Sena Kimm Gnangnon. Aid for Trade and trade tax revenues in developing countries. Economic Analysis and
66
Koorporativ daromaddan soliq yuridik shaxslarning yillik operatsiyalaridan
olingan daromadidan olinadi.
Koorporatsiya solig‘i daromadlardan xarajatlar chegirilib foydaga nisbatan
undiriladi. Bu soliqni hisob kitob qilish quyidagi formula asosida amalga
oshiriladi:
Foyda – Xarajatlar = Daromad summasi
Qonunga asosan quyidagilar koorporativ soliq to‘lovchilari hisoblanadilar:
Odatdagi yuridik shaxslar
Notijorat yuridik shaxslar
Kooperativlar
Yuridik shaxs makomiga ega bo‘lmagan tashkilotlar quyidagilar koorporativ
soliq to‘lovchilari bo‘lib hisoblanmaydilar: moliya vazirligi tomonidan moli-
yalashtiriladigan davlat korxonalari va munitsipial yuridik shaxslar.
Notijorat yuridik shaxslar va yuridik shaxs hisoblanmaydigan tashkilotlar
uchun tijorat faoliyatidan olingan daromad, qolgan yuridik shaxslar uchun barcha
olingan daromadlari soliq solish obyekti bo‘lib hisoblanadi.
Hisobot davri qonunda belgilangan hisobot davriga mos bo‘lgan, korxonalar
ustavida belgilangan muddat (korxonalar ixtiyoriga qarab 1 yanvardan 31
dekabrgacha yoki 1 apreldan 31 martgacha bo‘lishi mumkin) bo‘lib, bir yildan
oshmasligi kerak.
36
Soliqqa tortiladigan daromadni hisoblash prinsipi:
koorporativ soliq to‘g‘risidagi qonunga asosan, soliqqa tortiladigan
daromad yalpi daromadlar va yalpi xarajatlar farqi sifatida aniqlanadi.
soliqqa tortiladigan daromad umumbelgilangan buxgalteriya uchyoti
standartlari talablariga mos keladigan prinsiplar asosida hisoblanadi.
yalpi daromad tarkibiga: aktivlarning sotilishi, aktivlarning pullik
berilishi, aktivlarning tekinga berilishi, pullik xizmatlar ko‘rsatish, tekin xizmatlar
36
www.btimes.ru/business/nalogovaya-sistema-yaponii
internet sayt ma‘lumotlaridan foydalanildi
67
ko‘rsatish va boshqa daromadlar kiradi.
yalpi xarajatlar tarkibiga quyidagilar kiradi: To‘g‘ri xarajatlar (sotilgan
mahsulotlar va ko‘rsatilgan xizmatlar tannarxi); egri xarajatlar (tijorat xarajatlari,
umumiy ma‘muriy xarajatlar, to‘langan foizlar); zararlar (daromad olish bilan
bog‘liq bo‘lmagan xarajatlar, kutilmagan xarajatlar, tabiiy ofat yoki o‘g‘irlik
oqibatidagi yo‘qotishlar).
Koorporativ soliqni hisoblashda yalpi xarajatlar tarkibidan quyidagilar
chegirib tashlanadi:
Koorporativ soliq summasi.
Aktivlarni qayta baholash natijasida ko‘rilgan zarar.
Belgilangan me‘yorlardan ortiqcha qilingan xayriyalar.
Xaridor va buyurtmachilar uchun o‘tkaziladigan har xil ko‘ngilochar
tadbirlar bo‘yicha belgilangan me‘yorlardan ortiqcha qilingan xarajatlar.
Koorporativ soliq stavkalari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
Koorporativ soliqlardan tashqari yuridik shaxslardan mahalliy byudjetga
yana - 10% atrofida rezident solig‘i undiriladi. Soliqni hisoblab yozish deklaratsiya
bo‘yicha amalga oshiriladi. Deklaratsiyalarni taqdim qilish va soliqni o‘tkazish
quyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Koorporatsiyalar soliq deklaratsiyalarini soliq boshqarmasi boshlig‘i
nomiga yozma topshiradilar va deklaratsiyada ko‘rsatilgan soliq summasini
byudjetga mustaqil to‘laydilar.
Shuningdek, to‘lov muddati hisobot davridan keyin 2 oy davomida
amalga oshiriladi. To‘lov muddatini bir oyga kechiktirishni so‘rab ariza bergan
korxonalar 3 oyda to‘lashlari mumkin, u holda 1 oy uchun qo‘shimcha foiz ham
to‘lashlari lozim.
37
Fransiya taraqqiy etgan yevropadagi eng rivojlangan davlat hisoblanadi.
Fransiyaning mintaqaviy bo‘linishi 22 mintaqa, 95 ta departament va 36000
37
www.el.tfi.uz/pdf/chmsmm22_uzk.pdf
internet sayt ma‘lumotlaridan foydalanildi
68
kommunalardan iborat.
38
Boshqa iqtisodiy rivojlangan davlatlar kabi bu
mamlakatning ham soliq tizimi keng tarmoqlangan bo‘lib, u turlari va shakllari
jihatidan xilma - xildir. Bu tizim davlat soliqlari va mahalliy soliqlarni o‘z ichiga
oladi. Soliqqa tortish umumiy tizimida markaziy soliqlar hamda mahalliy soliqlar
va yig‘imlarni ajratish mumkin.
39
Do'stlaringiz bilan baham: