142
Datchiklarning sezgirlik va aniqlik darajasi shunday ediki, ular sefralardagi
o„qning og„ishi odam soch tolasi qalinligi darajasida o„zgargan taqdirda ham, uni
hatto 32 km masofadan turib ham qayd eta olardi. Mazkur orbital tajribaning yakuniy
natijalari 2011 yilning may oyida e‟lon qilindi.
Unda loyiha rahbari, Stenford
universiteti mutaxassisi Frensis Everitt bayonot berib, shunday degan edi «
Bizning
ushbu muhim tajribani bajarishimizdan maqsadimiz, olam modelining Eynshteyn
taklif qiligan variantini tekshirib, sinab ko„rish edi. Va Eynshteyn sinovdan
muvaffaqiyatli o„tdi
».
Nisbiylik nazariyasi barpo etilganidan yuz yil o„tib u vanihoyat bizning
hayotimizda muqim amaliy o„rin tuta boshladi. Hozirda aksariyat kommunikatsiya
qurilmalarida mavjud bo„lgan GPS funksiyalari, sun‟iy yo„ldoshlardan
olingan
ma‟lumotlar asosida bizning turgan o„rnimizni aniqlab bera oladi. olingan
ma‟lumotlar aniq bo„lishi uchun, orbitadagi va Yerdagi soatlar sinxron ishlamog„i
darkor. Agar biz o„z turgan joyimiznig GPS orqali 30 metr aniqlik bilan o„rnatmoqchi
bo„lsak, unda ikkita nisbiy tuzatishlar haqida yodda tutishimiz zarur bo„ladi. Avvalo,
maxsus nisbiylik nazariyasi orqali tushuntiriladigan effekt - sun‟iy yo„dosh tezligi
tufayli paydo bo„ladigan signal kechikishini (7 mikrosoniya) inobatga olish lozim.
Ikkinchidan esa, umumiy nisbiylik nazariyasi orqali tushuntiriladigan effekt –
signalning oldinga o„tib ketishi (45 mikrosoniya), ya'ni, gravitatsiya maydoni zichligi
qanchalik kichik bo„lsa, vaqtning o„tishi ham shunchalik tezlashishi hodisasi (qizilga
siljishni keltirib chiqaruvchi kechikish effektiga teskari effekt) e‟tiborga olinishi
shart. 20000 km balandlik masofasida – sun‟iy yo„ldosh orbitasidagi gravitatsiya, Yer
sirtidagidan ko„ra ancha past. Zamonaviy o„rin anqilash (pozitsiyalash) tizimlarida
mazkur fazaviy siljishlar muvofiqlashtiriladi.
Nisbiylik nazariyasiga eng katta zarba bergan hodisa 2011 yil sentyabrida yuz
berdi. O„shanda yorug„lik tezligidan katta tezlikka erishilgani
haqidagi xabarlar
paydo bo„lgan edi. Katta adron kollayderida hosil qilingan neytrino, yer qa‟rini teshib
o„tib, Rimdan 100 km masofada joylashgan cho„qqi - Apenin tog„larining eng yuksak
nuqtasi bo„lmish Gran-Sasso cho„qqisi ostiga joylashtirilgan yerosti detektorlarida
qayd etildi. Amaliy hisob-kitoblardan keyin olimlar kelgan xulosaga ko„ra, neytrino
yerosti detektorlariga muddatidan 60 nanosoniya avvalroq yetib kelgan ekan. Ushbu
xabar o„ta ehtiyotkorlik tarqatildi va katta shubhaar bilan qarshi olindi. Ayniqsa,
Katta Adron kollayder va Gran-Sassodagi xronometrlarni sinxronlovchi mexanizm
ishida nuqsonlar aniqlangach, mazkur xabarning haqiqatdan yiroq ekanligi ta‟kidlana
boshladi. 2012 yil iyunida esa, olimlar tomonidan berilgan bayonotga ko„ra, o„sha
tajribada
neytrino aslida erta kelmagani, anglashilmovchilik sababi esa o„lchash
natijalaridagi xatolik tufayli ekani tan olindi.
Lekin, hatto neytrino tezligi yorug„lik tezligidan ham kattaroq bo„lib, bu bilan
u eski fizika qalqonini teshib o„tdi deb qaralganida ham, nisbiylik nazariyasi baribir
143
hamon kuchlidir. Boshqa bir qator tajribalar seriaysida, nisbiylik nazariyasining
to„g„ri ekanligi, Yer va Oy orasidagi masofaga nisbatan
olgan atiga bir millimetr
xatolik qilgan singari katta aniqlik bilan isbotlangan. Nisbiylik nazariyasi g„oyalari
bugungi zamon ilm-fanining qon-qoniga singib kirib bo„ldi va endi har qanday
holatda ham u, fanning qon tomirlarida doim qolaveradi. Xuddi Nyuton fizikasining
yorug„lik tezligiga taqqoslaganda ancha kichik tezliklar va kuchsiz gravitatsion
maydonlar uchun doimo o„rinli bo„laverishi singari, Eynshteyn fizikasi ham
allaqachon egallab bo„lingan ilmiy hudud sanaladi.
Ilm-fan xuddi sayqallovchi dastgoh kabidir. U yildan-
yilga olam tuzilishi
haqida yana va yana aniqroq ma‟lumotlarga ega bo„lib boradi. Nyuton g„oyalarida
bugungi zamon fizikasi kurtak ochgandi. Kavnt va relyatvistik nazariyalar esa,
yanada qiziq va kutilmagan xulosalarni taqdim etishda davom etmoqda. Fizikaning
chexrasi yana bir necha yillardan keyingi qanday bo„lishini kim ham bilardi? Biroq
bir narsa hozirdanoq juda yaxshi ma‟lum: Eynshteynning vaqt, fazo va gravitatsiyasi
yagi zamon kashfiyotlarining nurida ham albatta o„z shu‟lasiga ega bo„ladi.