Eynshteyn. Nisbiylik nazariyasi



Download 10,84 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/91
Sana08.07.2022
Hajmi10,84 Mb.
#756754
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91
Bog'liq
Eynshteyn.Nisbiylik.Nazariyasi

Mening fikrimcha, 
inson umrining asosiy mohiyati, uning nima bilan mashg„ulligi yoki, nimalarni 
boshdan kechirganida emas, balki, uning nimalarni o„ylashi va qanday 
o„ylashidadir
». Eynshteyn o„zining ushbu bayonotini o„zining keyingi yozuvlarida 
ham sanoqsiz marta takrorlagan. Bu tasdiq, odamning shunchaki aytgan fikri 
ekanligiga ishonish qiyin. Biz olim o„z hayoti davomida duch kelgan mushkulotlari 
va uning aqlni shoshirib qo„yuvchi ilmiy g„oyalari orasidagi uzviylikni ilg„ab 
olishga harakat qilamiz. Ehtimolki Eynshteyn Shveytsariya patent idorasida sakkiz 
soatlab ishlab tirikchilik qilish o„rniga, birvarakayiga akademik unvonlarga 
erishganida ham, baribir o„zining o„sha mashhur natijalariga erishgan bo„lur edi. 
Lekin, olim yashab ilmiy izlanishlar olib borgan jarayonlarning ko„z o„ngimizda 
qayta jonlanishining o„zi – juda qiziqarli bo„ladigan va tafakkur oldiga muayyan 
masalalarni qo„yadigan jarayondir.
1
Patsifist
– har qanday urushlarga mutlaqo qarshi chiqadigan, va har qanday urush harakatlarini, shu 
jumladan, milliy ozodlik harakatlarini ham qoralaydigan ijtimoiy harakat – patsifizm vakili. 
Patsifistlar urushlarni oldini olish, mavjud muammolarni qon to„kishlarsiz, tinchlik va o„zaro 
muzokaralar yo„li bilan hal etish kabi g„oyalarni ilgari suradilar. Patsifistlar bu borada faol ijtimoiy 
harakatlarni yuritadilar va targ„obot ishlarini olib boradilar. Ilk patsifistlar va patsifizm tarafdorlari, 
Napoleon urushlaridan keyin Buyuk Britaniya va AQSHda paydo bo„lgan. Atamaning kelib chiqish 
etimologiyasi - farang tilidagi «pasifisme» («pacifique» - tinchlikparvar, tinchliksevar ma‟nolarida) 
so„ziga borib taqaladi. Farang tilidagi bu so„z ham, o„z navbatida lotin tilidagi «pax» - «tinchlik» va 
«facio» - «bajaraman» kelib chiqqan – 
tarjimon izohi




Eynshteyn tug„ilishidanoq, o„z zamonasi texnik taraqqiyotning eng so„nggi 
yutuqlaridan bo„lgan hamda, otasi o„ziga tegishli fabrikada keng qo„llagan elektr 
chiroqlari va boshqa turli xil uskunalar bilan hamohang yashagan edi. Nisbiylik 
nazariyasini tasvirlar ekan, Eynshteyn har safar o„z fikrlarini temiryo„llar va soat 
mexanizmlariga murojaat etish orqali tushuntirishga urinadi. Olimning bolalik va 
yoshlik yillarida temiryo„llar transport vositalarining yangi turkumi sifatida 
maydonga chiqqan edi. Poyezdlar erishayotgan tezliklar, o„sha zamonlar uchun aql 
bovar qilmas natija sanalar edi. Shaharlararo soat vaqtini sinxronlash vazifasi, 
shundoq ham o„ta aniqlik shaydolari bo„lgan Shveytsariyaliklarning, vaqtni o„ta 
to„g„ri belgilashga bo„lgan ishqibozliklarini yanada alangalatib yuborganligini 
Eynshteyn Berndaligida ko„rib guvohi bo„lgan edi. Balki aynan shu hol, uning 
tafakkuri va tasavvurlari uchun turtki berib, zamon va makon, aql bovar qilmas 
tezliklar, hamda, sanoq tizimlarining doimiy o„zgarib turishi haqidagi nazariyaning 
paydo bo„lishiga sababchi bo„lgandir. Keyinroq, tortishish kuchlarining sirlaridan 
biri ham, Eynshteyn zamonasida texnik taraqqiyotning yuqori cho„qqilaridan 
sanalgan ixtirolardan biri yordamida qiya ochilgan edi. Bu haqida fizik olimning 
o„zi «
Men aniq bilishim kerak bo„lgan narsalardan biri - bo„shliqqa sho„ng„iyotgan 
liftdagi odamlar bilan nimalar sodir bo„lshidir!
» – deb xitob qilgan edi.
O„zining ilk maqolalaridayoq Eynshteyn statistik mexanikadan juda yaxshi 
xabardor ekanligini namoyish qilib, an‟anaviy molekulyar-kinetik nazariyaning 
barcha imkoniyatlaridan foydalanib bo„lgan edi. Uning mazkur ishlarida, 
osmonning moviy rangi, chang zarralarining quyosh nurlarida ko„rinadigan 
harakatlari, gul changinig suvli stakandagi titrashi kabi hodisalar yuzasidan 
tushuntirishlar berilgan. Bundan tashqari u, ko„plab fizik-eksperimentator 
olimlarning miyasini band etgan hodisa – fotoeffekt fenomeni uchun ham 
tushuntirish beradi. Lekin eng asosiysi hali oldinda kutib turgan edi. Eynshteynning 
1905 yilda e‟lon qilingan maxsus nisbiylik nazariyasi haqidagi maqolasi, fanda 
uning nomi bilan ataladigan butun boshli bir yangi erani hamda, keyingi avlod 
fiziklari uchun haqiqiy kashfiyot va ilhom manbai bo„lib xizmat qiluvchi yangicha 
fikrlash manbaini ochib berdi. Olimning o„zi ushbu voqeani quyidagicha izohlagan 
edi: «

Download 10,84 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   91




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish