TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 170
hissining sifatini baholashga aososiy o‗rin belgilanib ta‘lim tashkilotida talabalarning
o‗zaro faoliyati va rivojlanish modelida qanday jarayonlar sodir bo‗lishiga asosiy
diqqat-e‘tibor
qaratishni
rejalashtirganmiz.
Talabalar
tomondan
zarur
kompetensiyalarni egallash jarayonini boshqarish ko‗nikmalari fanlararo jihatlarga
tegishli bo‗lib, har bir kasb egasi uchun tashkiliy jihatdan harakat qilishini
ta‘minlashning zarur jihatlaridan biri hisoblanadi.
Bu muloqot va intefaol (kommunikativ va interaktiv) qobiliyatlarni
takomillashtiradigan va jamiyatdagi o‗zgarishlarga ta‘sir ko‗rsatadigan ko‗nikmalar
hisoblanadi. O‗zaro faoliyat ko‗nikmalariga o‗rgatishning o‗quv dasturini muhokama
qilish davomida, biz jamoaviy ish zamonaviy amaliyotning ajralmas qismi ekanligini
ta‘kidlash mumkin. Xususan, muvaffaqiyatli jamoa ishi adaptiv muhitda boshqa
odamlar bilan muloqot qila olish va o‗zaro faoliyat olib bora olish imkonini
beradigan ko‗nikmalarga ega insonlarga bog‗liq. Talabalarni oddiy jamoaga qo‗shish
ularni hamkorlikda va samarali ishlashga o‗rgatmaydi. Bu holat texnik jihatlardan
tashqari, ta‘lim jarayonining barcha subyektlari o‗z kasbiy faoliyatida samarali
bo‗lishi uchun qo‗shimcha hamma ishlarni o‗z ichiga oladigan ijtimoiy
ko‗nikmalarga muhtojligini anglatadi.
Talaba faoliyatida ijtimoiy voqelik kabi bir biriga o‗zaro bog‗liq bo‗lgan
tushunchalar mavjud. Ushbu tushunchalar yordamida ularga tegishli ijtimoiy
voqelikni tavsiflash va tushuntirish mumkin. Bunday yondashuv nafaqat ijtimoiy
vazifalarni amalga oshirish, shuningdek ijtimoiy sohada ularga ushbu yondashuvni
amalga oshirishga imkonini beradi. Ijtimoiy va kasbiy tamoyillar bir butunlikka
birlashtiriladi, oliy ta‘lim muassasasida ta‘lim olish jarayonida talabaning ijtimoiy-
kasbiy mas‘uliyat hissini hisobga olish imkoniyati haqida gapirish huquqini beradi
deb aytish mumkin.
Bundan tashqari, quyidagi faktlarni qo‗shimcha sifatida keltirish mumkin.
Ijtimoiy sohani talqin qilish quyidagi ikki muhim metodologik shartga rioya qilishni
taqozo etadi:
1) faoliyat o‗ziga hos chegaralar doirasida o‗ziga xos voqeligini belgilaydi;
2) faoliyat turi, o‗ziga tegishli belgilangan o‗quv predmetiga nisbatan
qo‗llaniladi.
Talabalarning oliy ta‘lim muassasalari miqyosidagi seminar treninglar, fan
klublari, iqtidorli yoshlar tashabbuskor g‗oyalar innovatsiyasi kabi tadbirlarda,
birinchi navbatda, ijtimoiy sohada ishtirok etishini o‗rganishda, tadqiqotchi-
o‗qituvchilar tomonidan quyidagi tadqiqot masalalari o‗rganilgan:
-ishtirok etish tuzilishining asosiy elementlari nima?
-ishtirok etishning qanday usullar orqali o‗lchash mumkin?
-loyiha va tadbirlarda yoshlarning ishtirok etishlariga qanday to‗siqlar
mavjud?