sciences, professor
Annotation.
This article describes the qualities like the humanitarian,
tolerance, kindness and generosity of the Uzbek people in the years of the Second
TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
18
World War, as well as the people who were transferred to our homeland. The quality
of assistance and kindness shown to the people as a result of evacuation was
analyzed.
Key words:
tolerance, courage, generosity, evacuation, care for children, help
to the front
Ikkinchi jahon urushi o‗zining ayanchli oqibatlari, yer yuzida katta
vayronagarchilik, eng asosiysi millionlab insonlarning bevaqt o‗limiga sabab bo‗lgan
yovuz urushlardan biri hisoblanadi. Bu urush dunyodagi 61 ta davlatni va yer yuzi
aholisining 80 foizini ya‘ni, 1,7 mlrd kishini o‗z domiga tortdi.
Bu urush ko‗plab talafotlarni keltirish bilan bir qatorda xalqimizni mard
yigitlaridan judo qildi, yuzlab juvonlar beva qoldi. Bolalar o‗limi va yetim bolalar
sonini keskin oshib ketdi. O‗zbekiston front uchun zarur ashyolarni yetkazib beruvchi
muhim tayanch markazlardan biriga aylandi. Urushning dastlabki kunlaridanoq
Toshkent shahridan 14 mingdan ortiq ko‗ngillilar frontga jo‗nab ketish uchun ariza
berdi va Toshkent shahridan 100 ming yigit va qizlar frontga safarbar etildi [1].
Urush yillarida farg‗onaliklardan bir necha yuz ming ko‗ngillilar fashizmga
qarshi kurashda ishtirok etdilar. Urushning birinchi haftasida farg‗onaliklardan
urushga safarbar etishlarini so‗rab 1735 ta ariza (shundan 423 tasi xotin-qizlardan
edi) tushdi. Joylarda hamshiralar tayyorlaydigan kurslar tashkil etildi. Jumladan,
Farg‗onada 8 ta sanitar otryadi (ularda 280 ta xotin-qizlar o‗qidi) va Qo‗qonda 6 ta
sanitar otryadi (ularda 220 ta xotin-qizlar o‗qidi) tuzildi [2].
Samarqand viloyatida 22-iyundan 8-iyulga qadar ko‗ngillilardan 1316 ta ariza
kelib tushdi. 9-avgustga kelib ular soni 14000 taga yetdi. Ulardan 613 tasi ayollar edi.
Samarqand viloyati bo‗yicha urush yillarida front uchun 43 mln. rubl mablag‗
to‗plandi [3]. 13-dekabrgacha respublika Davlat bankining bo‗limlariga tank
kolonnasi va aviaeskadrilya qurish uchun mehnatkashlardan 142 million 265 ming
so‗m mablag‗ tushdi.
Samarqand oblastida 29 million 587 ming so‗m, Toshkent oblastida
(Toshkent shahri bilan birga) 27 million 817 ming so‗m, Xorazm oblastida 18 million
647 ming so‗m, Farg‗ona oblastida 18 million 588 ming so‗m, Namangan oblastida
14 million 9 ming so‗m, Qoraqalpog‗istonda 14 million 836 ming so‗m, Buxoro
oblastida 7 million 983 ming so‗m, Surxondaryo oblastida 6 million 910 ming so‗m,
Qashqadaryo oblastida 2 million 594 ming so‗m to‗plandi [4].
Urushning dastlabki davridanoq evakuatsiya jarayonlari boshlandi. Front
uchun og‗ir mehnat qilish va frontni o‗q-dori, qurol-aslaxa, kiyim-bosh va oziq-ovqat
bilan ta‘minlash qatorida urush tufayli boshpanasiz qolib, O‗zbekistonga keltirilgan
oilalar va ota-onasiz qolgan bolalarni ham o‗zining axvoli og‗ir bo‗lishiga
qaramasdan bag‗riga olib, yetim bolalar o‗zbek oilalaridan panoh topdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |