TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 28
yordamida diqqatini ma‘lum voqeaga qaratishi mumkin. Shu obrazlar yordamida u
idrok, xotira va nutqni boshqara oladi.
-
Faoliyatni loyihalashtirish va dasturlash. Uni to‗g‘ri amalga oshirilishini
baholash.
«Ijodiy fikrlash» koʻnikmalarini rivojlantiruvchi usullar koʻp. Quyida
zamonaviy usullardan biri «Intellek xarita» bilan tanishamiz.
«Intellekt xarita» «ijodiy fikrlash» asosida istalgan muammoning
yechimini topishning qulay vositasidir.[7-9]
IX ning ustunliklari. Verbal maʻlumotlarga vizual koʻrinish berish taʻlimning
samaradorligini bir necha marta oshiradi. Shu nuqtai nazardan «Intellekt xarita»
«ijodiy fikrlash» ga oʻrgatishning ideal usulidir.[10-14]
Intellekt xarita -tuzishda quyidagilarga eʻtibor berish zarur: Rang . Koʻp ranglilik kishining xotirasining va ijodiy fikrlashining
yaxshilanishiga yordam beradi. U tasvirni jonlantiradi va jozibadorligini oshiradi.
Maʻlumotlarning xotirada uzoq saqlanishiga yordam beradi.
Tasvir. Miya soʻzga nisbatan tasvirni tez qabul qiladi. Chunki u vizual
maʻlumotni verbal maʻlumotga nisbatan 60 000 marta tez qayta ishlaydi. Tasvir
tasavvurni rivojlantiradi va bosh miyaning oʻng yarimsharini faol ishlashga undaydi.
Miya maʻlumotlarni matn koʻrinishidagi shaklda emas IX shaklidagisini
yaxshi qabul qiladi. R.Xober tomonidan 1970 yilda ―tasvirlarni tanish‖ boʻyicha
oʻtkazilgan tajribaga muvofiq odamlarning bunday xotirasi amalda ―fotografik‖
xotiradir. Eng oddiy odam oʻziga koʻrsatilgan 10000 fotosuratdan 98 foizdan
koʻprogʻini eslab qola oladi. Bundan chiqdi rangli tasvirlardan iborat «Intellekt
xarita» dan maʻlumotlarni miyada saqlaydigan eng yaxshi vosita sifatida foydalanish
mumkin.
Soʻz. IXning shoxlarida alohida soʻzlar yoziladi. Bundan maqsad har bir
soʻzning oʻz aloqalari mavjudligi. Bu esa oʻz navbatida yangi gʻoyalarning
tugʻilishiga olib keladi. Chunki keyingi shoxchalardagi soʻzlar narsaning mazmuni
bilan qiziqish va masalaning mohiyatigacha borishni taʻminlaydi. Boshqacha
aytganda u miya uchun ilmoq vazifasini bajarib undan taassurotni osib qoʻyishda
foydalanish mumkin.
Demak «intellekt xarita» ni tuzish tasavvurning rivojlanishiga olib keladi. Bu
esa oʻz navbatida bosh miyani oʻng yarim sharining faollashuviga va demak ―ijodiy
fikrlash‖ koʻnikmalarining yaxshilanishiga sabab boʻladi.
Bu esa «Intellekt xarita» ning ta‘lim jarayonida keng qoʻllanilishiga olib
kelmoqda.
Natijalar. Olamning zamonaviy fizik manazarasi. «Ta‘sirlashuvlar» intellekt xaritasi.