Abdulla sher axloqshunoslik



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet24/209
Sana07.07.2022
Hajmi10,65 Mb.
#753233
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher) (1)

Aflotun 
(yunoncha P laton, m iloddan avvalgi
www.ziyouz.com kutubxonasi


4 2 7 —347-yillar) axloqshunosligi u ch u n , ak sin ch a, g ‘oyalar va ruh 
haqidagi ta ’lim o tlar asos b o ‘lib xizm at qiladi. Aflotunning g ‘oyalar 
t a ’lim otiga k o 'ra, bizga k o ‘rinib turgan, biz harakat qilayotgan dunyo 
b o r-y o ‘g‘i soyalar o ‘yini, haqiqiy dunyoni ko‘rish uchun esa inson aqli 
ojiz. Inson g‘or devoriga kishanband qilib qo'yilgan tutqunga o ‘xshaydi, 
u faqat haqiqiy borliqning noaniq soyalarini kuzatadi, haqiqiy borliq 
esa soyalar orqasida, k o ‘rinm aydi. U ni inson ko‘rmaydi, biroq o ‘sha 
asl borliqni k o ‘ra oladigan m angu o ‘lm as ruh mavjud. U g ‘o yalar 
dunyosiga daxldor, lekin uning faqat aqliy qism igina ana shu dunyoga 
qaratilgan, ehtiros va hirsli qismi esa doim o gunohkor yerga to m o n
to rtad i. Aflotun ruhning bu ikki xillik jih a tin i aravakash (aql) bilan 
k o ‘pirgan otlar (eh tiros va hirs) orasidagi kurash sifatida talqin etadi. 
O tlarb aland kelganda ruh (qalb, nafs, jon) g‘oyalar dunyosi yuksakligidan 
vujudga yiqiladi va inson tug‘iladi. Insonning tug ‘ilishi, natijada, ruhning 
g u n o h g a b o tish i b a ro b a rid a voqe b o ‘ladi. B arch a b ilim la r x o tira
natijasidir: ruh g ‘oyalar dunyosidan bilganlarining b a’zilarini eslaydi va 
vujuddagi hayotida b iro r-b ir diqqatga sazovor yangilikni o ‘ziga kasb 
etm aydi. Shunday qilib, A flotunning fikricha, axloq ilohiy asosga ega 
va axloqiy fazilat insonga azaldan berilgan.
A flo tu n d o n ish m a n d lik n i oliy fazilat, ru h d ag i aqliy q ism n in g
n am o y o n b o 'lish i deb biladi va davlatni boshqarishga loyiq yagona 
to if a s ifa tid a d o n is h m a n d -f a y la s u fla rn i ta n o ladi. Y o v q u rlik — 
q o ‘riqchilarga, davlatni him oya qiluvchi askarlarga xos. R uhning hirsli 
q is m i b ila n b o g ‘liq b o 'l g a n m o ‘ta d illik h u n a r m a n d - k o s ib la r , 
dehqonlarga, y a ’ni xalqqa xos. U la r aw algi tabaqaga bo'ysunishi shart. 
U lard an so‘ng q ullar turadi. Q ullar axloqdan tashqarida, h a r qanday 
fazilatdan yiroq, zo tan , ularning ruhga egaligi gum on. B undan tashqari, 
A flotunning fikriga k o ‘ra, adolat — shaxsiy fazilat emas, davlatga xos 
fazilat. Shu sababdan u tabiatiga k o ‘ra uchga b o ‘lingan tabaqalarning 
h a r biri faqat o ‘z yum ushi bilan shug‘ullangan davlatnigina ta n oladi. 
Shuningdek, tijorat fuqarolam i yo‘ldan ozdiradigan soha b o ‘lgani uchun, 
u bilan adolatli davlatda xorijliklar shug‘ullanishi kerak.
A flo tu n ax lo q sh u n o slig in in g m u h im xususiyati sh u n d a k i, u n d a
axloqning asosi, axloqiy n am u na sifatida ilohiylik olinadi. Faylasufning 
fikricha, k im d a -k im X udoning m arham atiga erishm oqchi ekan, unga 
iqtido q ilm o g 'i, u n d a n n am un a o lm o g ‘i kerak; Xudo barch a narsalar 
u c h u n m ezon; faqat X udoga ishonuvchi va taqlid qiluvchi kishigina 
don ish m an d b o ‘lishi m um kin. Xullas, Aflotunning axloqshunosligi q a t’iy
www.ziyouz.com kutubxonasi


d in iy t a b ia tg a eg a. A y n i p a y td a u k o ‘p j i h a t d a n v e d a c h ilik
axloqshunosligidagi g‘oyalarni o ‘z ichiga oladi va ularni rivojlantiradi.
A flo tu n d a n s o ‘ng ikki Q a d im g i Y u n o n a llo m a s i — A ra stu va 
E pikurning axloq nazariyalari diqqatga sazovor. A flotunning shogirdi 
Arastu 
(yunoncha Aristotelos, m iloddan avvalgi 384—322-yillar) birinchi 
b o ‘lib axloqshunoslikni ruhshunoslik bilan siyosatshunoslik oralig‘idagi 
alohida falsafiy fan sifatida taq d im etdi va unga (keyinchalik O vro‘p ad a 
qabul qilingan) «Etika» degan nom berdi.
A ra s tu n in g a x lo q iy q a ra s h la r i, a so sa n o ‘g ‘lig a b a g ‘is h la n g a n
«N ikom axning axloq kitobi» va «Evdem ning axloq kitobi» ham da «K atta 
axloq kitobi» risolalarida o ‘z aksini topgan. A rastu Q adim gi Y un on
m utafakkirlari ichida birinchi b o ‘lib ixtiyor erkinligini axloqning asosi 
sifatida olib qaraydi va axloqiy fazilatni, Aflotunga qaram a-qarshi o ‘laroq, 
ru h n in g tu g ‘m a xususiyati em aslig in i, balki kasb etila d ig a n (hosil 
qilinadigan) sifat ekanini aytadi. U b archa fazilatlarni ikkiga b o ‘ladi: 
b irin c h isi, ru h n in g d o n ish m a n d lik , ta jrib a k o rlik , to p q irlik sin gari 
m a ’naviy soha bilan bog‘liq aqliy qism iga oid fazilatlar va, ikkinchisi, 
ruhning intiluvchan (ixtiyoriy) qism i — so f axloq b ila n b og ‘liq fazilatlar. 
U n in g fikricha, asosiy fazilat a d o la td ir. F a z ila t m a ’lum m a ’n o d a
o ‘rtalikdir, zero, u doim o o ‘rtalikka intiladi. M asalan, m ardlik telbavor 
jasorat bilan q o ‘rqoqlik orasidagi o ‘rtalik va hokazo. Ayni p ay td a bu
o ‘rtalik m uallaqlikni anglatm aydi, u ijobiy xususiyat b o ‘lishi u c h u n
birinchi tom onga yaqinroq turishi lozim . М ., m ardlik q o 'rq o q lik d a n
uzoqroq, telbavor jasoratga y aqinroq turadi. S h u n in gd ek, m utafakkir 
niyatga katta aham iyat beradi va uni h arak atn in g tam o y ili, boshlanishi 
deb ataydi. Lekin u pirovard m aqsad em as, n iyatn ing tam oyili esa 
in tilish va aql, shu sababli niyat a q ld a n , e s -h u s h d a n va o d o b d a n
tashqarid a b o ‘lmaydi.
A rastu, A flotundan farqli o ‘laroq, vujud va ru h yaxlitligi nuqtayi 
nazarini ilgari suradi; inson kam olotga, yuksak ezgulik va erkinlikka 
bilish faoliyati, voqelikka faol m unosabati orqali, h irs-u ehtiroslar ustidan 
h u km ro n lik qila olishi tufayli erishadi, degan fikrni aytadi. D em ak , 
insonda ixtiyor erkinligi bor, zero, u ezgulik yoki yovuzlikni, fazilat 
yoki illatni tanlashda b ir xil h u km ro n lik m avqeyiga ega.
M aqsad bilan vositani Arastu yaxlitlikda olib qaraydi; m aqsad vositani 
b e lg ila y d i, shu sababli m a q s a d n in g a x lo q iy ta b ia ti fa q a t a x lo q iy
vositalarnigina ta n oladi va, ayni paytd a, axloqsiz m aq sad axloqsiz 
vositalarni talab qiladi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Arastu aqliy-idrokiy faoliyatni hayotiy faoliyatning oliy shakli, hech 
bir narsa bilan qiyoslab b o ‘lm aydigan qadriyat deb hisoblaydi. Oliy aql 
doirasida subyekt va obyekt, fikr va fikrning predm eti - narsa-hodisasi 
bir-biriga m os, y a ’ni Oliy aql (X udo) tafakkur haqidagi Tafakkurdir. 
G arch an d inson hech qachon ilohiy hayot darajasiga yetisha olm asa- 
da, lekin unga ideal sifatida imkon boricha intilishi kerak; inson erishgan 
kom illik d oim o nisbiy b o ‘ladi.
Shunday qilib, A rastuning fikricha, axloqli inson aqliy fazilatlar bilan 
y o ‘g ‘rilgan kishidir; aqlni inson em as, insonni aql belgilaydi. Ayol zoti 
esa past darajali, zaif, k o ‘z yoshiga erk beradigan, o ‘zini tutolm aydigan 
inson, ularda ehtiro s aql-idrokdan yuksak turadi, illatlarga erkaklarga 
nisbatan k o ‘p ro q m oyil b o ‘ladilar, shuning uchun ham donishm andlik 
ularga xos em as; xotinning erga b o ‘ysunishi adolat tam oyilini buzm aydi. 
S a n ’at, siyosat va ilm -fan ozod kishilar uchun. Qul, um um an, axloqdan 
tashqaridagi m avjudot.
Q ullarni past tabaqali kishilar, h a tto jonli narsalar qatoriga kiritish 
A ra stu n in g in so n n i m o h iy a ta n ijtim o iy -siy o siy m avju do t sifatid a 
tushun ishid an kelib chiqadi. U ning uchun jam iyatdan: qabila, jam oa, 
davlatdan tashqaridagi odam — yo X udo, yoki hayvon. Shu bois yot 
qabiladan kelgan, polis fuqaroligi huquqiga ega b o ‘lm agan q ullar odam
hisoblanm aydi. Qul faqat ozodlikka erishgandagina insonga aylanadi.
Arastu, yuqorida keltirganim izdek, ilmni (aqlni) axloqdan (vijdondan) 
yuksak q o ‘yadi va bu bilan m ush oh ad ako r hayotni — nazariyani, ijodga 
bag‘ishlangan hay o tni axloqiy ideal tarzida talqin etadi. Shunga k o ‘ra, 
buyuk m utafakkir antik dunyo fuqarosining a n ’anaviy fazilatlari b o ‘lmish 
donishm andlik, m ardlik, odillik, d o ‘stlikni yuksak qadrlaydi. Biroq uning 
insonga m uh abb ati, insonparvarligi bizning hozirgi, b archa bandalar 
X udoning oldida baravar, degan tushuncham izdan farq qiladi. Y uqorida 
k o ‘rganim izdek, uning nazdida o d am lar teng emas, tenglik tushunchasi 
A rastuga yot. U faqat od am lar o ‘rtasidagi d o ‘stlik va xayrixohlikni tan 
oladi, xolos.
Epikur 
(y u n o n ch a E pikuoros, m iloddan aw algi 341 270-yillar) esa 
o ‘z q a ra sh larid a falsafaning am aliy m aqsadini, axloqiy m azm u n in i 
t a ’k id la y d i. I n s o n n in g b ir o r - b i r iz tiro b ig a davo to p o lm a y d ig a n
faylasufning so ‘zlari m a ’nosizdir, b ad an dan kasallikni quva olm aydigan 
tab o b a td a n h ech qanday foyda b o ‘lm agani kabi ruhni (qalbni) davolay 
o lm aydigan falsafadan ham foyda y o ‘q, degan fikrni bildiradi.
E pikur inson da tanlov ixtiyori borligini qayd etadi. U ham D em okrit
www.ziyouz.com kutubxonasi


kabi ezgulik haqidagi t a ’lim o tn i lazzat va iz tiro b m u a m m o sid a n
boshlaydi. U ning uchun eng m uhim i — ruhiy xotiijam lik. D o ‘stlaridan 
birig a yozgan x atid a zarb o ft t o ‘shagu t o ‘kin d a stu rx o n in g b o 'lib , 
behalovat yashagandan ko‘ra, poxol to ‘shakda x o tiijam yotganing afzal, 
deydi. Fazilatlar orasida E pikur adolat bilan d o n ish m and likk a alohida 
e ’tib o r bilan qaraydi. Adolat tushunchasida m utlaqlik va nisbiylik hollari 
m avjudligini ta ’kidlab o ‘tadi; um um an, adolat h a m m a u ch u n b ir xil, 
chunk i u odam lararo m unosabatlardagi foydali hodisa; lekin m uayyan 
m am lakatlarning o ‘ziga xosligi nuqtayi n azarid an va shunga o ‘xshash 
boshq a sharoitlarda adolat barcha uchun b ir xilda b o ‘lolm ay qoladi. 
F azilatlarning m ohiyati insonni lazzatga olib b o rish d a n , xotiijam likka 
h am d a ruhning faoliyatli holatiga xizm at qilish d an iboratdir. Baxt esa 
axloqiy va jism oniy sog‘lom likdan yuzaga keladi.
0 ‘lim qarshisidagi q o ‘rquv borasida gapirib, E p ik u r uning m anbaini 
ru h n in g o 'lm aslig i va iztiro b larn in g ab ad iy lig i h a q id a g i n o to ‘g ‘ri 
tasa w u rlard a deb hisoblaydi. Z ero, ruh ham vujud singari atom lardan 
iborat. Tabiatdagi ham m a narsa a to m lar birik u v id an hosil b o ‘lgan, 
ularning parchalanishi bilan ruh ham parch alan ad i. 0 ‘lim xavfining 
asossiz ekanini isbotlash uchun u shunday deydi: «Y ovuzlikning eng 
dahshatlisi bo'lm ish o ‘lim ning bizga hech q and ay aloqasi y o ‘q, chunki, 
biz hali mavjud ekanm iz, o ‘lim kelm aydi, o ‘lim kelganda esa biz mavjud 
boMmaymiz. Shunday qilib, o ‘lim ning tiriklarga h a m , o ‘liklarga ham
aloqasi yo ‘q, chunki birlari uch u n u mavjud em as, b oshqalarining esa 
o ‘zlari mavjud em as»1.
Epikur iztirobdan qochishni emas, uni yengish kerakligini ta ’kidlaydi. 
Buning uchun axloqiy q at’iyat, fikr yorqinligi, fikr qudrati iztirobga qarshi 
q o ‘yilishi kerak. U ning axloqiy ideali — yerdagi hayotga nafrat bilan 
qaramaydigan, aksincha, tabiat bilan hamnafas bo ‘lib, ya’ni, tabiat belgilab 
bergan hayotiy maqsadga muvofiq yashaydigan don ish m an d , faylasuf. 
Aynan tabiatga muvofiqlikda, turli b id ’at va aldam chi fikrlardan qutulib, 
o ‘z ehtiyojlarini tabiiy zarurat bilan m oslashtirgan holdagina donishm and 
tafakkur va ichki erkinlik borasida oliy darajadagi lazzatga erishadi. 
D onishm and o ‘z kuchi m e’yorini biladi va u n d a n oqilona foydalanadi. 
U baxtni manbai faqat m a’naviy ezgulikda, d o ‘stlik bilan bilim da b o ‘lgan

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   20   21   22   23   24   25   26   27   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish