Instrumental usullardan
asosan keng tarqalgan «qon tomir» usuli
qo‘llaniladi. Mikrotsirkulyatsiyani buzilishini konyunktivaning biomikroskopiyasi
va tirnoq usti kapillyaroskopiyasi ko‘rsatkichlari orqali aniqlanadi.
Oftalmoskopiyada qon tomir patologiyasi retinovaskulit va ko‘ruv nervi
zararlanishi ko‘rinishida aniqlanadi (nevrit, diskni dimlanishi, atrofiya, diskni
oqarishi).
Reoensefalografik tekshirishda miyaning qon bilan ta’minlanishi
etishmovchiligi belgilari aniqlanadi. ASV xarakterli belgilari dikrotik tishlarning
yo‘qligi yoki yaqqolligi aniqlanadi. Allergik vaskulit diagnostikasida
jarohatlanmagan teridan biopsiya olib, gistologik usul yordamida teridagi qon
tomir vaskulitini aniqlash mumkin.
MNS ni zararlanishini talvasa aktivligini elektroensefalografiya yordamida
aniqlash bilan isbotlash. Periferik nerv tizimini patologiyasi xarakterini
elektroneyromiografiya yordamida aniqlanadi va jarayonning obyektivligini va
polinevropatiyani boshlang‘ich turlarini aniqlashda qo‘llaniladi. Bunda periferik
nerv tizimi sezuvchi va harakatlanuvchi tolalarning o‘tkazuvchanlik tezligi
pasayadi.
Davolash.
Zararlanishni davolash og‘ir muammo bo‘lib, organizmning
individual xususiyatini hisobga olib kompleks yondoshish talab etiladi. Terapiya
etiotrop, patogenetik va simptomatik xarakterga ega bo‘lishi kerak.
Agar nerv tizimini zararlagan allergen aniq bo‘lsa, tezda organizmga tushishini
bartaraf qilib va u bilan kontaktni yo‘qotish kerak. Bundan tashqari, dezintoksikatsion
moddalar berish, ularning konsentratsiyasini aralashtirib yoki organizmdan immun
komplekslarni va allergenlarni chiqishiga yordam beradi. Shu maqsadda gemodez (15
ml/kg), reopoliglyukin (10%-10 ml/kg sutkasiga), 4% gidrokarbonat natriy eritmasi,
Ringer eritmasi tavsiya etiladi. Oxirgi vaqtlarda immun komplekslarni chiqarish
maqsadida plazmoferezdan foydalaniladi. (1 g/kg – vena ichiga xlorli natriy yoki 5%
glyukoza eritmasi tomchilab yuboriladi). Musbat degidratatsion effekt triampur (1/2
tab. 1-2 kundan keyin), yoki diakarb (1/2 tab. kuniga) beradi.
Qon tomir rezistentligini oshirish, perivaskulyar shishishini kamaytirish,
to‘qimani nafas olishini yaxshilash maqsadida 5% askorbin kislota (1 ml dan 10%
334
glyukoza 15-20 ml gacha), kokarboksilaza (1 ml). Qon tomir o‘tkazuvchanligini
kamaytirish uchun kalsiy prepatratlari (kalsiy xlor 1%-100,0 vena ichiga
tomchilab, kalsiy glyukonat 10%-5-7ml parenteral). Immun javobni modullash-
tirish maqsadida glyukokortikoidlardan foydalaniladi. Ko‘proq effektiv ta’sirga
steroid gormonlarning qisqa kursi ega bo‘lib (5-7 kun ichida) dozasi jarayonning
o‘tkirligi va og‘irlik holatiga bog‘liq (demiyelienizatsiyalashgan kasalliklarda 20-
25 mg/kg prednizolon sutkasiga qilinadi). Bundan tashqari, glyukokortikoidlar
shishishga qarshi, desensibillashuvchi ta’sirga, immun yallig‘lanishni so‘ndiruvchi,
kapillyarlar o‘tkazuvchanligini kamaytirishiga olib keladi.
Nosteroid yallig‘lanishga qarshi preparatlar (brufen, ibuprofen, voltaren,
butadion, diklofenak, ksefokam) turib qolgan immun komplekslarni yalliglanishini
so‘ndiradi, bundan tashqari, og‘riq qoldiruvchi, dezagregatsion xususiyatga,
kapillyarlarning o‘tkazuvchanligini kamaytiradi, yallig‘lanish mediatorlarni
inaktivlaydi (prostaglandin, serotonin, gistamin).
To‘qima allergik jarohatining 4 turida ham desensibillashuvchi preparatlar
(kestin, dimedrol, pipolfen, suprastin, diazolin, fenkarol, tavegil, peritol) nerv
to‘qimasida mikrotsirkulyatsiyasini yaxshilaydigan antiagregantlar (trental,
kurantil, aspirin) qo‘llaniladi. Nootroplar nerv to‘qimasida almashinuv
jarayonlarini yaxshilash maqsadida qo‘llaniladi. Nerv to‘qimasidagi gipoksik
holatni yo‘qotish maqsadida katta bo‘lmagan bosim ostida giperbarik
oksigenatsiya qo‘llaniladi. (1,2 atm 15-20 minut ichida
№
3-4).
Siptomatik davolashga talvasaga qarshi, umumiy quvvatlovchi va boshqa
moddalar qo‘llaniladi. Nerv tizimi allergik jaroxatlangan bemorlar fizik va psixik
tinchlikka rioya qilishlari kerak. Kasallikning 12-14 kunida massaj va LFK
qo‘llash kerak.
335
Do'stlaringiz bilan baham: |