intizomi doirasidan sug'urib olmoq zarur. Russo diqqatni eng aw alo
subyektning ichki dunyosiga qaratadi. Subyektning
obyektiv dunyoga
m unosabati va boshqa ijtim oiy x a tti-h a ra k a tla ri uning hislariga
asoslanadi. Botinda harakat qiladigan hislarni Russo manbai zohirda
b o ‘lgan ratsionallikka qarshi q o ‘yadi.
Tabiat tushunchasi Russoda qadriyatli, axloqiy mazmunga ega. Tabiat
uning uchun ilohiy borliq. U ham m ani teng ko‘radi, notenglikning har
qanday ko‘rinishi faqat insonning o ‘zidan kelib chiqadi: «Tabiat barcha
uchun bir xilda ekadi, biroq biz undan har xil hosil yig‘ib olamiz», —
deydi Russo1. U ning asarlarida, xususan, «Yolg‘iz xayolparastning
sayrlari» asarida tabiat darajalardan va jabr-zulm dan ozod
makon tarzida
nam oyon boMadi. Ozodlik esa mutafakkir uchun o ‘z-o ‘zini jilovlash
em as, qurbon qilish emas, balki uyg‘unlik, shaxsiylik va ijtimoiylikning
birligi. Russo nazdida din — vijdon hissi, u odam lar orasidagi birdamlik
va birodarlik uchun kafolatdir. Kishi ko‘pincha ezgulik qilayapman
degan bahonada yovuzlikni amalga oshiradi. Shu sababli ezgulik qil,
degan shior o'rniga «Hech kimga hech qachon hech qanday yovuzlik
qilma!» degan shiorni o ‘rtaga tashlash kerak.
Russoning eng olijanob va ulug‘vor g ‘oyalaridan biri - xalq
mustaqilligini,
boshqacha qilib aytganda, xalq huquqini barqaror etish.
Faylasuf tenglik tamoyili davlat qonunida aks ettirilgan, xalq o ‘z
vakillarining faoliyatini doimiy tarzda tekshirib turish imkonini beradigan
respublika tuzishni taklif etadi. Ana shunda, Russoning fikriga ko‘ra,
suiiste’mol va qonunbuzarlikdan xalqni himoya qilish, manfaat va fazilat
orasidagi ziddiyatni yo'qotish mumkin. Ana shundagina har bir inson
o ‘zini faqat boshqalar orqali ko‘ra biladi, seva biladi, umumiy ishda
o ‘ziga o ‘rin topadi.
Ingliz m a’rifatparvari Deyvid Hyum (1711 — 1776) axloqshunoslikni
o ‘z
falsafasining ikkinchi, ayni paytda eng asosiy qismi deb hisoblagan
edi. Axloqiy muam m olar uning «Inson tabiati haqida risola» (1740),
«Axloqiy, siyosiy va adabiy esselar» (1751) kabi asarlarida o ‘rtaga
tashlanadi.
H yum axloqshunoslik fan m aqom ini olishi uchun aw alo u his-
tu y g 'u lar ruhshunosligiga aylanm og‘i, ju da b o ‘lm aganda, ana shu
ru h sh u n oslik ka su y a n m o g ‘i z a ru r, deydi. Z e ro , ax lo q sh u n o slik
www.ziyouz.com kutubxonasi
odam larning axloqiy va, um um an, ruhiy
mayllaridan tashqaridagi
qandaydir «alohida» narsani bilish bilan bog‘liq tarzda shakllanmaydi.
Fazilat va illat qandaydir obyektiv hodisalar emas. Axloqiy baholar
haqiqiy ham, yolg‘on ham emas, balki mayllar, qarashlar qilmishlar
kabi, shunchaki «bor narsalar». Shu bois axloqshunoslikning vazifasi
birinchi galda odam larda axloqiy m ayllarni q o ‘zg‘atish sabablan
(impulslari) qanday, qayerda va qachon ro ‘y berganini ham da qanday
odamlar ularga qanday va qachon mos yoki
aks harakat qilishini bayon
etishdan iboratdir. Demak, Hyum axloqshunoslikni bayon qiluvchi
(deskritiv) fan ekanini isbotlashga intiladi, axloqni insonning — tabiiy
hissiyotli tabiatidan keltirib chiqaradi. Axloqiy mulohaza aql emas,
axloqiy his-tuyg‘u orqali ifoda topadi. Inson qilmishlarining pirovar
maqsadini aslo aql-idrokdan kelib chiqib tushuntirish mumkin emas.
«Axloq kuchli hissiyot uyg‘otadi va xatti-harakatni yo amalga oshiradi
yoki unga yo‘l qo‘ymaydi, - deydi Hyum. — Aql o ‘z-o‘zicha bu borada
butunlay ojiz. Demak, axloqiy qoida aqlimizning xulosasi bo‘lolmaydi» .
Hyumning fikriga ko‘ra, xudbinlarcha intilish bilan birgalikda insonga
yaxshilikni ravo ko‘rish, odamsevarlik, adolat
singari ijtimoiy his-
tuyg‘ular ham xos. 0 ‘zgaga yaxshilik xuddi o ‘ziga yaxshilik tilash kabi
insonning insonga xos xususiyati.
Hyum axloqshunosligida ko‘rinishdan uch xil-u, lekin qisman bir-
biri bilan bog‘liq bo‘lgan uch axloqiy tushuncha uyg‘unlashadi. Bu ar
- hedeonchilik, utilitarchilik, jo ‘mardlik (alturiychilik). Hedeonchilik
(lazzat yo‘nalishi) nimaiki lazzat hissini uyg‘otsa, o ‘shani fazilat, aksincha
iztirob, og‘riq qayg‘u keltiradigan hamma narsani illat deb hisoblaydi.
Utilitarchilik (foydalilik) adolatli tarzda nimaki insonga,
jamiyatga,
foyda keltirsa, uni - ezgulik, odamlarga foydasiz yoki zarar keltiradigan
nimaiki bo‘lsa, uni - yovuzlik deb talqin etadi. Foydalilik ham m a
holatlarda ham maqtov va maqbullik manbai hisoblanadi. Mutafakkir
alturiychilik - jo ‘mardlik (o‘zgalar manfaatini yuqori qo‘yish) tamoyihm
ezgulikni axloqiy m a’noda ham m a uchun istisnosiz tarzda foydali
qiladigan hodisa deb tushunadi.
. . .
,
. ..
Hyum birinchi bo‘lib, dalillarni bayon qiluvchi ilmiy mulohaza bilan
his-tuyg‘ularni ifodalaydigan axloqiy mushohadaning farqini ко rsati
bergan olim. Axloqiy mulohazalarning hissiyotli asosini ochib berar
Do'stlaringiz bilan baham: