Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet182/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

O‘choqli
nevrologik belgilar NeyroOITS ning quyidagi shakllarida 
rivojlanadi: 
1.
O‘choqli mikroglial ensefalitda; 
2.
Gemorragik va ishemik insultlarda. NeyroOITSda ishemik yoki 
gemorragik insultning yuzaga kelishi angiit yoki trombotsitopeniya yuzaga 
kelishi bilan bog‘liq tomirlarning zararlanishlarida kuzatiladi. O‘choqli 
belgilarning rivojlanishi zararlangan tomir havzasiga bog‘liq bo‘ladi. 
OITSda miyada qon aylanishining o‘tkir buzilishlarining klinik ko‘rinishi 
spetsifik emas. 
OIV bilan zararlangan 45 yoshdan kichik bo‘lgan bemorlarda insult 
chastotasi umumiy populyatsiya ichida shu yoshdagi odamlarga nisbatan 40 marta 
yuqori. Buni yosh shaxslarda sababi aniqlanmagan insult kuzatilganda esda tutish 
kerak, chunki insult neyroOITSning birinchi belgilaridan biri bo‘lishi mumkin.
Miya infarkti perivaskulyar yallig‘lanishlar natijasida, hamda tomir ichi 
disseminirlangan qon ivishi natijasida yuzaga kelishi mumkin. Miyada qon 
aylanishining buzilishi immun komplekslarni miya tomirlari devoriga cho‘kishi 
natijasida ularning stenozi hisobiga yuzaga keladi. 
NeyroOITSda bosh miya patologiyasi bilan bir qatorda orqa miya va 
periferik nerv tizimi patologiyasi ham uchraydi.
Orqa miyaning zararlanishi
alohida yoki bosh miyaning patologiyasi bilan 
birga uchrashi mumkin (surunkali ensefalomielopatiya). NeyroOITSning bunday 
shakli 20% hollarda uchraydi. Orqa miyaning yallig‘lanishi spastik xarakterga ega 
pastki paraparez va sensor ataksiya, ba’zida chanoq a’zolari funksiyasining 
buzilishi bilan namoyon bo‘lishi mumkin. Patologik jarayon, asosan, ko‘krak 
segmentlari sohasida joylashgan bo‘ladi.
Vakuol miyelopatiyaning kechishi zo‘rayib boruvchi xarakterga ega bo‘lib, 
nevrologik ko‘rinishlari yurishning yengil buzilishlaridan tortib, to paraplegiya va 
chanoq a’zolari funksiyasining buzilishi bilan xarakterlanadi.
Elektroneyromiografiya (ENMG) da orqa miya bo‘ylab o‘tkazuvchanlikning 
buzilganligi ko‘rinadi. Morfologik tekshiruvlarda orqa miya oq moddasining, 
ayniqsa, orqa va yon ustunlar sohasining, vakuolizatsiyasi aniqlanadi. Yorug‘lik va 
elektron mikroskoplarda qaralganda vakuollar – bu miyelin qobig‘i bilan o‘ralgan 
bo‘shliq ekanligi ko‘rinadi.
Periferik nerv tizimining zararlanishi
surunkali demiyelinizatsiyalovchi 
polinevropatiyalar, sensomotor neyropatiya, ko‘plab mononeyropatiyalar 


 250
ko‘rinishida kechishi mumkin. Periferik neyropatiyalar kasallikning turli 
bosqichlarida rivojlanib, 88% hollarda uchraydi.
OIV-infeksiya bilan bog‘liq eng ko‘p uchraydigan shakli sensor 
polineyropatiyadir. Bemorlar oyoqlarida og‘riqlar, uvishib qolish va chumoli 
o‘rmalash hissi, elektr toki o‘tgandek hislarga shikoyat qiladilar. Obyektiv 
tekshiruvda tizza reflekslarining pasayishi va sezgi buzilishlari kuzatiladi. ENMG 
o‘tkazilganda aksonal o‘tkazuvchanlik, ayniqsa, sezgi tolalarida buzilganligini 
ko‘rish mumkin. Bu esa periferik nerv tizimi zararlanishining sensor shakli deb 
qarashga asos tug‘dirdi. OIV-infeksiyaning erta bosqichlarida sensomotor 
neyropatiya ham yuzaga kelishi mumkin. Harakat va sezgi buzilishlari OITS bilan 
kasallangan bemorlarning birinchi nevrologik belgilari bo‘lishi mukmin.
OITSda oq modda va periferik nervlarning zararlanishi nerv to‘qimasida 
autoantitanachalar paydo bo‘lishi va demiyelinizatsiya rivojlanishi bilan bog‘liq. 
Orqa miya suyuqligida oqsil miqdorining ortishi va pleotsitoz aniqlanadi. Nerv 
biopsiyasi o‘tkazilganda, uning mononuklear-makrofagal infiltratsiyasi va 
demiyelinizatsiyasi aniqlangan. Demiyelinizatsiya patogenezida periferik nervlarga 
qarshi aylanib yuruvchi antitanachalar muhim ahamiyatga ega.
OIV-infeksiyada miopatiya ham uchrashi mumkin, unga qo‘l-oyoqlarning 
proksimal qismi mushaklarida og‘riq va kuchsizlik xos. Qon plazmasida 
kreatinfosfokinaza miqdori oshgan. Mushaklar biopsiyasida mushak tolalarining 
nekrozi va yalliglanish infiltratlari topiladi. 

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   178   179   180   181   182   183   184   185   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish