Toshkent davlat pedagogika universiteti ilmiy axborotlari ilmiy-nazariy jurnali


TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON



Download 2,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet50/180
Sana08.07.2022
Hajmi2,3 Mb.
#758766
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   180
Bog'liq
7909 1076 TDPU IA 6-son 2021

TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 
52 
Kompozitsiya nuqtayi nazaridan ―Sensiz‖ har biri voqelikning muayyan 
bo‗laklarini tavsiflovchi uch qismga osongina bo‗linadi: birinchi qism (she‘r 
boshidagi ikki band) bizga qahramonning og‗ir ruhiy va jismoniy holatini ko‗rsatadi, 
ikkinchi qism – so‗nggi banddan tashqari barcha misralar – lirik qahramonni 
―ayamay tashlab ketgan‖ yaqini nomiga gina-kuduratdan iborat. Uchinchi qism 
(so‗nggi bandning oxirgi misrasidan boshqa) – tuyg‗ulari butunlay chalkashib, 
ko‗nglini iztirob, g‗ashlik egallagan lirik qahramonning o‗zini oqlashga bo‗lgan 
urinishi, iqroridir. Shoira lirik qahramoni o‗zini xuddi moddiyun dunyoga jon-tani 
bilan chambarchas bog‗langandek his qiladi. Ayonki, tashqi realiyalarning har 
qanday lirik tasvirida tagma‘no orqali muallifning emotsional bahosi sezilib turadi. 
Biroq Zulfiyada – borliqning tashqi va ichki ko‗rinishlari birikishi natijasida – narsa-
buyumlarning obrazlari semantik jihatdan ikki planli, ikki yo‗nalishli bo‗lib 
gavdalanadi. Bir tomondan, ular obyekt, tashqi dunyoni ifodalasa, boshqa tomondan 
– uni qabul qilayotgan lirik ongni xarakterlaydi. 
Zulfiya she‘rlarining ruhi va ohangini, mazmuni va yo‗nalishini, avj 
pardasini, maqsad, g‗oya va ideallarini umuminsoniy fikr va tuyg‗ular belgilaydi. 
Zotan, Zulfiya ijodining haroratini ta‘minlagan omil ham undagi jo‗shqin va faol 
insonparvarlikdir. Shoiraning hammani ―yuragiga yaqin olishi‖, barchani ―ko‗zu qosh 
singari do‗st‖, ―taqdirdosh, birodar‖ deb bilishi shundan. U o‗z she‘riyati orqali 
o‗zbek xalqining insoniyligini, ma‘nan go‗zalligini, ulug‗ ishlarga qodir ekanligini 
jahonga haqqoniy namoyish qildi. 
Albatta, shoira yaratgan turkumlar boshqa ijodkorlarga o‗z ta‘sirini 
ko‗rsatmay 
qolmadi. 
Jumladan, 
buni 
O.Hojiyeva, 
G.Jo‗rayeva, 
H.Xudoyberdiyevalarning ijodida kuzatish mumkin. Bu ijodkorlar borasida 
Zulfiyaxonim bir qancha bebaho va samimiy fikrlarni bildirganlar: ―Oydin va uning 
tengqurlari bo‗lgan qizlarimiz ijodi o‗zbek adabiyotimizda salmoqli ekani o‗ta 
iftixorli. Bularning hech biri ikkinchisiga o‗xshamaydi, har birining o‗z qo‗shig‗i, o‗z 
uslubi, rangin qalami bor.‖ [6,8] Masalan, H.Xudoyberdiyevaning 1968-yilda ―Ilk 
muhabbat‖ nomi bilan chop etilgan ilk she‘riy to‗plamida shoiraning:
―Oqarganda sochlar eslaymiz, 
 Sarxush bahor, kuz o‗tganini. 
 Kimlarnidir rad etganmiz biz, 
 Kimlar bizni rad etganini... – 
misralarini o‗qib, yosh Xalima qaysi jur‘at, qaysi hayotiy tajribasi bilan inson 
umr bahori o‗tib, kuz kirib kelgani-yu, sochlar oqarganini, endi hayotga kirib 
kelayotgan insonning kimlarnidir rad etib, kimlar uni rad etganini‖ [4, 248-250] 
kuylashga botinoldi degan savolga yuz tutamiz.
Shuningdek, Halima Xudoyberdiyeva she‘rlarida ona mehri, o‗zbek ayoli, 
mehr-muhabbat, vafo va sadoqat, hayot va inson kabi mavzular asosiy o‗rinni 



Download 2,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   46   47   48   49   50   51   52   53   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish