TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
40
Axborotni uzatish bo‗yicha darsda o‗qituvchi va talabalar tomonidan yuqori
intensivlik va samaradorlik bilan ajralib turadigan umumiy va do‗stona ravishda
amalga oshiriladi.
Pedagogik hamkorlik texnologiyasi, shuningdek, to‗laqonli o‗qitish,
tarbiyalash va rivojlantirishning pedagogik samarasini beradigan "pedagogik vosita"
vazifasini ham bajaradi.
Ushbu texnologiyani amalga oshirish bo‗yicha o‗qituvchi uchun asosiy
tavsiyalar quyidagilar: ўқувчиларга o‗zlarining professional, o‗qimishli va odob-
aхloqli insonlar sifatida rivojlanishiga hissa qo‗shishga bo‗lgan samimiy va kuchli
intilish bilan muloyim munosabatda bo‗lish; tabiiy xayrihohlik, demokratiya,
ochiqlik, yordam berishga tayyorlik, samimiylik, tamoyillarga sodiqlik, adolatli
qo‗llab-quvvatlash, muvaffaqiyatga erishish tarbiyalashga xos bo‗lgan katta xayrihoh
o‗rtoq yoki murabbiy lavozimini egallash керак.
Malakali o‗qituvchi o‗quvchilarni ingliz tilini o‗rganishiga majburlashiga
hojat yo‗q. Ular o‗zlari uning so‗zlarini tushunadilar, qadrlaydilar va maslahatiga
amal qiladilar, har bir malakali o‗qituvchi yorqin shaxsiyat va individuallik tamg‗asi
bilan belgilanadi va o‗quvchilaga insonparvarlik, o‗zaro tushunish , demokratiya
asosida hurmatli munosabatlarni o‗rnatadilar.
O‗quvchilarning badiiy-estetik dunyoqarashi va ijodiy salohiyatini oshirishda,
ularning mustaqil fikr yuritish ustuvorligini taʼminlash masalasini muvaffaqiyatli hal
etish jarayonida taʼlim-tarbiya ishlarini yaxshi yo‗lga qo‗yish muhim vazifalardan
biri hisoblanadi.
Demak, umumtaʼlim maktablarida amaliy va nazariy dars samaradorligini
oshirish uchun real muhit yaratilishi kerak bo‗ladi. Boshqacha aytganda, kundalik
olib borilayotgan mashg‗ulotlarni doimiy ravishda yangi pedagogik va axborot-
kommunikatsiya texnologiyalari asosida tashkil etish orqali, intensiv usuldan ko‗zda
tutilgan aniq maqsadga erishish mumkin. Аgar bu vazifa amalga oshirilmas ekan,
taʼlim-tarbiya sohasida sifat va samaradorlikka erishish, o‗quv jarayonini
takomillash-tirish masalalari hal etilmay qolaveradi. Shunga ko‗ra, hozirgi kundagi
dolzarb masala, ―Ingliz tilida intensiv metodlarni qo‗llash ‖ o‗quv-tarbiya jarayonida
zamonaviy pedagogik texnologiyalaridan foydalanish.Intensiv usulidan foydalanib
dars otganimizda, albatta bir nechta qoidalariga amal qilishimiz kerak. Asosiy e‘tibor
og‗zaki nutq mahoratiga qaratiladi. Bu esa tinglab tushunish,talaffus,intonatsiya o‗z
fikringizni ingliz tilida ifoda etish kabilardir.
Dars jarayonida rolli o‗yinlardan ish uslublaridan ,munozaralardan, og‗zaki
taqdimotlardan, aloqa vaziyatlarini modellashtirishdan keng foydalaniladi. Ingliz
tilini o‗qitish rejasi o‗qitishning turli yondoshuviga asoslanadi. Intensiv usulda
o‗qitishning asosiy ustunligi shundaki, guruh ichida o‗quvchilar o‗rtasida o‗zaro
munosabatlar shakllanadi. Bu faoliyatdan asosiy maqsad nutq faoliyatini o‗yin deb
Do'stlaringiz bilan baham: |