TOSHKENT DAVLAT PEDAGOGIKA UNIVERSITETI ILMIY AXBOROTLARI
2020/1(22)
O‘rta Osiyoning qadimgi maktablarida ham asosiy e’tibor tarbiyalanuvchining
tarbiyalanganlik darajasini oshirishga qaratilgan. Chunki o‘sha davr uchun yozishni
bilishdan, turli dunyoviy bilimlarni o‘zlashtirishdan ham shogirdlarni ma’naviy
fazilatli insonlar sifatida shakllantirish muhim hisoblangan. Shu sababli ustozlar ota-
ona kabi tabarruk zot sifatida qadrlangan. O‘zbek xalqi ilm ahliga, ustoz shaxsiga
hurmat va e’tibor bilan yondashgan, ularni mo‘tabar zot sifatida e’zozlagan. Bu hol
xalqning bir qator urf-odatlarida o‘z aksini topgan. Bo‘ladigan katta-kichik
yig‘inlarda ustoz eng yuqori o‘rinlarga o‘tkazilgan. Dastlabki so‘zni albatta ustoz
boshlab bergan. Kurash davralarida polvonlar o‘z ustozlaridan fotiha olishgan;
ularning yoqasini ushlashni uyat deb bilishgan. Bu odatlarning barchasi ustozga
bo‘lgan hurmatning ifodasidir. Ajdodlarimiz ustoz shogird uchun har tomonlama
namuna bo‘la oladigan yetuk shaxslar bo‘lishini ta’kidlab, muallim ota-ona kabi
ulug‘ zot deb hisoblagan. «Ustoz – otangday ulug‘» maqoli bu fikrning isbotidir.
«Dono ustozdan a’lo shogird chiqadi», «Ustozi qanday – shogirdi shunday»,
«Daraxtiga qarab mevasi, ustozga qarab shogirdi», «Daraxtning husni – bargi bilan,
mevasi – ildizi tani bilan», «Ustoz mehri, ona mehri egizak», «Ustoz shogirdning
oynasi», «Ustoz oy – shogirdga berar chiroy», «Ustoz ko‘rmagan shogird, har
maqomga yo‘rg‘alar» kabi bir qator maqollarda ham ustozlar shaxsiga oid sifatlarga
alohida urg‘u berilgan
2
. Tarbiya ishi muvaffaqiyati ustoz va shogirdlararo insoniy
mehr-muhabbat zamiriga yashiringanligi ta’kidlanadi: «Kim mehribonlik qilmas
ekan, mehribonlik ko‘rmaydir». Insoniy munosabat tarbiya ishining, ma’naviy
kamolotning samarali omili deb qaraladi. Hadislarda ta’kidlanishicha, har qanday
ishning majburiy bo‘lishi salbiy oqibatlarga olib keladi. Ta’lim va tarbiya berish ham
bundan mustasno emas. «Majbur qilmoq – jabr qilmoqdir», – degan hadis bu fikrning
tasdig‘idir. IX-XII asrlar davomida Xorazmiy, Farg‘oniy, Ismoil Buxoriy, At-
Termiziy, Abu Nasr Farobiy, Ibn Sino, Beruniy, Zamaxshariy, Mahmud Qoshg‘ariy
kabi ulkan olim va allomalar o‘z ijodi bilan O‘rta Osiyoning shuhratini jahonga
tanitdi. Ahmad Yugnakiy, Yusuf Xos Hojib kabi mashhur mutafakkirlar turkiy
adabiyot rivojida o‘chmas iz qoldirdi. Bu davrda yashagan mutafakkirlar,
donishmandlar ta’lim-tarbiya, odob va axloqqa oid asarlar yaratdilar. Ularda ustoz va
uning ma’naviy qiyofasi, kasb xususiyatlarining o‘ziga xos jihatlari haqida, farzand
tarbiyasi xususida durdona fikrlar bildirilgan. Farobiyning fikricha, boshqalarga
o‘rnak bo‘la oladigan shaxs baxt-saodatga olib boradigan vositalarni bilib olib, bu
ishlarni shaxsan bajarishga kirishmog‘i lozim. O‘zidan boshqalarga rahbarlik va
rahnamolik qilish, ularni baxt-saodatga erishuv darajasiga ko‘tarish har kimning ham
qo‘lidan kelavermaydi. Inson aql va tajribaga tayansa, donolik donishmandlikka
2
Донолар бисотидан. Т., «Ёш гвардия» нашриёти, 1976. 42-48-бетлар.
49
Do'stlaringiz bilan baham: |