18
II. TADQIQOT USULLARI.
2.1. Mavzuning o’rganilishiga doir tadqiqot ashyolari va usullari.
Bitiruv malakaviy ishiga Namangan viloyatining tog’li va pasttekis
qismlarida 2012-2014 yillarda olib borgan kuzatish va tadqiqot natijalari asos
bo’ldi. Yirtqich qushlarni kuzatish, ularni mavsumiy hayot jarayonlarini o’rganish
ishlari ko’proq durbin orqali amalga oshirildi. Qushlarning yashash hududi,
uyalari, tuxum va jo’jalari kuzatuvlar olib borildi.
Doimiy kuzatuvlar Namangan viloyatining adirorti va tog’oldi tekisliklari
mintaqasidan Chust- Olmos- G’ova- Varzik, Kosonsoy, Iskovot- Zarkent-
Pishqo’rqon va o’rtacha va baland tog’lardan boyotabuva tog’i, Nanay tog’oldi
tekisligi va Chotqol tizmasining pastki qismlarida olib borildi.
Qushlarni o’rganishda umumiy qabul qilingan ornitologik uslublardan
foydalanildi [Panov, 1983; Ushkov, 1949; Poznanin, 1962, 1981; Zarudniy, 1989].
Ayrim qushlarning fe’l-atvor xususiyatlari hamda ov qilishi jarayonlari
Namangan shahar ovchilik jamiyati ovchilari bilan birga kuzatish orqali amalga
oshirildi. Kuzatuv ishlari yilning ov mavsumlari paytida olib borildi.
Yirtqich qushlarning fe’l-atvorlariga doir kuzatuv ishlari Namangan
shahridagi “Kichkintoy bog’i”da joylashgan hayvonot bog’ida ham olib borildi.
Tabiatda kuzatilgan yirtqich qushlarning hatti-harakatlari Namangan
shahridagi hayvonot bog’ida muhofaza qilinayotgan qushlarga va qushlarni
parvarish qilish maxsus ob’ketlaridagi na’munalarga solishtirilib, qiyosiy tahlillar
o’tkazildi.
Ishda tadqiqotlarning dala sharoitlarida o’tkazilgan zoologik metodlaridan
foydalanildi. Yashash joylarida ornitofaunani biotexnik va tabiatni muhofaza qilish
chora-tadbirlari yordamida to’g’ri tashkil etish orqali qishloq xo’jaligi ekinlarining
hosildorligi oshirib qolinmay, balki ekologik toza mahsulotlar olish mumkin
bo’ladi. Tabiatni muhofaza qilish chora-tadbirlarini o’tkazayotganda qushlarning
kamyob va yo’qolib borayotgan turlarini suv havzalarida ham saqlab qolish
mumkin.
19
Tadqiqotlar o`tkazish uchun Namangan viloyatining Mingbuloq tumanining
cho`l xududidan va Chust tumani adirliklaridan o’tkazilgan kuzatuv ishlari
natijalari va ilmiy adabiyotlar materiallaridan foydalanildi.
Olimlar N. G. Chelintsev va E. V. Rogechevalarning uslubiyotidan
foydalangan holda, turnasimonlarning tur tarkibi, asosiy yashash muhitlari,
mintaqaviy tarqalishi, soni va mavsumiy dinamikasini tadqiqot belgilangan
joylardan aniqladik.
J. L. Laxanovning O’zbekistonning umurtqali hayvonlari aniqlagichidan
foydalanib yirtqich qushlar turkumini vakillarini aniqlab, kerakli xulosalarga
kelindi. Uyada yashash hayotining detallarini – uya qurish, tuxum qo’yish va
inkubatsiya, palaponlar chiqishi, shuningdek ularning postembrional o’sishi va
rivojlanishini o’rganish butun uya sikli davomida kundalik kuzatuvlar asosida olib
borildi.
Do'stlaringiz bilan baham: