I bob. O‟zbekiston soliq tizimini yanada rivojlan


Olot tuman AO "OLOT PAXTA TOZALASH" aksiyadorlik



Download 1,6 Mb.
Pdf ko'rish
bet34/43
Sana29.12.2021
Hajmi1,6 Mb.
#75770
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43
Bog'liq
st 85 Samadov Q BMI

Olot tuman AO "OLOT PAXTA TOZALASH" aksiyadorlik 

jamiyatining 2016-2018 yillar davomida olgan daromadlari yuzasidan 

to‟lagan foyda solig‟ini hisoblashni quyidagi moliyaviy natijasi to‟g‟risidagi 

hisobot tahlili

31

(ming. so‟m) 

Sa

tr

 

Ko‟rsatkichlar 

nomi 

2016 yil 

2017 yil 

2018 yil 

fo

y



d

Xa



rajatlar

 

fo



y

d



X

ar

ajatlar



 

fo

y



d

X



ar

ajatlar


 

10 

Mahsulot (ish, 

xizmat) sotishdan 

tushgan tushum 

1263487965 

1623098584 



1420365945 



20 

Sotilgan 

mahsulot (ish, 

xizmat)larning 

tannarxi 

1057310457 



1372187712 

1126715020 



30 

Mahsulot (ish, 

xizmat)larni 

sotishdan tushgan 

yalpi foyda 

(zarar) (010-020) 

206177508 

250910872 



293650925 



 

                     

31

 Olot tuman DSI ma‘lumotlari asosida  muallif tomonidan tayyorlandi. 




53 

10-jadval davomi 

40 

Davr 


xarajatlarining 

jami, shu 

jumladan: 

87562319 



91235406 

91135568 



50 

sotish xarajatlari 

36569248 



41290774 

37771406 



60 

ma‘muriy 

xarajatlar 

7339947 



4603047 


799350 


70 

boshqa 


operatsion 

xarajatlar 

43653124 



45341585 

52564812 



90 

Asosiy 


faoliyatning 

boshqa 


daromadlari 

7038523 


8270579 


9697550 




100 

Asosiy 


faoliyatning 

foydasi (zarari) 

(030-040-090) 

111576666 

151404887 



192817807 



110 

Moliyaviy 

faoliyatning   

daromadlari jami, 

(120+130+140+1

50+160) Shu 

jumladan: 

4581 


5620 


6525 




120 

dividentlar 

shaklidagi 

daromadlar 

4581 



5620 



6525 




170 

Moliyaviy 

faoliyat buyicha 

xarajatlar 

(180+190+200+2

10) shu jumladan 

941472 


956980 


1148016 


180 

Foizlar  

shaklidagi  

xarajatlar 

856952 


956980 


1069560 


210 

Moliyaviy 

faoliyatning 

boshqa xarajatlari 

84520 




78456 

 


54 

10-jadval davomi 

220 

Umumxo‘jalik 

faoliyatining 

foydasi (zarari) 

(100+110-170) 

110639775 

150453527 



191676316 



240 

Foyda solig‘i 

to‘langunga 

qadar foyda 

(zarar) (220+/-

230) 


110639775 

150453527 



191676316 



250 

Foydadan soliq 

8297983,2 



11284014,5 

26834684,2 



260 

Foydadan boshqa 

soliqlar va 

yig‘imlar 

8851182 


12036282,2 



270 



Sof foyda (zarar) 

(240-250-260) 

93490609,9 

127133230,3 



164841631,8 

 

Olot  tuman  AO  "OLOT  PAXTA  TOZALASH"  aksiyadorlik  jamiyatining 



2016-2018  yillar  davomida  olgan  daromadlari  yuzasidan  to‘lagan  foyda  solig‘ini 

hisoblashni  quyidagi  moliyaviy  natijasi  to‘g‘risidagi  hisobot  tahliliga  qarasak, 

2016 yilda  93490609,88 ming so‘m sof foyda olgan, 2017 yilda esa 127133230,32 

ming  so‘m  sof  foyda  olgan,  2018  yilda  esa  164841631,8  ming  sof  foydaga  ega 

bo‘lgan.  Sof  foyda  ko‘rsatkichlari  dinamikasini  tahlil  qilganda  2017  yilda  2016 

yilga  qaraganda33  642  620,44  ming  so‘m  yoki  36,0  %  ga  ko‘paygan,    bu 

ko‘rsatkich  2018  yilda  o‘tgan  yilga  qaraganda  37  708  401,445  ming  so‘m  yoki 

qariyb 29,7 % ga o‘sishga erishilgan.  Sof foydaning 2018-yilgi ko‘rsatkichi 2016 

yilga  nisbatan  71  351  021,89  ming  so‘m  yoki  76,3  %  ga  ko‘p  bo‘lsada  mahsulot 

sotishdan tushum  156 877  980  ming so‘mga  oshgan.  Jumladan usbu  korxonaning 

davlat  byudjetiga  o‘tkazib  beradigan  soliq  summalarini  tahlil  qilsak;  2017-yil  esa 

foyda  solig‘i  11  284  014,53ming  so‘m,  foydadan  boshqa  soliqlar  va 

yig‘imlar(obodonlashtirish  va  infra  tuzilmani  rivojlantirish)  12  036  282,16  ming 

so‘m,  jami  korxona  to‘lagan  soliq  summasi  23320296.69  ming  so‘m.  2018-yilda 

foyda  solig‘i  26  834  684,24  ming  so‘m,  foydadan  boshqa  soliqlar  va 

yig‘imlar(obodonlashtirish  va  infra  tuzilmani  rivojlantirish)  bu  soliq  turi  foyda 




55 

solig‘i bilan birlashtirilib foyda solig‘i tarkibiga kiritildi va jami korxona to‘lagan 

soliq  summasi  26  834  684,24  ming  so‘mni,  agar  aytib  o‘tgan  soliq  turimiz 

yo‘qotilmaganda  korxona  qancha  soliq  to‘lashini  faraz  qilib  ko‘ramiz:  (2018-yil 

esa  foyda  solig‘i  14 375 723.7  ming  so‘m,  foydadan  boshqa  soliqlar  va 

yig‘imlar(obodonlashtirish va infra tuzilmani rivojlantirish)     15 334 105,28 ming 

so‘m,  jami  korxona  to‘lagan  soliq  summasi  29  709  828,98  ming  so‘m)  bo‘lib 

ko‘rib turganingizdek amalyot va farazda korxona davlat byudjetiga to‘lab bergan 

soliqlar farqi 2 875 144.74 ming so‘m va ushbu pul miqdori korxona hisobida sof 

tushum  bo‘lib  qolyapti,  mana  bu  tahlildan  ko‘rinadiki  soliq  stavkasining  tushishi 

ham bir imtiyoz desak xato bo‘lmaydi.  

 

 




56 

 

III  BOB.  YURIDIK  SHAXSLARDAN  OLINADIGAN  FOYDA  SOLI-



G‟I  IMTIYOZLARI  ORQALI  RAG‟BATLANTIRISHNING  ASOSIY  YO‟-

NALISHLARI 

3.1.  Ishlab  chikaruvchilar  faoliyatini  rag‟batlantirishda  soliq  imtiyoz-

lardan foydalanishning asosiy yo‟nalishlari 

 

Ishlab  chiqarish  jarayonini  boshqarishda,  investitsiyalar,  ilmiy  tekshiruv 



va  tajriba  konstruktorlik  ishlarini  rag‘batlantirish    hamda  tartibga  solishda 

davlat  tomonidan  soliq  imtiyozlaridan  keng  foydalaniladi.  Soliq  imtiyozlari 

rag‘batlantirish  va  maqsadga  muvofiq  qo‘llanilishiga  qarab,  quyidagilarga 

bo‘linadi: 

  ayrim korxona va tashkilotlarni butunlay soliq to‘lashdan ozod etish; 

  yangi  tuzilgan  korxonalar  uchun  soliq  to‘lash  bo‘yicha  imtiyozlar 

berish. 

Bu  imtiyozlar  ishbilarmonlik  va  tadbirkorlik  (agar  mahsulot  ishlab 

chiqarishga asoslangan bo‘lsa) rivojlanishga ijobiy ta‘sir etadi. 

Soliq  imtiyozi  –  soliq  to‘lovchilarning  ayrim  toifalariga  qonun  hujjatlarida 

belgilangan tartibda soliq to‘lashdan to‘liq, qisman va vaqtincha ozod qilish shakli. 

Preferensiya    –  iqtisodiyotni  maqsadga  muvofiq  rivojlantirish  va  tartibga 

solishda  ayrim  soha  va  tarmoqlar,  korxona  va  ishlab  chiqarish  turlariga  nisbatan 

beriluvchi  imtiyoz,  afzallik  va  ustuvorliklar.  Soliq  tizimining  asosiy  va  ajralmas 

qismlaridan  biri  soliq  imtiyozlaridir.  Soliq  tizimida  soliq  imtiyozlaridan 

foydalanishning  bir  qator  obyektiv  ijtimoiy-iqtisodiy  sabablari  mavjud  bulib,  ular 

quyidagilardir: 

Birinchidan,  soliq  imtiyozlarini  mavjudligini  asosiy  sabablaridan  biri  bu 

soliq  to‘lovchilarning  jamiyatda  tutgan  mavqei,  ijtimoiy  holati  turlicha 

ekanligidan.  Shu  jihatdan  barchaga  bir  xil  tartibda  soliq  solish  ma‘noga  ega

 

bo‘lmaydi; 




57 

Ikkinchidan,  davlat  iqtisodiyotga  ta‘sir  etib  uni  tartiblash  vazifasini  amalga 

oshiradiki, bunda turli xil dastaklardan foydalanadi. Ya‘ni, davlat soliq imtiyozlari 

orqali iqtisodiyotni samarali va qulay boshqarish yoki tartiblash imkoniyatiga ega 

bo‘ladi, bundan ko‘rinadiki, soliq imtiyozlari davlatni o‘z funksiya va vazifalarini 

yuzaga chiqaruvchi muhim dastak sifatida yuzaga chikadi; 

Uchinchidan,  soliq  imtiyozlari  qo‘llanilishining  asosiy  sabablaridan  yana 

biri  bu  milliy  daromadni  qulay,  samarali  va  oqilona  taqsimlashga  erishishdan 

iboratdir.  Ya‘ni,  bundan  solikqlar  sifatida  byudjetga  jalb  etilishi  lozim  bo‘lgan 

moliyaviy  resurslar  imtiyoz  berish  tufayli  byudjetga  jalb  etilmasdan  soliq 

to‘lovchilarning  o‘zlariga  maqsadli  ravishda  qoldiriladi.  Buning  afzallik  tomoni 

soliq  to‘lovlarini  byudjetga  olish  va  uni  yana  qayta  taqsimlash  ishlarini 

osonlashtiradi va ish faoliyat turlarini pag‘batlantirishga erishiladi. 

Sanoati  rivojlangan  mamlakatlarda  soliq  imtiyozlaridan  asosan  ishlab 

chiqarish  jarayonini  boshqarishda,  investitsiyalar,  ilmiy-tadqiqot  va  tajriba 

konstruktorlik ishlarini rag‘batlantirish va tartibga solishda keng foydalaniladi. 

2016-yildan 

boshlab 


davlatimizda 

investitsion 

faoliyatni 

yanada 


rivojlantirish  dasturlari  tuzildi.  Bunga  binoan  quydagi  ma‘lumotlarni  keltirib 

o‘tamiz.  2019  yilning  5  fevral  kuni  navbatdagi  ―Hukumat  soati‖  oʻtkazildi. 

Quyipalatadagi  deputatlar  birlashmalari  takliflariga  koʻra,  ―Hukumat  soati‖da 

koʻrib  chiqish  uchun  ―erkin  iqtisodiy  zonalar  toʻgʻrisida‖gi  Oʻzbekiston 

Respublikasi  qonuni  doirasida  erkin  iqtisodiy  zonalar  va  kichik  sanoat  zonalarida 

biznes  subyektlarini  joylashtirish,  ularga  imtiyoz  va  preferensiyalar  berishni 

tashkiliy  va  huquqiy  jihatdan  tartibga  solish  toʻgʻrisidagi  masala  kiritildi. 

Davlatimiz  rahbarining  2016  yil  26  oktyabrdagi  farmoniga  muvofiq,  erkin 

iqtisodiy  zonalar  uchun  yanada  qulay  shart-sharoitlar  yaratildi.  Ularning 

ishtirokchilari  bir  qator  toʻlovlardan  ozod  qilindi.Yurtimizda  2008-2016  yillar 

davomida  faqatgina  3  ta  erkin iqtisodiy  zona  tashkil  etilgan  boʻlsa, Prezidentimiz 

Shavkat  Mirziyoyevning  tegishli  farmon  va  qarorlari  asosida  keyingi  qisqa  vaqt 

mobaynida  Oʻzbekistonda  17  ta  erkin  iqtisodiy  zonalar  faoliyat  koʻrsatmoqda. 

Ularda  jami  qiymati  512  million  dollarlik  69  loyihalar  amalga  oshirildi.  Ulardan 




58 

uchtasi  shu oxirgi 2 oy  ichida  tashkil  qilindi. Bular  "Sirdaryo", "Sport" va "Baliq 

ishlab  chiqaruvchi"  erkin  iqtisodiy  zonalardir.

32

  Hozirda  ularning  soni  21  taga 



yetkazildi. Bugungi kunda respublika boʻyicha 10 ta erkin ishlab chiqarish zonasi, 

8  ta  farmatsevtika,  1  tadan  turizm,  baliq  xoʻjaligi  hamda  agrosanoat  sohasini 

rivojlantirish  yoʻnalishidagi  erkin  iqtisodiy  zonalar  faoliyat  yuritmoqda.  Erkin 

iqtisodiy  zonalarda  umumiy  qiymati  3660,5  million  dollarga  teng  (ulardan 

toʻgʻridan-toʻgʻri  xorijiy  investitsiya  1544  million  dollar)  629  ta  loyiha 

maʼqullangan.  Mazkur  loyihalarning  158  tasi  hayotga  tatbiq  etilgan,  431  tasi 

amalga  oshirilmoqda,  yana  40  tasi  esa  istiqbolli  loyihadir.  Xususan,  oʻtgan  davr 

mobaynida maʼmuriy kengashlar tomonidan maʼqullangan umumiy qiymati 1045,5 

million dollarga teng 158 ta loyiha amalga oshirilgan va buning natijasida 9746 ta 

yangi  ish  oʻrni  yaratilgan.  Joriy  yilning  1  yanvar  holatiga  koʻra,  faoliyatini 

boshlagan korxonalar tomonidan jami 4,9 trillion soʻmlik ishlab chiqarish hajmiga 

erishildi  va  197  turdagi  sanoat  mahsulotlari  ishlab  chiqarish  yoʻlga  qoʻyildi. 

Loyihalar  doirasida  nafaqat  ichki,  balki  tashqi  bozorda  ham  xaridorgir  boʻlgan 

yengil  sanoat,  kimyo,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  elektr  texnikasi  buyumlari, 

zamonaviy  qurilish  materiallari,  mebel  va  boshqa  tayyor  mahsulotlar  ishlab 

chiqarilmoqda. Korxonalar tomonidan jami 194 million dollarlik mahsulot eksport 

qilindi.  Ayni  paytda  umumiy  qiymati  721  million  dollarlik  40  ta  istiqbolli  loyiha 

boʻyicha  hududiy  maʼmuriy  kengashlar  tomonidan  erkin  iqtisodiy  zonalar 

ishtirokchisi maqomini olish huquqini beruvchi tegishli hujjatlarni rasmiylashtirish 

ishlari olib borilmoqda. 

Bugungi  kunda  mamlakatimizda  14  ta erkin  iqtisodiy  zona  mavjud  bo‘lib, 

ulardan ayrimlarining faoliyati ancha jadallashgan. Xususan, ―Navoiy‖, ―Angren‖, 

―Jizzax‖,  ―Urgut‖,  ―G‘ijduvon‖,  ―Qo‘qon‖  va ―Hazorasp‖  erkin  iqtisodiy 

zonalarida  umumiy  qiymati  486  million  dollarga  teng  62  ta  loyiha  amaliyotga 

tatbiq etilgan, qolaversa, 4 ming 600 dan ortiq ish o‘rni yaratilgan. Shu bilan birga, 

                     

32

 

www.kun.uz



 sayti ma‘lumotlari asosida muallif tamonidan tayyorladi. 


59 

erkin iqtisodiy zonalarda investitsiya loyihalarini amalga oshirishni jadallashtirish, 

xorijdan  yuqori  texnologik  uskunalar  xarid  qilish  uchun  O‘zbekiston  tiklanish 

va taraqqiyot  jamg‘armasi  mablag‘i  hisobidan  100  million  dollar  miqdorida  chet 

el valyutasidagi  kredit  liniyasi  ochilgan.  Bundan  tashqari,  kichik  sanoat 

zonalaridagi  direksiyalar  kredit  olish  va bank  xizmatlaridan  foydalanishda  har  bir 

zonaga biriktirilgan tijorat banklari bilan hamkorlikda ish olib borayotganligi ham 

muammolarni bartaraf  etishda  ayni  muddao  bo‘lmoqda. Bozor talablari  va import 

nomenklaturasini o‘rganish asosida tadbirkorlar uchun takliflar, istiqbolli loyihalar 

ro‘yxati  shakllantirilgan.  Imtiyozlardan  yana  biri  shuki,  kichik  sanoat  zonasida 

ishlaydigan subyektlar 2 yil barcha soliqlardan ozod etilgan. Shuningdek, ―Nukus-

farm‖,  ―Zomin-farm‖,  ―Kosonsoy-farm‖,  ―Sirdaryo-farm‖,  ―Boysun-farm‖, 

―Bo‘stonliq-farm‖, ―Parkent-farm‖ singari farmatsevtika sohasiga ixtisoslashgan 7 

yangi  erkin  iqtisodiy  zonalarni  rivojlantirish  bo‘yicha  ham  barcha  chora-tadbirlar 

ko‘rilyapti.  ―Nukus-farm‖  EIZ,  ―Zomin-farm‖  EIZ,  ―Kosonsoy-farm‖  EIZ, 

―Sirdaryo-farm‖  EIZ,  ―Boysun-farm‖  EIZ,  ―Bo‘stonliq-farm‖  EIZ  va  ―Parkent-

farm‖  EIZ  direksiyalari  erkin  iqtisodiy  zonalarning  butun  faoliyat  ko‘rsatishi 

davrida  soliqlar  va  davlat  maqsadli  jamg‘armalariga  majburiy  ajratmalar 

to‘lashdan  ozod  qilinsin.  Ushbu  EIZ  "Jizzax"  EIZ  filiali  qoshida  Sirdaryo 

viloyatiing  Sirdaryo  tumani  Yangiyer  shahrining  kichik  sanoat  zona  hududida 

tashkil  qilinadi.  Yangi  EIZ  ish  faoliyati  30  yil  belgilanib,  kelgusida  uzaytirish 

sharti bilan. Shu vaqt mobaynida bu yerda maxsus soliq va bojxona tartiblari amal 

qiladi. EIZ barcha korxonalari investitsiya hajmidan qatʼiy nazar turli muddatlarga 

yer,  daromad,  mulk  va  boshqa  soliqlaridan,  shuningdek  maqsadli  davlat 

jamgʻarmalariga majburiy ajratmalarini oʻtkazishdan ozod qilinadi.   Misol uchun, 

agar investor:  300 mingdan 3 milliongacha dollar kiritsa, shunda 3 yilga, 3 dan 5 

milliongacha dollar — 5 yilga, 5 dan 10 milliongacha dollar — 7 yilga, 10 million 

dollardan  ortiq  kiritsa  10  yilga  soliqlar  va  boshqa  majburiy  to‘lovlardan  imtiyoz 

oladi.  

Toʻgʻridan-toʻgʻri xorijiy investitsiyalarni oʻzlashtirish holati tanqidiy tahlil 

qilindi.  Keyingi  yillarda  butun  dunyoda  xorijiy  investitsiyalar  jalb  etish  tobora 



60 

murakkab  kechmoqda.  Masalan,  2018  yilda  jahonda  investitsiya  oqimi  19  foizga 

kamaygan. 2019-yil  8  yanvar  kuni  boʻlib  oʻtgan  videoselektorda  xususan,  bu  yil 

jami  4,2  milliard  dollar  qiymatidagi  toʻgʻridan-toʻgʻri  xorijiy  investitsiyalar 

oʻzlashtirilishi  belgilangan. Investitsiya  va  tashqi  savdo  vazirligiga  energetika, 

neft-gaz, kimyo, mashinasozlik, elektr texnikasi, axborot texnologiyalari va boshqa 

muhim  sohalarga  toʻgʻridan-toʻgʻri  xorijiy  sarmoyalarni  jalb  etish  boʻyicha 

investitsiya  loyihalari  portfelini  shakllantirish  topshirildi.  Shuningdek,  farmat-

sevtika  yo‘nalishidagi  erkin  iqtisodiy  zonalarda  yangi  korxonalar  tashkil  etish 

uchun xorijiy sarmoyalarni jalb qilish ishlari sust. Elektr energiyasi, tabiiy gaz, suv 

va boshqa  kommunikatsiya  tarmoqlari  bilan  barqaror  ta‘minlashda  ham 

muammolar  kuzatilmoqda.  Shu  bois,  mavjud  erkin  iqtisodiy  zonalar  va kichik 

sanoat,  shuningdek,  farmatsevtika  zonalarida  faoliyat  yuritayotgan,  eksportga 

mahsulot  chiqarayotgan,  innovatsion,  yuqori  texnologik  ishlab  chiqarishlarni 

tashkil  qilgan biznes  subyektlari  va tadbirkorlarga  berilayotgan  qo‘shimcha 

imkoniyatlar,  imtiyoz  va preferensiyalarning  tashkiliy-huquqiy  asoslarini  mus-

tahkamlash ham muammolardan biridir. Shuningdek, bo‘sh turgan yoki samarasiz 

faoliyat  ko‘rsatayotgan  ishlab  chiqarish  binolaridan  unumli  foydalanish.  Ayni 

paytgacha  mamlakatimizda  erkin  iqtisodiy  zonalarning  kelgusidagi  soni  96  taga 

yetdi. Hozirgacha ushbu zonalarda umumiy qiymati 535 milliard so‘mga teng 1021 

loyiha  amalga  oshirilgan,  9  ming  600  dan  ziyod  ish  o‘rni  yaratilgan.  Loyihalar 

doirasida nafaqat ichki, balki tashqi bozorda ham xaridorgir bo‘lgan yengil sanoat, 

kimyo,  oziq-ovqat  mahsulotlari,  elektr  texnikasi  buyumlari,  zamonaviy  qurilish 

materiallari,  mebel  va boshqa  tayyor  mahsulotlar  ishlab  chiqarilmoqda.  Bundan 

tashqari, kelgusida 248 loyihani amaliyotga tatbiq etilishi natijasida 11 ming yangi 

ish o‘rni yaratish rejalashtirilmoqda. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev raisligida 2019-yil 

7-iyun  kuni  yig‘ilishda  Andijon  viloyati  ikki  tarmoq  –  avtomobilsozlik  va 

to‘qimachilikka  bog‘lanib  qolgani  ko‘rsatib  o‘tildi.  Hududiy  sanoatda  band 

bo‘lganlarning  qariyb  60  foizi,  ishlab  chiqarish  hajmining  83  foizi  ushbu 

tarmoqlarga to‘g‘ri keladi. Andijon viloyatida 2022-yilgacha amalga oshiriladigan 



61 

236  ta  yangi  loyiha  ishlab  chiqildi.  Ular,  avvalgi  loyihalar  bilan  qo‘shib 

hisoblaganda, yaqin 3 yilda qariyb 41 mingta doimiy ish joyi tashkil etish hamda 1 

milliard  87  million  dollar  to‘g‘ridan-to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalarni  o‘zlashtirish 

imkonini beradi. Joriy yilning besh oyi mobaynida hududiy loyihalar doirasida 1,6 

milliard  dollar,  tarmoq  loyihalari  doirasida  qariyb  1  milliard  dollar  to‘g‘ridan-

to‘g‘ri  xorijiy  investitsiyalar  o‘zlashtirilgani  qayd  etildi.  Lekin,  bu  belgilangan 

mo‘ljaldan  kamligi, ayrim  viloyatlarda o‘zlashtirish  yillik  rejaning  35  foizga  ham 

yetmagani ko‘rsatib o‘tildi. 

―O‘zbekiston  Respuplikasining  Prezidentining  2017  yilgi  makroiqtisodiy 

ko‘rsatgichlari prognozi va davlat byudjeti parametrlari  to‘g‘risida‖gi 2016-yil 27-

dekabrdagi PQ-2699-son Qarori bilan quyidagi imtiyozlarning amal qilish muddati 

uzaytirildi: 

-Xizmatlar  ko‘rsatish  va  servis  sohasida  faoliyat  yurituvchi  yuridik 

shaxslarni  foyda  va  yagona  soliq  to‘lovi  to‘lashdan  ozod  etish  tarzida  soliq 

imtiyozlari  12  ta  faoliyat  turlarini,  shundan  4  tasi  respublikaning  barcha 

hududlarida  va  8  tasi  qishloq  joylarda  amalga  oshirganlik  uchun  2020  yil  1 

yanvargacha tatbiq etilishi belgilandi. 

1)  qishloq joylarda poyabzal va charmdan tayyorlangan buyumlarni ta‘mir-

lash sohasidagi xizmatlar; 

2) qishloq joylarda soat ta‘mirlash bo‘yicha xizmatlar; 

3) qishloq joylarda maishiy elektron va elektr uskunalar (televizorlar, audio-

videoapparaturalar,  kompyuter,  printer  texnikasi,  sovutkichlar,  konditsionerlar  va 

boshqalar)ni ta‘mirlash va ularga texnik xizmat ko‘rsatish bo‘yicha xizmatlar; 

4)  qishloq  joylarda  sartaroshxonalar  va  go‘zallik  salonlari  tomonidan  ko‘r-

satiladigan xizmatlar; 

5) qishloq joylarda kiyim-kechak tikish va yamash bo‘yicha ko‘rsatiladigan 

xizmatlar; 

6)  yakka  tartibdagi  turarjoy  qurilishi  sifatida  qurilgan,  qishloq  mavzelarida 

tashkillashtirilgan,  kirlarni  yuvishga  qabul  qilish  korxonalari  tomonidan 

ko‘rsatiladigan xizmatlar; 



62 

7)  yakka  tartibdagi  turarjoy  qurilishi  sifatida  qurilgan,  qishloq  mavzelarida 

tashkillashtirilgan,  kimyoviy  tozalash  korxonalari  tomonidan  ko‘rsatiladigan 

xizmatlar. 

8) ta‘lim sohasidagi xizmatlar, jumladan kompyuterda ishlashni o‘rgatish; 

9)  sanatoriylar, bolalar  sog‘lomlashtirish muassasa-lari, bolalar  sport  muas-

sasalari va to‘garaklari xizmatlari; 

10) bolalar, nogironlar va keksa fuqarolarni parvarishlash bo‘yicha ijtimoiy 

xizmatlar; 

11)  axborot-resurs  markazlari,  axborot-kutubxona  markazlari,  elektron  ta‘-

lim xizmatlari; 

12)  qishloq  joylarda  ko‘rsatiladigan  kompyuterda  dasturlash  bo‘yicha  xiz-

matlar (jumladan, maslahat xizmatlari). 

- Milliy reestrga kiritilgan  dasturiy ta‘minot vositalarini ishlab chiquvchilar 

uchun  barcha  turdagi  soliqlar  hamda  Respublika  yo‘l  jamg‘armasiga  va 

Umumta‘lim  maktablari,  kasb-hunar  kollejlari,  akademik  litseylar  va  tibbiyot 

muassasalarini  rekonstruksiya  qilish,  mukammal  ta‘mirlash  va  jihozlash 

jamg‘armasiga  majburiy  ajratmalar  to‘lashdan ozod  etish tarzidagi  imtiyozlarning 

muddati 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. 

-  ―Samarqand  avtomobil  zavodi‖,  ―Man  Avto  O‘zbekiston‖  va  ―Pop  lo-

gistika  markazi‖  korxonalariga  berilgan  soliq  imtiyozlarining muddati  2020  yil 1 

yanvargacha uzaytirildi. 

-  Ommaviy  axborot  vositalari  tahririyatlari  va  nashriyotlar  uchun  soliq 

imtiyozlarining muddati 2019 yil 1 yanvargacha uzaytirildi. 

-  Bozorlar  balansida  bo‘lgan  avtomobillarni  vaqtincha  saqlash  joylaridan 

olinadigan qat‘iy belgilangan soliq stavkalari 2 baravarga kamaytirildi. 

-  ―O‘zbekiston  havo  yo‘llari‖  Milliy  aviakompaniyasining  ―CAP‖  avia-

kompaniyasi  2022  yilning  1  yanvariga  qadar  barcha  soliqlar  va  davlat  maqsadli 

jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan ozod etildi. 

- 2017 yil 1 yanvardan boshlab boshqa tadbirkorlik subyektlari uchun belgi-

langan  yagona  ijtimoiy  to‘lovni  har  bir  xodim  uchun  oyiga  minimal  ish  haqiga 



63 

karrali  miqdorda  hisoblashning  amaldagi  tartibi  chakana  savdo,  umumiy 

ovqatlanish va qurilish sohasi korxonalariga ham tadbiq etilishi belgilandi. 

Bunda,  mikrofirmalar  va  kichik  korxonalar  har  bir  xodim  uchun  oyiga 

minimal ish haqining 65 foizi miqdoridan kam bo‘lmagan miqdorda; 

mikrofirmalar va kichik korxonalar toifasiga kirmaydigan korxonalar esa har 

bir xodim uchun oyiga bir minimal ish haqidan kam bo‘lmagan miqdorda yagona 

ijtimoiy to‘lov hisoblaydi. 

-

 

Quyidagi imtiyozlarning muddatlari 2020 yil 1 yanvargacha uzaytirildi: 



O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 17 apreldagi ―O‘zbekiston 

Respublikasida  2006-2010  yillarda  xizmat  ko‘rsatish  va  servis  sohasini 

rivojlantirishni 

jadallashtirish 

chora-tadbirlari 

to‘g‘risida‖gi 

PQ-325-sonli 

Qarorining  7-bandida  belgilangan  35-ilovadagi  ro‘yxatga  muvofiq  xizmatlar 

ko‘rsatayotgan  yuridik  shaxslar  uchun  daromad  (foyda)  solig‘i  va  yagona  soliq 

to‘lovi to‘lashdan ozod etish tarzidagi imtiyozlar. 

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2011 yil 26 oktyabrdagi ―Toshkent 

shahrida 

Buyuk 

Britaniyaning 



Kembrij 

universiteti 

ishtirokida 

yuqori 


texnologiyalar markazini tashkil etish to‘g‘risida‖gi PQ-1631-sonli qarorining 11-

bandida belgilangan: 

o‘quv-ekserimental  yuqori  texnologiyalar  markazini  barcha  soliqlardan, 

shuningdek davlat maqsadli jamg‘armalariga majburiy ajratmalarni to‘lashdan; 

yuqori  texnologiyalar  markazi  chet  ellik  xodmilarining  markaz  faoliyati 

doirasida olingan daromadlari jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘idan 

ozod etish tarzidagi imtiyozlar; 

O‘zbekiston 

Respublikasi 

Prezidentining 

2016 

yil 


dekabrdagi 

―O‘zbekiston  Respublikasining  turizm  sohasini  jadal  rivojlantirishni  ta‘minlash 

chora-tadbirlari  to‘g‘risida‖gi  PF-4861-son  Farmoni  bilan,  2017  yilning  1 

yanvaridan: 

-

 



turizm operatorlari ular tomonidan ko‘rsatiladigan turizm xizmatlari uchun 

tushadigan xorijiy valyutadagi tushumni majburiy sotishdan ozod qilinishi; 




64 

-

 



mehmonxonalar  va  boshqa  joylashtirish  joylari  xorijiy  fuqarolarga  ko‘r-

satiladigan turizm xizmatlari uchun tushadigan xorijiy valyutadagi tushumning 25 

foizini belgilangan tartibda majburiy sotishi; 

-

 



yuridik  shaxslar  belgilangan  tartibda  sertifikatlangan  kamida  4  yulduzli 

darajadagi  mehmonxona  va  motellarni  foydalanishga  topshirganda  ular  yuridik 

shaxslarning foyda solig‘i, yer solig‘i va mol-mulk solig‘idan, shuningdek yagona 

soliq to‘lovidan 5 yil muddatga ozod qilinishi belgilandi. 

 


Download 1,6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   30   31   32   33   34   35   36   37   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish