Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


paxtagul, boshog`riq, gulbozor



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet98/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

paxtagul, boshog`riq, gulbozor
singari qo`shma otlarni 
paxta guli, bosh og`rig`i, gul bozori
singari so`z 
birikmalari bilan taqqoslash orqali ularning ma’no va imlo farqlarini bilib olish 
mumkin.
Adabiyot darslarida esa, taniqli shoirlarning she’rlari asosida yaratilgan 
qo`shiqlarni o`quvchilar karaoke yordamida kuylashadi. Bunda o`quvchi, bir 
tomondan, qo`shiqni yod oladi va xotirasini o`tkirlaydi, ikkinchi tomondan, 
qo`shiqdagi yangi so`zlarni bilib, ularning ma’nosini aniqlashga harakat 
qiladilar.
Taqdimot darsi 
Yangi pedagogik texnologiyalarni qo`llashning yana bir samarali 
usullaridan biri hisoblangan turli dastur mahsulotlaridan foydalangan holda
(Microsoft Office Power Point ilovasi yordamida) dars-taqdimotlarini tayyorlash 
va yangi materiallarni turli usullarda taqdim etish mumkin. Shunday dars - 
taqdimotlarini yaratish darsni qiziqarli, jonli o`tishini ta’minlaydi, hamda 
o`qituvchi ma’ruzachi emas, balki sharhlovchi bo`lib, o`quvchilar esa darsning 
faol ishtirokchilariga aylanadilar, slaydlardagi qo`shimcha effektlar esa 
o`quvchilarning mustaqil ravishda xulosa chiqarishga yordam beradi. 
Slaydlarning qulayligi shundaki, qoida va istilohlar ta’rif keltirish bilan emas
balki gaplarni qiyoslash orqali berilib, bu esa o`quvchini mustaqil fikrlashga va 
tegishli xulosa chiqarishga o`rgatadi. 


156 
Masalan, 5-sinflarda omonim, antonim, sinonim mavzulari o`tiladi. 
O`quvchilarning mavzuni mukammalroq eslab qolishida slaydlarning o`rni 
katta. Slaydlar – topshiriqli slaydlar, ko`rgazmali slaydlar, grafik va jadval 
slaydlar bo`lishi mumkin. Shu nuqtayi nazardan, 
“So`zlar dunyosiga 
marhamat!”
nomli taqdimotda so`zlar dunyosi – sinonim, antonim, omonim, 
paronimlar haqida topshiriqlar va ko`rgazmalar berilgan. Quyida misol 
tariqasida slaydlardan faqatgina sinonim so`zlar keltirilgan qismini ilova etamiz: 
 
Slaydlarga o`quvchilar o`zlarini munosabatini bildirishi, uni tahlil qilishi 
lozim. 
Bu orqali o`quvchilar quyidagi malakalarga ega bo`ladilar: 
- grafik axborotlarni matn shakliga keltirish yoki aksincha; 
- muhokama etilayotgan mavzu bo`yicha xulosalar va savollarni 
shakllantirish; 
- o`zining o`quv bilish faoliyatini rejalashtirish. 


157 
Ushbu slaydlarga video lavhalar, video roliklar, animasiyalar, matnlar, 
ovozli obrazlar (yozilgan ovoz, musiqa va boshqalar) kiritilsa slaydlar ta’siri 
samaraliroq bo`ladi 
Dunyo bo`ylab psixologlar o`tkazgan so`rovnomalar natijasiga ko`ra, 
inson o`qisa 10 foiz, tinglasa 20 foiz, ko`rsa 30 foiz, ko`rib tinglasa 50 foiz, 
boshqalar bilan muhokama qilsa 70 foiz, boshqalarga o`rgatsa 95 foiz o`rganadi 
va eslab qoladi. Shunday ekan, darslarda AKTdan foydalanish o`zlashtirish 
samaradorligini 100 foizgacha oshiradi. Ya’ni o`quvchi quruq ma’ruza - dars 
eshitib, zerikib o`tirish o`rniga matnni videoproyektor orqali kattalashtirilgan 


158 
holda ekranda o`qiydi, tinglaydi, video lavha, rasmlarni ko`radi va interfaol 
xaritalar yordamida mamlakatning barcha shaharlariga virtual sayohat qiladi. Bu 
esa o`quvchining qiziqishini uyg`otadi, dunyoqarashini kengaytiradi, dars 
davomida o`rgangan ma’lumot tez va oson xotirasida muhrlanib qoladi. AKT 
orqali dars o`tish o`quvchilarda fanga nisbatan qiziqishini orttiradi. 
Demak, asosiy maqsadimiz o`quvchilarning og`zaki va yozma nutqini 
shakllantirish va mavzuni o`zlashtirishning dastlabki bosqichlari, eng sodda usul 
- dars-taqdimotlardan foydalangan holda darslarni tashkil etishdir. Bu usulda 
dars o`tish o`quvchi fikrini yashirmay ifodalash, ijodiy fikrlash, mavzuni 
chuqurroq o`zlashtirishga undaydi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   94   95   96   97   98   99   100   101   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish