TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI 2021/ 6 - SON 171
-oliy ta‘lim muassasalarining kundalik hayotida ishtirok etish haqidagi
tushunchaga asoslanib, ishtirok etish yoshlarning o‗z salohiyatini tadqiq qilishga
imkon berish orqali erishilgan yutuqlarni qo‗llab-quvvatlash deb ta‘riflanadi.
Xorijiy mamlakat olimlari tomonidan olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlarda
ijtimoiy-kasbiy mas‘ulyat hissini rivojlantirishda ―faol ishtirok‖ – ―talabalar
o‗zlarining ishtiroki ahamiyatga ega ekanligiga ishonishadi‖; ―mazmunli ishtirok‖ -
kabi
tushunchalarga
alohida
yondashish,
shuningdek, ―yoshlarning fikr-
mulohazalarini tinglashni va ularga konstruktiv javob berishni nazarda tutadigan
muloqot (dialog) [4;]‖ deb ta‘rif berilgan.
E.G‗oziev o‗z tadqiqotlarida ―tafakkur orqali inson hissiy bilish qobig‗idan
tashqari chiqib, sezgi va idroklarda bevosita aniqlash imkoniyati mumkin bo‗lmagan
murakkab holatlarni anglay boshlaydi[5; 7-b.]‖ deb ifodalab o‗tgan.
G‗.Shoumarov shaxs tarbiyasida sharq mutaffakirlari ilmiy-g‗oyaviy jihatdan
birlashtirgan asos shu bo‗lganki, ular shaxs tarbiyasi va kamolotida oilaning, oilaviy
tarbiyaning rolini yuqori qo‗yishgan, ayniqsa, shaxsning aqliy sifatlarini
rivojlantirish[6; 15-b.] masalalariga alohida ahamiyat kasb etadi.
Oliy ta‘lim muassasalari talabalari tomonidan ijtimoiy-kasbiy mas‘ulyat
hissini rivojlantirish ijtimoiy rollarni o‗zlashtirishi ularning bilish faoliyati
darajalarining turli tumanligi va turli tadbirlarda faol ishtirok etishi bilan alohida
ahamiyat kasb etadi. Ijtimoiy-kasbiy mas‘uliyat hissini namoyon etish uchun zarur
bo‗lgan shart - talabaning kompetentligi doirasini kengaytirish imkonini beruvchi
yangi bilim va mas‘uliyat tajribasini egallash ehtiyoji hisoblanadi.
Mas‘uliyat hissining ijtimoiy va kasbiy kelib chiqishi va muvaffaqiyatsizlikka
yo‗l qo‗ymaslik uchun muvaffaqiyatlarni rag‗batlantirishga e‘tibor qaratishimiz
kerak. Har qanday holatda ham rag‗batlantirilganlik rag‗batning kutilayotgan
natijalari va qiymatlari bilan o‗zaro faoliyat olib boradi va natija ―motivatsiya‖ deb
ataladi.
Faqat muvaffaqiyatga erishish motivi bilan bog‗liq bo‗lgan vaziyatda
motivatsiya kuchi muvaffaqiyat yoki muvaffaqiyatsizlikni kutish va muvaffaqiyatli
yoki muvaffaqiyatsiz xatti-harakatlarga olib keladigan muayyan rag‗bat qiymati bilan
o‗zaro bog‗liq bo‗ladi. Shuning uchun muvaffaqiyatga erishishga yo‗naltirilgan xatti-
harakatlar har doim muvaffaqiyatga intilish va muvaffaqiyatsizlikning oldini olishga
intilishning ikki ijoybiylikni o‗rtasidagi yondashuvni olish o‗rtasidagi ziddiyatga
bog‗liq bo‗lishi kerak. Ijtimoiy ma‘qullash kabi omil ijtimoiy-kasbiy mas‘uliyat
hissini rivojlantirish g‗oyasini amalga oshirish ishiga jalb etilishi mumkin.
Muayyan sharoitlarda, ijtimoiy ma‘qullashning ijobiy rag‗batlantirish qiymati
muvaffaqiyat ehtimoliga ta‘sir qilishi va motivatsiyalarning har xil turlarini
birlashtirilishi mumkin.