Abdulla sher axloqshunoslik


Юм Д. Трактат о человеческой природе. М инск, «Попурри», 1998. С. 499



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet76/209
Sana07.07.2022
Hajmi10,65 Mb.
#753233
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher) (1)

1 Юм Д. Трактат о человеческой природе. М инск, «Попурри», 1998. С. 499.
112
www.ziyouz.com kutubxonasi


ek an , u xayrixohlik tushunchasiga e ’tib o r qiladi. Inson tab iata n
boshqalarga xayrixohlik hissiga ega. Ana shu xususiyat, Hyumning fikriga 
ko‘ra, axloqning asosi hisoblanadi. Xayrixohlik oddiy xalqda tug‘iladigan 
noroziliklarni yumshatadigan, xayriyani rag‘batlantiradigan, barcha 
«jentelmenlarning» birlashuvini ta ’minlaydigan vosita sifatida nam oyon 
bo‘ladi.
2. Olmon mumtoz axloq falsafasi
Tarixda olmon mumtoz falsafasi deb nom olgan tafakkur o'zining 
miqyosiyligi va teranligi bilan hanuz fikrlovchi kishilarni hayratga soladi. 
O lm on mumtoz faylasuflari ingliz, fransuz faylasuflaridan farqli o ‘laroq, 
o ‘z asarlarini keng kitobxon om m asiga em as, balki to r doiradagi 
o ‘quvchilarga, falsafani mutaxassislik deb bilgan olimlarga va talabalarga 
m o ‘ljallab bitganlar. Shu bois ularning k o ‘pchilik kitoblari, xususan, 
axloqshunoslikka oid asarlari ham quruq akademik tilda yozilgan va 
tushunilishi og‘ir. Lekin ular o ‘z asarlarida jah o n falsafiy tafakkuri XIX 
asrning birinchi yarmigacha erishgan barcha yutuqlarni ilmiy tizim larda 
umumlashtirganliklari va ulardan nihoyatda chuqur ilmiy xulosalar 
chiqarganliklari bilan ajralib turadilar.
O lm on mumtoz falsafasining asoschisi Immanuyel Kant (1724— 
1804) hisoblanadi. Uning «Axloqiy metafizikaning asoslari» (1785), 
«Amaliy aqlning tanqidi» (1788) va «Xulqlar metafizikasi» (1797) asarlari 
asosan axloqshunosiik va axloqiy m uam m olarga bag‘ishlangan.
Kant falsafaning maqsadi ham da vazifasi haqida so‘zlab, shunday 
deydi: «Falsafa doirasini quyidagi to ‘rt masala bilan yakunlash mumkin:
1. Nimani bilishim mumkin?
2. N im a qilishim kerak?
3. Nimaga umid bog'lay olaman?
4. Inson nima?
Birinchi savolga — metafizika, ikkinchisiga — axloq, uchinchisiga — 
din va to'rtinchisiga — antropologiya (insonshunoslik) javob beradi. 
Ayni paytda, bularning ham masini, aslini olganda, insonshunoslikka 
taalluqli deyish mumkin, chunki dastlabki uch savol to ‘rtinchisiga borib 
taqaladi»1.
Demak, Kant uchun eng m uhim m asala — insonning xulqi, uning
www.ziyouz.com kutubxonasi


qilmishlari. Faylasuf nazariy aqldan amaliy aqlni baland qo‘yadi. Bilim, 
agar insonni insoniyroq qilsagina, unga q at’iy axloqiy zaminga ega 
b o ‘lishi va ezgulik g‘oyasini amalga oshirishi uchun yordam bersagina 
qimmatga ega. Barcha uchun ahamiyatli va zarur axloqiy me yorlar 
shunday bo‘lishi kerakki, ular eng oliy va eng so‘nggi axloqiy qonunlar 
sifatida barcha insoniy xatti-harakatlarga yo‘nalish ko‘rsatishi lozim. 
Insonning hissiy hayoti -~ tabiiy jarayon, umumiy holat qonuniyatining 
alohida hodisasi. Demak, axloqiy qonunlarning sababi — faqat aqlning 
o ‘zi bo‘lishi mumkin. Shu jihatdan nazariy yoki sof aql ayni bir paytda 
amaliy aql hamdir, sof aql o ‘z-o‘zidan amaliy aqldir va u odamlarga 
biz axloqiy qonun deb ataydigan umumiy qonunni beradi.
Kantning axloqshunoslikdagi kashfiyoti, inson xatti-harakatlaridan 
chiqargan xulosasi — axloqning muxtorlik maqomiga ega ekanligidadir. 
Faylasuf axloqiy tamoyillarning qat’iy mustaqilligi va o ‘z bahosiga 
egaligini ta ’kidlaydi. Tabiat qonuni nima ro‘y berishi kerakligini va 
haqiqatan ham m a’lum shart-sharoitda uning ro ‘y berayotganini 
ko‘rsatadi. Axloqiy qonun esa, aksincha ehtimoli bor barcha shart- 
sharoitda nima ro ‘y berishi kerakligini talab qiladi; bunda u muayyan 
holatda pirovard takomil bilan ro‘y beradimi, yo‘qmi — ahamiyatsiz. 
Tabiat qonuni, bu — dalil haqidagi fikr va borliqqa taalluqli bo lgan 
talab shaklidir. Axloqiy qonun yoki sof amaliy aqlning asosiy qonuni 
m ana bunday: shunday xatti-harakat qilki, sening ixtiyoring qoidasi 
ayni paytda umumiy qonunchilik tamoyili kuchiga ega bo‘lsin. Sof 
amaliy aqlning asosiy qonuni — insonlarning barcha harakatiga asos 
b o ‘ladigan axloqiy m e’yorga amal qilishdan iborat.
Axloqshunoslikni obyektiv qonunlar haqidagi fan sifatida, Kant, 
matematika bilan tenglashtiradi: geometrik qat’iy qoidalami, inson ularga 
o ‘zi to 'l a am al q ilish -q ilm a slig i b ilan h iso b la sh m ag an h o ld a
shakllantirgani kabi, axloqshunoslik ham insonning imkoniyatlari bilan 
hisoblashmaydigan, balki nima axloqiy ekanligini ko‘rsatadigan qoidalar 
taqdim etmog‘i kerak. Shu bois faylasuf huquq va axloq haqidagi fanlami 
aqlning shak keltirib bo‘lmaydigan yoki qat’iy talablarga asoslangan 
nazariyalari sifatida olib qaraydi. «Shunday qilib, — deydi Kant, — 
qa t’iy am r (imperativ), bu shunday qoidaki, u haqda tasaw ur subyektiv 
tasodifiy xatti-harakatni zaruriy qilib qo‘yadi...»‘.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Q at’iy am r, eng awalo, shuning uchun oliy va pirovard axloqiy 
qonunki, u insonni faqat maqsad sifatida mavjud deb hisoblaydi va 
insonga vosita deb qarashni, ayniqsa undan shunchaki vosita tarzida 
foydalanishni man etadi. Bu oliy axloqiy tamoyilga Kant bir necha 
misollar keltiradi. Mana, ulardan biri. Deylik, men bir yoqqa ketayotgan 
d o ‘stim dan hech kimning guvohligisiz qanchadir pulni saqlab berish 
uchun olib qoldim. Bu haqda o ‘zim dan boshqa hech kim hech narsa 
bilmaydi. D a f atan do‘stim xorijda vafot etadi. X o‘sh, men uning pulini 
o ‘zimda olib qolishim mumkinmi? Bu savolga «yo‘q» deb javob berish 
uchun Kant q at’iy amrga murojaat qiladi; pulni o ‘zida olib qolish, agar 
biz bu qoidaga umumiylik shaklini beradigan bo‘lsak, bundan buyon 
boshqa hech kim o ‘z pulini birovga ishonib qoldirmaydi, degan gapni 
anglatadi. Chunki, bu holatda har bir kishi qarzga berilgan pul b a’zi 
sharoitda yo‘qolib ketishi mumkinligini anglab yetadi. Shunday qilib, 
Kant nazarida, axloqiylik mohiyat e ’tibori ila insonning kundalik mayda 
tashvishlardan yuksakka, ulug‘vorlikka, ilohiylikka ko‘tarilishidir. Axloq 
xudbinlik manfaatlariga amal qilishdan burchni anglashga o ‘tishdir.
Inson doimo o ‘z shaxsiy baxtiga yo‘naltirilgan mayllari natijasida qat’iy 
am r bilan qarama-qarshi kelib qolishi mumkin. Shu jihatdan inson doimo 
burch bilan mayl oralig‘ida turadi. U ixtiyor tufayli aynan ana shu o ‘z 
burchini bajarishga erkin qaror qiladi, ya’ni q at’iy amiga bo ‘ysunadi va 
faqat mana shu doiradagina o ‘z mayllariga erk beradi. Q at’iy amrga 
amal qilish imkonini amaliy aqlning «sen qila olasan, chunki qilishing 
kerak», degan qonunni beradi. Axloqiy e ’tiqod qandaydir ichki zo‘rlikka 
asoslangan tizim sifatida ish ko‘radi, usiz inson o‘zini ko'zguda ko‘rsa 
dahshatdan sapchib tushadi. «Hakam insonning ichida» va axloqiy qaror 
pirovard natijada har bir odam uchun o ‘z -o ‘zini sud qilish demakdir. 
Zero, inson, u yoki bu muhim qarom i qabul qilar ekan, tashqi tartiblar 
(amal, boylik va h.k.) emas, balki faqat burch amri nuqtayi nazaridan 
ish tutm og‘i lozim. Buning aksi ro‘y bermasligi uchun insonga o ‘zini- 
o ‘zi nazorat qilsin deb ajoyib nazoratchi — vijdon berilgan. Vijdon 
insonning ikkiga bo‘linib yashashiga chek qo‘yadi: hammasini to ‘g‘ri 
tushungan holda noto‘g‘ri xatti-harakat qilishi mumkin emas. Vijdon 
bilan berkinmachoq o ‘ynab bo‘lmaydi, uni aytganingga ko‘ndira olmaysan. 
Uni uxlatib qo‘yish ham mumkin emas, ertam i-kechm i uyg‘onadi-da, 
qilmishingga javob berishga majbur etadi.
Buyuk mutafakkirning axloqshunosligini m a’lum m a’noda burch 
haqidagi ta ’limot ham deyish mumkin. U burchning ikki xili mavjudligini
www.ziyouz.com kutubxonasi


ta ’kidlaydi: huquqiy burch va axloqiy burch. Huquqiy burchni bajarish 
uchun tashqaridan majbur etilsa, axloqiy burch aksincha, fazilatga, 
ya’ni ichki hodisaga, ixtiyor erkinligiga bog‘liq. Shu bois insonning 
axloqiy burchga muvofiq xatti-harakat qilish qobiliyatini Kant fazilat 
deb ataydi.
Axloqiy burchning o ‘zini ham faylasuf ikkiga bo'ladi: insonning o ‘z 
oldidagi burchi va boshqalarga nisbatan, ularning aybdorligi yoki 
hurmatga munosibliklariga qaratilgan burch. 0 ‘ziga nisbatan burch, 
aw alo, insondan o ‘z-o ‘ziga hurmatni talab etadi. Uning ziddi — o ‘z 
hayotiga qasd qilish, sog'ligiga putur yetkazish, yolg'onchilik, ochko zlik 
va soxta itoatkorlik — xushomadgo'ylik. 0 ‘zgalarga nisbatan burch esa, 
aw alo , boshqa odam larni hurm at qilishni talab etadi. U - Kant 
« d u n y o n in g buyuk axloqiy bezagi» deb atag an x a y r-e h so n d a , 
m innatdorchilikda, quvonch-u g‘am ni baham ko'rishda, um um an, 
insonga muhabbatda aks etadi. Ularning ziddi — manmanlik, dilozorlik, 
hasad, ko'rnamaklik va ichqoralik.
Xatti-harakatning maqsadi ham, uning samarasi ham emas, balki 
uning niyati, ya’ni axloqiy amrga muvofiqligi axloqiy hisoblanadi. Ana 
shu mezon, axloqiy burch insondan xatti-harakatning ezgu ixtiyor bilan 
qilinishini talab etadi. «Biror yerda, bu dunyoda ham, hatto undan 
tashqarida ham, faqat birgina ezgu ixtiyordan boshqa yana qandaydir 
narsani cheklanmagan darajadagi ezgulik deyish mumkinligini xayolga 
keltirib b o ‘lmaydi», — deydi K ant1. Ezgu ixtiyor harakatni tashqi shart - 
sharoit va manfaatni hisobga olmasdan baholaydi, zero, burchning 
m azm u n i biz in tila y o tg an b axtda em as, balki baxtli b o 'lish g a
loyiqligimizdadir. «Shu bois, - deydi faylasuf, — axloq, sirasini aytganda, 
o ‘zimizni qanday tarzda baxtli qilishimiz mumkinligi haqida emas, 
balki o ‘zimiz qanday qilib baxtga munosib bo‘lishimiz to ‘g‘risidagi 
ta ’limotdir»2.
Shuni ham ta ’kidlash o ‘rinliki, Kant ixtiyor muammosiga diniy- 
nasroniy nuqtayi nazardan yondashadi: dastawal u yovuz ixtiyor tarzida 
yuzaga chiqadi. Yovuz ixtiyor inson tabiatidagi burch talabining harakat 
qoidasiga aylanishiga qarshi turadigan mayldir. Ana shuning uchun 
ham o ‘z-o ‘zini bilish va aqlga asoslangan ezgu ixtiyor zarur. Odamlar 
ana shu ezgu ixtiyor asosida bir-birlariga munosabat qilishlari kerak.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   72   73   74   75   76   77   78   79   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish