133
edilar. Bir vaqtlar ular barcha xonadonlar uchun o„rnatilishi mumkin bo„ladigan
maishiy muzlatgich modeli ustida tijoriy loyiha boshlab qo„yishgandi. Biroq, bu galgi
uchrashuvdan maqsad boshqa bo„lib, uning muddaosi uran izotoplaridan birning
(235U) neytronlar bilan bombardimon qilinishidan olingan natijalarni muhokama
qilsihdan iborat edi. Uran iztopini neytronlar bombardimon qilinganida, kripton yoki
bariy singari nisbatan yengil kimyoviy elementlar hosil bo„lib,
bulardan tashqari,
bombardimonni davom ettirish uchun qo„llash mumkin bo„ladigan yana ikki yoki
uchta neytronlar ham qolar edi. Bundan esa, yana keyingi qism uran izotoplarini
bombardimon qilish mumkin. natijada har safar nishonga borib urilgan neytronlardan
yana va yana yangi neytronlar hosil bo„laveradi,
uran yadrosi parchalanib, ulkan
miqdordagi energiya ajralib chiqishi bilan kechuvchi zanjir reaksiyasi boshlanib
ketadi. Ajralib chiqqan energiyani esa turli-tuman maqsadlarda qo„llash mumkin.
Olimlar Silard Vigner, agar ushbu kashfiyot mal‟un Gitlerning qo„liga tushsa, u eng
qabih maqsadlarda qo„llanishi mumkinligidan xavotirda edilar. Aksiga olib,
Yevropadagi
eng ulkan uran konlari ham, bu vaqtga kelib allaqachon uchinchi reyx
tomonidan egallab olingan Chexoslovakiya hududlarida joylashgandi.
Ko„pchilik mutaxassislar
E
=
mc
2
formulasi atom bombasi nish urib chiqishiga
sabab bo„lgan urug„lik deb hisoblaydilar. Lekin Eynshteynning o„zi Silardni tinglab
ko„rib: «
Men bu haqida umuman o„ylamagan ham edim!
» - deb xitob ilib yuborgan
ekan. Materiyada konsentratsiyalangan ulkan energiya zahiralarini aniqlashni o„zi bir
masala, uni ajratib olish mexanizmini o„ylab topish esa – boshqa masala.
Energiyaning massaga va aksincha masaning energiyaga aylanib almashinib turishi
tabiatda
har on va har lahzada, uzluksiz sodir bo„lib turadi va 1905 yili Eynshteyn
o„zining mashhur formulasini kashf qilgan vaqtida, zanjir reaksiyasi haqida umuman
xayol ham qilmagan. Uning kashfiyotida 27 yil o„tgandan so„nggina Jeyms Chedvik
neytronlarning mavjudligini aniqladi va yadro fizikasi yuzaga keldi. Zanjir reaksiyasi
asosidagi atom bombasi haqidagi g„oya esa yozuvchi Gerbert Uelsning «Ozod
qilingan olam» romanida 1914 yilda bayon qilingadi.
Nassaudagi maslahatlashuvlardan so„ng Eynshteyn, AQSHning o„sha
vaqtdagi prezidenti Franklin Delano Ruzveltga uran zahiralarini g„amlash va fizik-
yadroshunoslarni qo„llab-quvvatlash kerakligi haqidagi maslahat
va takliflar bitilgan
maktub yo„lladi. Biroz ikkilanishlardan so„ng, oradan ikki yil o„tib Ruzvelt baribir
Manxetten loyihasini boshlashga qaror qildi. Bu voqea 1941 yilning dekabr oyida,
Pirl-Xarbor bombardimon qilinishidan roppa-rosa bir kun avval bo„lib o„tgandi.
Eynshteynning AQSH yadro dasturidagi ishtiroki, o„sha
ilk maslahat xati
bilan cheklandi. Uning hukumatdagilar nazdidagi «ishonchsiz» shaxsiyati, hamda,
davlat yo„nalish olgan siyosiy kursdan farq qiluvchi ijtimoiy-siyosiy qarashlari
ro„kach
qilinib,
hukmron
doiralarda
Eynshteynni
Manxetten
loyihasiga
yaqinlashtirmaslikka qaratilgan urinishlar avj olgan edi. Eynshteynning yadro
134
dasturiga ikkinchi bora aralashuvi faqat Xirosimaga
atom bombasi tashlanishidan
keyin sodir bo„lgan.
O„sha ondayoq Eynshteyn o„zining Ruzveltga yo„llagan maslahati haqida
yodga oldi. «
Agar men nemislarning atom bombasini eplolmasliklarini bilganimda
edi, bu haqida
(Ruzveltga)
kiprik qoqmagan ham bo„lardim
»
Do'stlaringiz bilan baham: