mazkur sanoat tarmoqlariga tegishli ko‘pgina
korxonalar, ayniqsa mashinasozlik
zavodlari yuksak darajada ilmiy-texnika qudratiga ega bo‘lgan yirik shaharlarda
joylashtiriladi.
Yuqorida ko‘rilgan omillarni ahamiyati katta. Ammo ularning barchasi
pirovard
natijada
ekologik omil
balin “hisoblashishlari” kerak. Zotan vujudga
kelgan vaziyat buni qat’iylik bilan talab etadi. Hozirgi kunda ayrim sanoat
korxonalari ishlashi shu nuqtai nazardan to‘xtatilgani bejiz emas. Ekologik
jihatdan ko‘p sanoat tarmoqlari
va eng avvalo kimyo, yog‘och-sellyuloza, go‘sht,
konserva, charm zavodlari, issiqlik elektrostansiyalari va shunga o‘xshash
korxonalar “nomaqbul” hisoblanadi. Binobarin ular aholi joylashgan markazlardan
uzoqroqda bo‘lgani yaxshi. Kimyo sanoati misolida ekologik omilning ishlab
chiqarishning hududiy tashkil etilishiga ta’sirini ko‘rish mumkin, chunki bu sanoat
korxonalarini joylashtirilishi chinakam erkin xususiyatga ega. Zero kimyo sanoati
o‘simlik, hayvonot,
mineral xom ashyosi, suv, havo (azot) asoida ham, boshqa
sanoat chiqindisi (qora va rangli metallurgiya) negizida ham rivojlanishi mumkin.
Shunday qilib kimyo sanoati korxonalarini har qaerda qursa bo‘ladi, ammo bu
masalaning bir nozik tomoni bor- bu ham bo‘lsa ekologik omildir.
Bu omil bilan
hozirgi kunda hisoblashmasdan iloj yo‘q, zero mamlakatimiz hududida ekologik
sog‘lom joyning o‘zi juda sanoqli.
Yuqoridagi omillardan tashqari bozor iqtisodiyoti omilini ham unitmaslik
kerak. Hozirgi kunda bozor iqtisodiyoti to‘g‘risida barcha olimu oddiy xalq,
kattayu-kichik so‘z yuritadi. Lekin, bu juda murakkab
tushuncha va iqtisodiy
munosabatdir, xususan Yevropa davlatlari boy tajribaga ega, chunki bu munosabat
mazkur davlatlarda 10 va 100 yillar davomida shakllanib kelgan.
Shuni alohida g‘ayd etish joizki, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga
birdaniga o‘tib bo‘lmaydi, buning uchun barcha shart-sharoitni yaratish kerak,
ya’ni uning o‘zini moddiy, maishiy va madaniy infrastrukturasi bo‘lmog‘i lozim.
Shuning uchun bu munosabatlarga o‘tish tarixan birmuncha uzoq davrni talab etadi
va unga bosqichma-bosqich o‘tish ya’ni evolyusion rivojlanishni taqazo etadi.
Bozor iqtisodiyoti- ishlab chiqarish
erkinligi xarid erkinligidir, bu
raqobatdir.
Bunday sharoitda ko‘p ukladli iqtisodiyot, mulkchilikning turli shakllari va
sog‘lom raqobat muhitini vujudga keltirish, monopoliyaga
qarshi kurash muhim
ahamiyat kasb etadi. Demak, bozor iqtisodiyoti omilini ishlab chiqarish
tarmoqlarini hududiy tashkil etishga nisbatan tahlil etar ekanmiz, unda bu boradagi
ilgarigi an’anviy fikr yuritishimiz tamomila o‘zgarib ketadi. Chunki bu sharoitda
nimaga ixtisoslashuvni va qaerda joylashttrishni pirovad natijada bozor, raqobat,
talab
va taklif belgilaydi, davlat esa o‘zining regional (hududiy) va soliq siyosati
orqali bu jarayonni boshqarib yoki tartibga solib turadi.
Do'stlaringiz bilan baham: