TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
20
Katyani akasi sifatida qabul qiling. Men g‗alaba uchun jon-jaxdim bilan
kurashaman‖, - deb xat yozadi [7].
―O‗rtoq‖ fabrikasining ishchisi Niyoz Aliyev o‗zining 7 ta farzandi bo‗lishiga
qaramasdan 8 chi bolani, ya‘ni Sonya Oxunovani oilasiga qabul qildi. O‗qituvchi
Yusupova esa oilasida 9 ta farzandi bo‗lishiga qaramasdan yana bir bolani o‗z
bag‗riga oldi.
Birgina Toshkentning o‗zida 1942-yilda 643 ta oila va 69 ta kollektiv
evakuatsiyada kelgan bolalarni qabul qilib oldi [8].
Bundan tashqari Toshkent shahri
bo‗yicha 30 mingdan ortiq kiyim bosh bolalar uchun aholi tomonidan to‗plangan.
Kollektivlar qishloq xo‗jaligi artellari, bog‗chalar, maktablar va turli
tashkilotlar ham bolalarni o‗z qaramog‗iga olgan. Bolalar hamma qatori maktabga
borgan, katta yoshdagilari o‗ziga mos ishlarga jalb etilgan.
Evakuatsiyada kelgan aholi ko‗p millatli , ayollar, erkaklar va bolalardan
iborat edi. Birgina Toshkent viloyatining Toshkent tumani misolida ko‗rishimiz
mumkin. Masalan, Toshkent tumani hududiga shu davrda kelganlar -
2712 nafarni
tashkil etdi. Shulardan erkaklar 1252 nafarni, ayollar - 1460, shu jumladan, ruslar -
1913, ukrainlar - 126. belorusslar - 33. yahudiylar - 569, armanlar - 9, tatarlar - 13,
polyaklar - 6, nemislar - 3, greklar - 2, latishlar - 7, moldovanlar - 2, mordvinlar - 8,
shvedlar - 1, chuvashlar - 6, estonlar - 5 nafarni tashkil etdi [9].
Toshkent viloyatiga 1942-yil yanvar oyining birinchi yarmida kelgan kishilar
soni jami 5414 nafarni tashkil etdi. Farg‗ona viloyatiga 1942-yil 1 fevralgacha (1942-
yil 15-yanvardan 1-fevralga qadar bo‗lgan ma‘lumot bilan birga) 92415 nafar
evakuatsiya qilinganlar joylashtirildi. 1941-yilning noyabriga qadar Ukrainadan
O‗zbekistonga 54029 nafar, shulardan Odessa viloyatidan 9508, Kiyevdan 7528,
Dnepropetrovskdan 4238, Xarkovdan 3490, Vinniskdan 2810, Jitomirdan 2082 nafar
kishi evakuatsiya qilingan edi.
Umuman, urush davrida Surxondaryo viloyatiga jami 20 mingdan ortiq aholi
keltirilib joylashtirilgan bo‗lsa, ulardan 3,5 mingtasi yosh bolalar bo‗lib, ularning
hammasi yakka va jamoa tarbiyasiga olingan edi. Bundan tashqari, viloyatga 1283
nafar polyak millatiga mansub bo‗lgan grajdanlar ham kelgan edi [10].
Respublikaga bolalar bilan birgalikda bolalar uylari ham ko‗chirib keltirila
boshlandi. 1941-1942-yillar davomida O‗zbekistonga front orti shaharlaridan 78 ta
bolalar uyi evakuatsiya qilindi. Farg‗ona shahriga, 9 tasi Buxoro viloyatiga
joylashtirildi. Evakuatsiya qilingan bolalar uchun Samarqand viloyatining
tumanlarida 8 ta bolalar uyi tashkil etildi. Ularda 4270 nafar bola tarbiyalandi.
Andijon viloyatining Andijon tumanidagi Bo‗taqora qishlok kengashi binosiga
Chernigov bolalar uyi, Qo‗rg‗ontepa tumaniga Donbassdan ko‗chirib keltirilgan
ikkita bolalar uyi, Chinobod, Paxtaobod va Xoldevonbekga Quybishevdan ko‗chirib
keltirilgan to‗rtta bolalar uyi joylashtirildi. Namangan viloyatiga 1941-yilda Ukraina,
Do'stlaringiz bilan baham: |