Qayta tayyorlash va ularning malakasini oshirish instituti


“Ona tili o`qitish metodikasi” fanining tilshunoslik fanlari bilan aloqasi



Download 2,22 Mb.
Pdf ko'rish
bet11/127
Sana08.07.2022
Hajmi2,22 Mb.
#758763
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   127
Bog'liq
Ona tili fanini o`qitish metodikasi. O`quv-uslubiy qo`llanma.

 
“Ona tili o`qitish metodikasi” fanining tilshunoslik fanlari bilan aloqasi 
“Ona tili o`qitish metodikasi” garchand pedagogik sikldagi fan sanalsa-da, 
ammo uning ilmiy asosini tilshunoslik fanlari tashkil etadi. Til ilmi sohasida 
qo`lga kiritilgan har bir ilmiy yutuq, shubhasiz, maktab ona tili kursining 


24 
mazmuniga ta’sir ko`rsatadi: zarurat tug`ilganda uni yangilash ehtiyojini yuzaga 
keltiradi. Ayni vaqtda shuni ham unutmaslik lozimki, tilshunoslikda fan 
erishgan barcha yutuqlarni umumiy o`rta maktab o`quvchisiga o`rgatishning 
iloji yo`q hamda bunga ehtiyoj ham sezilmaydi. Modomiki, shunday ekan, “Ona 
tili o`qitish metodikasi” fani ana shu til ilmi sohasida qo`lga kiritilgan 
yutuqlardan nimani ajratib olib o`quvchiga o`qitish lozimligini ham hal qiladi. 
Maktab ona tili kursi o`zbek tili fonetikasi, leksikasi va grammatikasidan 
zaruriy ma’lumotlarni o`quvchilarning yoshi va taraqqiyot darajasiga mos 
ravishda ularga yetkazishga xizmat qiladi. 
Til bir butun tizim bo`lganligi sababli, maktab ona tili kursining bir bo`limi 
ikkinchisi bilan chambarchas bog`langan. Chunonchi, tilning tovush tizimi 
o`rganilar ekan, ayni vaqtda so`z va uning ma’nolari, gapda so`zlarning aloqaga 
kirishi xususida ham ma’lumot beriladi. Leksika va grammatika bo`limlari 
o`rganilar ekan, fonetikadan berilgan bilim, ko`nikma va malakalarga tayanib 
ish ko`riladi. 
Maktab ona tili ta’limi nafaqat “Hozirgi zamon o`zbek tili” kursi, balki 
umumiy tilshunoslik, til tarixi, shevashunoslik singari fanlar bilan ham aloqador. 
Til tarixidan xabardor o`qituvchi mumtoz adabiy asarlarning til xususiyatlari 
ustida ishlay oladi, dialektologiyani bilgan o`qituvchi esa adabiy til bilan 
shevani qiyoslab, nutqdagi dialektal xatolarning oldini olishi yoki bartaraf etishi 
mumkin. 
“Ona tili o`qitish metodikasi” fani nutq madaniyati bilan ham aloqador. 
Zero, nutq madaniyati asoslarini puxta bilgan o`qituvchilar o`quvchi nutqi ustida 
samarali ishlay oladi. 
Tilni tizimli o`rganishga asoslangan ona tili o`qitish metodikasi 
o`quvchilarini mustaqil va ijodiy fikrlashga o`rgatish, ularning lug`at boyligini 
oshirish, o`zgalar nutqini tinglay va anglay olish, fikrni aniq ixcham ifodalash
so`z tanlash va uni o`rinli qo`llash, og`zaki va yozma nutq malakalarini 
shakllantirish, fikr ifodalashda shakl va mazmun uyg`unligiga, mantiqiy 
mukammallikka erishish, «o`quvchi – ta’lim - o`qituvchi» munosabatlarini 
to`g`ri tashkil etish – ta’lim samaradorligini oshirishning muhim omili 
ekanligini nazariy va amaliy jihatdan asoslab berishga xizmat qiladi. 


25 
Ona tili o`qitish metodikasi quyidagi bo`limlarni o`z ichiga oladi: 
1. Ona tili o`qitishning umumiy masalalari va metodikasi. 
2. Fonetika va grammatik o`qitish metodikasi. 
3. Orfografiya o`qitish metodikasi. 
4. Punktuatsiya o`qitish metodikasi. 
5. Nutq o`stirish metodikasi. 
6. Maktab ona tili kabineti va uni jihozlash. 
Shuningdek, metodika sinfdan tashqari ishlarni uyushtirish, o`qituvchining 
o`z mutaxassisligi ustida ishlashi kabi masalalar bilan ham shug`ullanadi. 

Download 2,22 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   127




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish