TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
19
1941-yil noyabr oyida ―Frontga yaqin joylardan ko‗chirib keltirilgan bolalarni
joylashtirish haqidagi‖ qaror qabul qilindi. Toshkentdagi vokzalda ―Bolalarni
evakuatsiya qilish markaziy punkti‖ tashkil etildi. O‗zbekiston sari yo‗l olgan yuzlab
poyezdlar sarosimaga tushgan, och-nahor ayollar va bolalarni shiddat bilan
bag‗rikeng va qalbi daryo O‗zbekistonga olib kela boshladi.
Bir soniyada ham ota, ham onasidan ayrilgan, yoki poyezdda minglab bolalar
qatori nima bo‗layotgani tushunib-tushunmay najot sari intilgan murg‗ak bolalar
o‗zlari uchun umuman noma‘lum bo‗lgan tomonga qarab yo‗lga chiqdilar. Ular oz
emas, 200.000 dan ortiq edi. Ularni oilalarga, bolalar uyiga joylash, tarbiyalash,
o‗qitish, qarovsiz bolalarni topish va ro‗yxatga olish eng muhim masalalardan biri
hisoblangan.
Respublikamiz ahli urush yillarida evakuatsiya qilingan aholiga samimiy
g‗amxo‗rlik ko‗rsatdi. Keluvchilar soni minglab emas, balki yuz minglab kishilarni
tashkil etardi. Zudlik bilan Xalq Komissarlari Kengashi qoshida evakuatsiya ishlari
bo‗yicha komissiya tuzildi. U.Yusupov barchaga murojat qilib - "O‗ylaymanki,
O‗zbekistonga yetib kelgan bolalarnigina joylashtirishga to‗liq imkoniyatimiz mavjud
bo‗libgina qolmay, balki Kuybishevga qadar butun temir yo‗l bo‗ylab sochilib ketgan
bolalarni yig‗ib olishga ham imkoniyatimiz bor. Hozirning o‗zidayoq, biror kunni
kechiktirmay, yo‗lda qolib ketgan bolalarni yig‗ib kelgani o‗z vakillarimizni
jo‗natishimiz kerak, ular bolalar uchun ovqat va kiyim-bosh olib borsinlar,
hammasini O‗zbekistonga olib kelsinlar [5] ". Evakuatsiya rejasi bo‗yicha 1941-yil
15-dekabrga qadar ma‘lumotlarga ko‗ra respublikamizga 525000 nafar kishi kelishi
rejalashtirilgan , lekin amalda ularning soni 665419 nafardan oshib ketdi [6].
Toshkent shahri xotin-qizlar faollari 1942-yil 2-yanvarda
―O‗zbekistonning
barcha ayollariga‖
shiori ostida murojaatnoma qabul qildi. Hukumat bu taklifni
qo‗llab-quvvatlab, 3-yanvar kuniyoq
―Evakuatsiya qilingan bolalarni joylash
bo‗yicha hukumat komissiyasi‖
ni tashkil etdi va bolalarni oilalarga va internatlarga
joylashtirish ishlarini boshlab yubordi. Bu harakat ko‗plab oilalarni bolalarni qabul
qilish ishtiyoqini kuchaytirib yubordi. Buxoro viloyatidan ―Toshkentga boshqa
viloyatlarda bog‗cha yoshidagi bolalar bo‗lsa bizga yuboring, fuqarolarimizni talabini
qondira olamayapmiz‖ degan xabar keldi.
Baxrixon Ashurxo‗jaeva 8 ta bolani, T.A.Xodjaev 2 ta rus bolasini, Axmad
Shomaxmudov va Baxri Shomaxmudovalar oilasi esa 14 ta bolani o‗z qaramog‗iga
oldi. Shomaxmudovlarning ko‗p millatli bolalarni o‗z oilasiga qabul qilishi jamiyatda
katta shov-shuvga sabab bo‗ldi. Bu oilaga frontdan va fuqarolardan ko‗plab xatlar
kela boshladi. Aviatsiya polkidan Andrey Kiyashko: ―Mening ham otam-onam va
singlim bor edi. Hozir ular qayerda bilmayman. Balki nemislar qo‗lida halok
bo‗lgandirlar. Men sizdan o‗tinib so‗rayman, meni Volodya, Raya va kichkina
Do'stlaringiz bilan baham: |