XULOSA VA TAKLIFLAR
Butun dunyoda har bir mamlakatning o‗z davlat budjati mavjuddir. Har bir
mamlakat o‗zining davlat budjetini yaratish va uni to‗ldirish uchun o‗z
iqtisodiyotidan kelib chiqib turli xil soliqlarni joriy etadi va bu soliqlar yordamida
davlat budjetini to‗ldirib boradi. Davlat budjeti daromadlari orqali to‗ldirilgandan
so‗ng davlatning turli xil xarajatlarini qoplash uchun yo‗naltiriladi. Bitiruv
malakaviy ishimda O‘zbekistonda yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘ining
o‘ziga xos xususiyatlari, ushbu soliq turidan berilgan soliq imtiyozlari, xorijiy
investorlarni jalb qilish va ishlab chiqarishni rivojlanishini rag‘batlantirishdagi
ahamiyati amaliy jihatdan yoritib berildi.
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda quyidagi xulosalarga kelindi:
- Foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar tizimidan foydalanish korxonalar iqtiso-
diy faolligining umumiy darajasini oshirish va ishlab chiqarishning ayrim
sohalarini rag‘batlantirish uchun muhim qurol bo‘lib xizmat qiladi.
- Korxona va tashkilotlar tomonidan o‘z ishlab chiqarishida ixtirolar, foydali
modellar, nou-xau va selektsiya yutuqlaridan foydalanilganda, ularni rag‘bat-
lantirish maqsadida foyda solig‘idan ozod etiladi.
- Yuridik shaxslarning foydasini soliqqa tortish orqali davlat byudjetining
daromadlari shakllanibgina qolmasdan, balki iqtisodiyotni rivojlanishiga sezilarli
ta‘sir ko‘rsatadi. Bu ta‘sir eng avval, ushbu soliq bo‘yicha imtiyozlarda namoyon
bo‘ladi. Yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i bo‘yicha imtiyozlar xorijiy
investorlar ishtirokidagi qo‘shma korxonalarning ochilishini, ishlab chiqarishni
rivojlantirishni, eksportga mahsulot ishlab chiqarishni, korxonalarni asosiy fondlar
bilan qayta qurollantirishni rag‘batlantiradi.
- Korxonalarning o‘z-o‘zini moliyalashtirish imkoniyatlarini kamaytirmas-
dan, korxonalar foydasidan olinadigan soliq bo‘yicha imtiyozlardan aktiv ravishda
foydalanish uchun bir tomondan soliq darajasining nisbatan past ravishda ushlab
turishi, boshqa bir tomondan esa tezlashtirilgan amortizatsiya, qo‘yilmalar
73
skidkasi, zarar hisobi kabi soliqning rag‘batlantiruvchi mexanizmlariga murojaat
qilish zarur.
Amalga oshirilgan tadqiqotlar natijalari va u bo‘yicha erishilgan xulosalarga
asoslanib quyidagi takliflar ishlab chiqildi:
1.O‘zbekiston Respublikasi Soliq kodeksining 21-bob, 147-moddada
keltirilgan chegirilmaydigan xarajatlari tarkibidagi 7-bandini ya‘ni badallar,
homiylik va xayriya yordami tarzidagi mablag‘larni ushbu soliq kodeksining 145-
modda boshqa xarajatlaridagi chegiriladigan xarajatlar tarkibiga kiritilishini taklif
qilaman.Bu o‘z navbatida xayriya jamg‘armalarga tushadigan moliyaviy
mablag‘larni oshishiga olib keladi.
2.Bizning davlat byudjeti daromadlarini tahlil qilganimizda 2018-yil yuridik
shaxslardan olinadigan foyda solig‘i tushumlari 2510.9 mlrd so‘m tushum tushgan.
2019-yilda esa bu ko‘rsatkich 15980.0 mlrd so‘m davlat byudjetiga tushushi reja
qilingan. Meni taklifim ushbu ma‘lumotlar asosida mahalliy byudjet xarajatlarini
moliyalashtirishda foyda solig‘i tushumidan 10% ni mahalliy byudjet hisobida
qoldirilishi kerak deb hisoblayman.
3. Davlatimizda tadbirkorlarning eksport salohiyatini oshirishda ―Mahalliy
ishlab chiqaruvchilarning eksport salohiyatini yanada rag‘batlantirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida‖gi 5587-sonli Prezident farmoniga muvofiq, 2019-yil 1-
yanvardan boshlab tovarlarning (ishlar, xizmatlar) eksport ulishi umumiy
tushumning 25 foizdan yuqori bo‘lgan eksportchi korxonalar uchun Tovar
(ishlar,xizmat)lar eksportidan olingan foyda solig‘ini solishdan ozod qilinadi.Biz
bitiruv malakaviy ishida qilingan tahlillar asosida keltirilgan 15 foizni 10 foizga
tushurishni to‘g‘ri deb hisoblayman. Bu orqali tadbirkorlarning eksport ulushiga
tushadigan soliq miqdorini kamaytiradi.
Ushbu tavsiyalarimiz amalda qo‘llaniladigan bo‘lsa, yurtimizda tadbirkor-
larga yanada qulaylik beriladi. Bu esa kelgusida foyda solig‘i bo‘yicha berilgan
imtiyozlar soliq solinadigan baza miqdorini soliqlar tushumini rejalashtirish va
byudjet daromad qismi tushumlarini ko‘paytirishga xizmat qiladi.
74
Do'stlaringiz bilan baham: |