiy soliqlar kiradi. Yangi
kiritilayotgan kapital soliq solishdan limit doirasida ozod qilinadi. Amortizatsiya
ajratmalari korxonaning sarflari hisobiga kiritib qo‘yiladi. Amortizatsiya to‘g‘ri
chiziqli usul bo‘yicha cheklashsiz hisoblab yozilishi, xizmat muddati 3 yildan 15
yilgacha bo‘lgan muayyan aktivlar yuzasidan 1,5 dan 2,5 gacha oshiruvchi
koeffitsientlarni qo‘llagan holda regressiya balans usuli bo‘yicha hisoblab yozilishi
mumkin.
40
Koorporatsiya kelgusidagi ishlab chiqarish chiqimlari yoki zararlarini
qoplash uchun quyidagilar bo‘yicha soliqqa tortilmaydigan zahiralar yaratishi
mumkin: chet el investitsiyalari bo‘yicha, bozor kon‘yunkturasi o‘zgarishi
bo‘yicha, kredit borasidagi xatar bo‘yicha, qaytmaydigan (umidsiz) qarzlar
bo‘yicha va muayyan ishlab chiqarishning o‘ziga qarab ba‘zi boshqa holatlar
bo‘yicha. Aktivlarni sotishdan keladigan tushum oddiy daromad sifatida soliqqa
tortiladi. Lekin ikki yildan ko‘p egalik qilingan aktivlarni sotishdan kelgan tushum
zahiraga yo‘naltirilishi mumkin, bunday taqdirda u pasaytirilgan 19,0%li stavka
38
www.expert-comptable.glavbuh.tel/
internet sayt ma‘lumotlaridan foydalanildi
39
www.nalogi.net/print.htm?id=55&str=obzor
internet sayt ma‘lumotlaridan foydalanildi
40
Julia Cage, Lucie Gadenne. Tax revenues and the fiscal cost of trade liberalization, 1792–2006. Explorations in
Economic History. https://www.sciencedirect.com/science/article/pii/S0014498317302541
69
bo‘yicha soliqqa tortiladi. Agar korxona hisobot yilida zarar ko‘rgan bo‘lsa, bu
zararni kelgusi yillarning soliqqa tortiladigan sof foydasidan, ayrim hollarda esa
oldingi yillarning sof foydasidan ayirib tashlash mumkin. Soliqni hisoblab yozish
deklaratsiya bo‘yicha amalga oshiriladi. Har qaysi korxona har yili daromadlar
to‘g‘risida batafsil deklaratsiya to‘ldiradi va uni hisobot yilidan keyingi yilning 1
apreliga qadar soliq idorasiga taqdim etadi. Uzil- kesil yillik hisob - kitoblarga
qadar korxona bo‘nak tarzida chorak to‘lovlarini to‘lab turadi.
Ispaniya ma‘muriy bo‘linishi jihatidan 17 ta avtonom hududga bo‘lingan
bo‘lib, o‘z navbatida ular 56 viloyatni o‘ziga birlashtiradi. Lekin avtonom hududlar
mavqei darajasi bilan bir xil emas. Mamlakatda Navarra va Basklar boshqa
muxtoriyatlar ichida kattaroq avtonomiya huquqiga ega bo‘lib, bu hol ularga turli
xil hududiy va mahalliy soliqlarni joriy qilish huquqini bergan. Shuningdek, ular
federal soliqlarni yig‘ib, qonun bilan belgilangan foizini o‘z vaqtida federal
byudjetiga o‘tkazib beradilar. Ularni keyingi guruhga Kataloniya hududi kiritilib,
ularga ham soliq stavkalarini tartibga solish huquqi berilgan. Uchinchi guruhga esa
hududlarida mustaqil soliq siyosatini yurgizish huquqi berilmagan viloyatlar
kiradi. Ular federal soliq qonunchiligiga qat‘iy rioya qilib boradilar.
41
Ispaniya o‘zining ma‘muriy hududiy bo‘linishi jihatidan 3 pog‘onali soliq
tizimiga ega. Mamlakat aholisi va koorporatsiyalar federal, mintaqaviy va mahalliy
soliqlarni to‘laydilar. Federal soliqlarni nazorat qilish muxtoriyatlar va viloyatlarda
joylashgan Davlat soliq xizmati xodimlariga yuklatilgan.
Ispaniyada koorporatsiya foydasidan olinadigan soliq to‘g‘ri soliqlardan biri
bo‘lib, uning stavkasi 30,0 foizni tashkil qiladi. Kooperativlar uchun soliq stavkasi
26 foizgacha kamaytiriladi. Investitsiya jalb qilinganda 5 foiz soliq imtiyozi
qo‘llaniladi. Koorporatsiya foydasidan olinadigan soliqlar federal byudjet
daromadining 8,2 foizini tashkil qiladi. Foyda solig‘i yuridik shaxs maqomiga ega
bo‘lgan barcha korxonalarga solinadi. Muayyan turdagi faoliyatni amalga
41
www.sv-audit.ru/print_p.php?id=118 internet sayt ma‘lumotlaridan foydalanildi
70
oshiradigan yopiq investitsiya kompaniyalari va kasb uyushmalari, yoki birgalikda
bajariladigan loyihalarni ro‘yobga chiqaradigan qo‘shma korxonalarning
vaqtinchalik birlashmalari bu soliqni to‘lashdan ozod qilinadilar.
42
AQShda yashovchi koorporatsiyalarning 21 foiz stavkasi (2017 yilgi soliq
imtiyozlari va Jobs qonuni bo‘yicha 35 foizdan kamaytirilgan) bo‘yicha
daromadlarni soliqqa tortmoqda. Koorporativ daromad solig‘i 2017 yilda 297,0
mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi, bu esa jami federal daromadlarning 9 foizini
tashkil
etadi.
Amerika
Qo‘shma Shtatlari AQSHda joylashgan C
koorporatsiyalarining (ichki daromad kodeksining tegishli kichik bo‘limiga
asosan) foydasini 21 foizga soliq to‘laydi.
Chet ellik ko‘p millatli kompaniyalarga tegishli AQShda joylashgan
koorporatsiyalar, odatda AQShning koorporatsiyalari kabi AQShning biznesdagi
faoliyatidan olinadigan daromadlar bo‘yicha AQShning yagona soliq qoidalariga
duch keladi.
Davlat uchun byudjet daromadlarining asosiy manbai hisoblangan soliqlar
Korxona daromadlari, shuningdek dividendlar bo‘yicha dividendlar va aktsiyalarni
sotishdan tushadigan sarmoyalar bo‘yicha alohida aktsiyadorlar darajasida ikkinchi
darajali soliqqa tortilishi mumkin. Ham dividendlar va kapital tushumlarining
maksimal soliq stavkasi bugungi kunda 23,8 foizni tashkil etadi (jumladan, sof
investitsiya daromadlari bo‘yicha soliqning 3,8 foizini).
Korporatsiyadan pulli daromad oluvchi shaxsga nisbatan ―ikkiyoqlama
soliqqa tortish‖ mavjud. Buning sababi korporatsiya soliqni to‗lagandan keyingina
aktsioner shaxsga dividend to‗laydi. Aktsiya egasi esa shundan so‗ng olgan
dividendidan boshqatdan daromad solig‗i to‗laydi.Koorporativ daromad solig‘i
federal daromadlarning uchinchi eng katta manbaidir, biroq daromad solig‘i va ish
haqi solig‘idan ancha past. Bu 2017 yilda 297,0 milliard dollar, barcha
daromadlarning 9,0 foizini va yalpi ichki mahsulotning 1,5 foizini tashkil etdi.
42
www.zarre.ru/ru/country/spain/taxes
internet sayt ma‘lumotlaridan foydalanildi
71
Daromad manbasi sifatida koorporativ soliqning nisbiy ahamiyati 1950-1980 yillar
oralig‘ida keskin kamaydi, lekin o‘tgan chorak asrda YaIMga nisbatan 2 foizga
teng daromad keltirdi.
43
Do'stlaringiz bilan baham: |