Microsoft Word Bolalar nevrologiyasi end doc


Progressirlanuvchi multifokal leykoensefalopatiya



Download 19,3 Mb.
Pdf ko'rish
bet172/343
Sana07.07.2022
Hajmi19,3 Mb.
#753537
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   343
Bog'liq
Sodiqova-Bolalar Nevrologiyasi (3)

Progressirlanuvchi multifokal leykoensefalopatiya
 
Kam uchraydigan patologiya bo‘lib, immun yetishmovchilik holatlarida 
rivojlanadi. Asosan katta yoshdagi odamlar va qariyalar kasallanadi. Morfologik 
miyada demiyelinizatsiya o‘choqlari paydo bo‘ladi. Kasallik sekin-asta boshlanib 
kuchayib boradi va 1 yil davom etadi.
Klinikasi: xulqni o‘zgarishi, epileptik tutqanoqlarning paydo bo‘lishi 
keyinchalik ko‘rishni buzilishi, gemiparez, xushni buzilishi, yaqqol namoyon 
bo‘luvchi psevdobulbar belgilar bilan xarakterlanadi. Likvor tekshirilganda 
o‘zgarishlar aniqlanmaydi. KT va MRT da miyaning subkortikal bo‘limlarida 
atrofik o‘zgarishlar topiladi.
Davolash va profilaktika. Ensefalitni o‘tkir davrida davolash etiologiyasiga, 
holatni og‘irligiga, bemorni yoshiga va individual xususiyatlariga bog‘liq. 
Ensefalitni davolashni asosiy printsiplari:
Qo‘zg‘atuvchiga ta’sir qilish.
Miya shishishini oldini olish.
Nafas olishni va qon aylanishi funksiyasini boshqarish.
Simptomatik davo.
O‘tkir virusli ensefalitlarni davolash uchun virusga qarshi preparatlar 
qo‘llaniladi (etiotrop davo).
Oddiy gerpes virusli va Zoster gerpetik ensefalitda atsiklovir 10 gg/kg 
dozada kuniga 3 mahal 200-300 ml fiziologik eritmada vena ichiga sekin 
yuboriladi (10-14 kun). Asiklovirni erta qo‘llash o‘limni va kasallikni og‘ir 
kechishini kamaytiradi.
Preparat kam zaxarli, shuning uchun buni o‘tkir gerpetik ensefalitga shubxa 
bo‘lganda ham qo‘llash mumkin. Sitomegalovirusli ensefalitlarda vena ichiga 
gansiklovir (5 mg/kg) va foskarnet (90 mg/kg) kuniga 2 mahal yuboriladi (2-3 
hafta mobaynida). Virusli ensefalitlarda interferon tavsiya etiladi. Bu 


 238
immunomodulyator ta’sirga ega bo‘lib, virusga qarshi aktivlikni stimullaydi. 
Endogen interferonni ishlab chiqishini tezlashtirish uchun mushak orasiga 
pirogenal 25 minimal pirogen dozadan (MPD) boshlab sekin asta 500 MPD gacha 
(kunora yoki 2 kunda) ko‘tariladi. Kana va chivin ensefalitida kasallikni birinchi 
kunida mushak orasiga kanaga qarshi gamma-globulin (6 ml dan) yoki zardob 
globulini (3 ml dan) 3 kun mobaynida yuboriladi. 
Yiringli meningoensefalitlarda antibiotiklar (penitsillin sutkada) 300-500 
ming Ed 1 kg vaznga hisoblab buyuriladi va antiseptik moddalar (metrogil – 100 
mg sutkada, dioksidin – 10 ml 1% eritmasi) vena ichiga 7-10 kun mobaynida 
yuboriladi.
Patogenetik davo intoksikasiya, miya shishishi va bo‘kishi bilan kurashish, 
kislota-ishqor va elektrolit balansini korreksiya qilishga, organizm 
desensibilizatsiyasi, miya gipoksiyasi bilan kurashishga qaratilgan. 
Dezintoksikatsiya uchun elektrolitlar (kaliy va natriy xloridi) eritmasi, 5% 
glyukoza, qon o‘rinbosarlari (gemodez, reopoliglyukin, polidez) qo‘llaniladi. 
Preparatlar vena ichiga tomchilab yuboriladi. Qo‘shimcha V guruh vitaminlar
askorbin kislotasi buyuriladi. Miya shishishini oldini olish maqsadida 
giperventilyatsiya qo‘llaniladi, osmotik diuretiklar (mannitol–1 mg/kg), 
saluretiklar (laziks – 40-120 mg) yoki kortikosteroidlar katta dozada (prednizolon 
200 mg sutkada) vena ichiga 7 kun yuboriladi. Miyaning metabolizmini yaxshilash 
uchun pirasetam (10-20 ml 20% eritma) yoki serebrolizin (5-10 ml) vena ichiga 
yuboriladi.
Simptomatik davo kasallikning alohida ko‘rinishlarini davolashga 
qaratilgan. Demak, tutqanoqlarni oldini olish maqsadida diazepam (seduksen, 
relanium) vena ichiga 2 ml dan, fenobarbital (0,1), difenin (0,1) yoki karbamazepin 
(0,1) kuniga 1-2 marotaba ichishga buyuriladi. Epileptik statusda va psixomotor 
qo‘zg‘alishda vena ichiga relanium, natriy oksibutirat yuboriladi.
To‘satdan haroratni ko‘tarilishi, bosh og‘rig‘ini oldini olish uchun nosterioid 
yallig‘lanishga qarshi preparatlar iboprofen bundan tashqari analgin, dimedrol va 
aspirin qo‘llaniladi. Parainfeksion ensefalitlar va ensefalomiyelitlarni davolash 
uchun parenteral antigistamin moddalar (suprastin, tavegil, dimedrol, kalsiy 
glyukonat) yoki ichishga (fenkarol) buyuriladi. Og‘ir hollarda glyukokortikoidlar 
va degidratasion preparatlar tavsiya etiladi.
Surunkali kechuvchi ensefalitlarda kortikosteroidlar, desensibilizatsiyalovchi 
preparatlar, immunomodulyatorlar (levamizol – 100-150 mg/sut yoki inosipleks –
100 mg/kg sut.), immunosupressorlar (siklofosfan – parenteral 0,2 g har kuni, 
azatioprin – ichishga 4 mg/kg) 1-2 oy mobaynida tavsiya etiladi.
Ensefalit profilaktikasi. Arbovirus ensefalitlarni oldini olish uchun spetsifik 
va nospetsifik tadbirlar qo‘llaniladi. Spetsifik profilaktika kana va chivin 
ensefalitida vaksina qo‘llashdan iborat. Kana chaqqanligi aniqlanganda mushak 
orasiga kanaga qarshi gamma globulin yuboriladi (3 ml). 
Nospetsifik profilaktika ensefalit qo‘zg‘atuvchisini tashuvchilaridan 
odamlarni va xonalarni himoya qilish tadbirlaridan iborat. Umumiy profilaktika 


 239
kemiruvchilar bilan kurash, uy xayvonlarini emlash, sutni qaynatish, aholini 
shaxsiy va umumiy gigiyenaga o‘rgatishni o‘z ichiga oladi.

Download 19,3 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   168   169   170   171   172   173   174   175   ...   343




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish