TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON
14
Kamoliddin Behzod ham о‗zini tasvirlagan. Bu esa yuqoridagi fikrimizga dalil bо‗la
oladi. Shundan sо‗nggina asarlarida rang-tasvir tili orqali voqelikni bir tizimga soladi
va uni aks ettiradi. Shu sababli, Kamoliddin Behzodning ―Oriflar raqsi‖ asarini
modellashgan holda tahlil qilib chiqishga jazm qildik. Kamoliddin Behzod asari
orqali inson о‗zligini anglashning uchinchi yо‗lini bir tizimga solib, isbotlab bergan.
Tarixga nazar tashlasak XV asr oxirida Xurosonda va XVI-XVII asrlarda
Movaraunnahrda sо‗fiylikka asoslangan miniaturalar paydo bо‗ldi. ―Sо‗fiylik tasavvuf
dunyosini bilishni, aniq kundalik hayotni, insonning dunyo va koinot, zamon va
makon, lahza va abadiyat, hodisa va mohiyat haqidagi tushunchalari bilan bog‗liq
qarashlarni о‗zida aks ettiradi. Insonlar koinot bilan uch yо‗l orqali bog‗langanlar.
Birinchisi tush orqali, ikkinchisi ilhomlanish jaryonida, uchinchisi insonlar о‗ylab
topgan yо‗l ―Samo‖ tadbiridir. 1-rasmda inson bilan koinotning olti jarayonda
bog‗lanish modeli berilgan. Inson g‗oyibona oltita yо‗l bilan bog‗lanadi, birinchisi
tush orqali, ikkinchisi ilhomlanish, uchinchisi xayol, tо‗rtinchisi ibodat, beshinchisi
samo tadbiri, oltinchisi vahiy orqali ( vahiy faqat payg‗ambarlarga orqali xabar
kelishi).
(A - Alloh. S - inson 1 - Tush, 2 - Ilhomlanish, 3 - Xayol, 4 - Ibodat, 5 - Samo
tadbiri, 6 - Vaxiy).
Samo tadbirini kо‗pgina rassomlar aks ettirganlar. Shulardan biri Kamoliddin
Behzoddir.
Xuroson va Movarounnahrda ―Samo‖ deb nomlangan diniy marosim ertalab
yoki kechki payt о‗tkazilgan. Bu marosimda Kamoliddin Behzod juda kо‗p
qatnashib, qalbidagi his-tuyg‗u va an‘analarning falsafiy psixologik ma‘nosini, ya‘ni
koinot bilan inson о‗rtasidagi munosabatlar hamda komil inson falsafasi haqidagi
hikmatni о‗z asarlarida chiziq, shakl va ranglar orqali kо‗rsatishga harakat qilgan.
Hayoti va ijodi davomida qiziqarli va о‗lmas milliy an‘analarga tayanib, yoshlarni
barkamol inson ruhida tarbiyalash zaruratini anglagan holda ―Samo‖ deb nomlangan
marosimidan ta‘sirlanib 1480-yil Hirotda ―Sо‗fiylar raqsi‖ nomli asarini yaratdi.
Asarda tabiatning eng gо‗zal fasli – bahor tasvirlangan.
Asarning umumiy kо‗rinishi simmetrik joylashgan bо‗lsa-da, qismlarining
kо‗pi assimetrik holatda tasvirlangan. Asar koloriti jigar rang bо‗lib, kompozitsiyada
biror bо‗shliq joy qoldirilmagan. Hamma joy bezab chiqilgan. Asar insonlarni
gо‗zallik olami, olam va Alloh gо‗zalligini qalb bilan kо‗rishga undaydi. Gо‗zallik
qalbidagi falsafani qalbdan о‗qishga chaqiradi.
Asarning orqa planida qirlar ramziy ma‘noda tо‗lqinsimon, ya‘ni dinamik
holatda tasvirlagan. Qirlarning dinamik berilishi asar g‗oyasini amalga oshirishga
qaratilgan. Insonlarning dinamik holati bilan yer, osmon, hatto tabiat bir yaxlit
uyg‗unlikda tasvirlangan. Osmondagi bulutlarning jо‗shqin harakatda tasvirlanishi
Do'stlaringiz bilan baham: |