Abdulla sher axloqshunoslik


Diniy-hadisiy yo‘nalish axloqshunosligi



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet32/209
Sana07.07.2022
Hajmi10,65 Mb.
#753233
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher) (1)

1. Diniy-hadisiy yo‘nalish axloqshunosligi
0 ‘rta asrlarda Arab va Ajam m am lakatlarida islom dini tez yoyildi. 
Islom ning M arkaziy Osiyoga kirib kelishi ulkan ijobiy hodisa b o ‘ldi. 
C hunki m usulm onchilikning m uqaddas e’tiqodiy kitobi «Qur’on» aw algi 
m uqaddas kitoblarga nisbatan- m ukam m al va nisbatan «zaminiy» edi. 
Islom y ah u doch ilik va n&sroniylikdan o 'z in in g , t a ’b ir jo iz bo Isa, 
d em okratik jihatlari bilan ajralib turardi: h ar b ir m usulm on «Qur on»ni 
ta n olishi barobarida Alloh nozil qilgan yana uch kitobni (Tavrot, Z abur 
va Injilni) inkor etishi m um kin emas. Shunday qilib, «Q ur’on» insoniy 
m uam m olarni hal etishda m iqyosiylik tabiatiga ega edi.
Qur’oni karim. 
Q u r’o n u ch ildizdan b ah ra olgan abadiy yashil 
daraxtga o ‘xshaydi. U ning birinch i ildizi — tavhid, ikkinchi ildizi — 
axloq, uchinchisi - ilm. H a r b ir m uslim va m uslim a A llohning yakka- 
yagonaligiga, sherigi y o ‘qligiga shak keltirmasligi, yuksak axloq egasi 
boMishi va doim o, u m rb o 'y i ilm olishga intilishi kerak. Dem ak, h ar bir 
m usulm on uchun e ’tiq o d , axloq va tafakkur ham m a narsadan ustuvor 
m a ’naviy hodisalardir. Shu sababli Q ur’oni karim da tavhidga da vat 
q a to rid a «axloq» va «ilm » s o 'z la ri eng k o ‘p qayd etilgan ilohiy 
kalom lardir.
Q u r’oni karim dagi bosh g ‘oya Alloh o ‘z bandalarining kom illikka 
e ris h u v i b ila n b o g ‘liq. Z o ta n , A lloh in so n n i k o m il b o ‘la olish 
im koniyatlari bilan birga yaratgan.
Bu im koniyatlardan biri tavhiddir. Zero, X udodan boshqa hech kimni 
X udo darajasiga ko‘tarm aslik, undan boshqa hech kimga sajda qilmaslik 
kabi tavhidiy tam oyillar, Alloh ato etgan erkinlikni yo‘qotmasligi uchun 
insonga berilgan eng ulug‘ im koniyatdir. Insonning o ‘z qavm doshidan 
«dohiy» — ulug‘ rahbar yasashi, unga cheksiz e ’tiqod q o ‘yishi, X udodan 
em as, undan q o ‘rqishi, X udoning emas, uning nom ini tinim siz zikr 
e tis h i, unga sig‘in ish i, h a m m a si erk in lik d an q o c h ish d ir. Jam iy at 
a ’zolarining erkinlikdan qochishi, o ‘z taqdiri uchun m as’ullikni rahbarga
— «dohiy»ga yuklab q o ‘yishi d oim o jam iyat uchun qim m atga tushadi: 
jam iyat a ’zolari m avhum «xalq» tushunchasiga aylanadi, ular shaxs 
b o ‘lish huquqidan m ahrum b o ‘lib qoladilar. Faqat birgina shaxs — rahbar 
shaxsi, «dohiy» shaxsi ta n olinadi va u shaxsga sig‘inish ro ‘y beradi.
www.ziyouz.com kutubxonasi


Yakka shaxs hokimligi hukm surgan jam iy atd a inson o ‘z huquqlari 
bilan birgalikda insoniyligini ham yo‘qotadi. L enin, S talin , H itler, Pol 
Pot v.b. shaxsiga sig‘inish davridagi xalqlarning ahvoli b u n in g m isolidir. 
Tavhiddan chekinish ana shunday fojialarga olib keladi. Shu sababli 
qayta-qayta Q u r’oni karim da, b archa m aqtovlar, h a m d u sano lar yolg‘iz 
Allohgadir, deyiladi. Dem ak, tavhid m ustahkam joyda shaxsga sig‘inishga 
o ‘rin y o ‘q. Shunday qilib, tavhid — yuksak axloqiy m azm unga ega: 
inson erkining, jam iyatdagi teng huquqlilikning va o d am g a ato etilgan 
ixtiyor erkinligining m uhofazasi aynan u bilan bogMiq.
In so n iy k o m illik n in g y an a b ir b elgisi u n in g ilm egasi b o ‘lish 
im konidan foydalanishidir. Q u r’oni karim ning «M ujodala» surasi, 11- 
oyati karim asida shunday m arh am at qilinadi: «Alloh sizlardan iym on 
k eltirgan va ilm a to etilgan z o tla rn i (b alan d ) d a ra ja -m a rta b a la rg a
коЧагаг». Bunga odam Atoning xalifa qilib tayinlanishidagi holat yaqqol 
m isol b o ‘ladi. O dam — fa rish ta la r b ilm ag a n n a rsa la rn i b ilgu vch i, 
Allohning t a ’lim ini olgan zot sifatida ulard an yuksak m aqom g a noil 
etildi; Alloh bilguvchidir, dem ak, bandasi bilishga in tilm o g ‘i lozim . 
Bilish h ar ikki dunyoni obod qiluvchi xosiyatli a ’m oldir. Bilish uch un
esa inson tafakkur qilm og‘i, m ustaqil fikr y u ritm o g ‘i lozim . C hunki 
tafakkur qilm asdan turib, Q u r’oni karim oyatlari m ag‘zini h a m , haqiqiy 
insoniy hayot nim a ekanini ham bilish qiyin. Z e ro , Q u r ’on suralarini 
faqat, k o ‘r-k o ‘rona yod olish m usulm onchilik belgisi em as. Aks holda 
inson m o h iy atd an yiroqlashib, h o d isa la r 
chilviriga o ‘ralib qolishi 
m um kin. Shu bois birgina «Baqara» surasining o ‘zidayoq ikki o ‘rinda 
tafakkur haqida oyatlar m arham at qilinadi: «... S h u n d a y qilib, dunyo 
va oxirat haqidagi tafakkur qilishingiz uch un Olloh sizlarga 0 ‘z oyatlarini 
bayon etadi... (219 — 220)». U n d an keyin 242 — oyatda: «Shunday 
qilib, aql yurgazishingiz uch u n O lloh sizlarga 0 ‘z o y atlarin i bayon 
qiladi», — deyiladi.
Eng m uhim i, ilm , tafakkur qilish xosiyati inson nin g axloqiy jo n zo t 
sifatidagi m aqom ini belgilaydi. Inson ilm orqali o ‘zi va o ‘zgalar u ch u n
nim a yaxshi-yu, nim a yom on, nim a foydali-yu, n im a zararli ekanini 
aniqlay oladi. Buni bilm asdan tu rib , o d am bolasining h e c h qach o n
komillikka erishishi m um kin emas. Shunday qilib, ilm , tafakkur, bevosita 
b o ‘lm asa-da, bilvosita axloqiylikni taq o z o qiladi.
U m um an olganda, komillik im koniyatlarining barchasi insonda g o ‘zal 
axloq vositasida nam oyon boMadi. Z ero , islom d inining asosiy m az m u n - 
m o h iy ati g o ‘zal ax loqdan ib o ratd ir. «N iso» su ra sin in g
149 -oy ati
www.ziyouz.com kutubxonasi


karim asida shunday m arh am at qilinadi: «(Ey m o ‘m inlar), xoh oshkora, 
xoh yashirincha b iron yaxshilik qilsangiz yoki b iron yom onlikni avf 
qilib yuborsangiz (O lloh suygan bandalardan b o ‘lursiz)». Shu o ‘rinda 
Im o m G ‘azzoliy keltirgan b ir hadisni eslatib o ‘tish joiz:
«B ir payt payg‘am b arim izg a old tarafdan b ir odam keldi. «Ey 
O llo h n in g Rasuli, d in nim a?» deb so‘radi. R asululloh: « G O ‘Z A L 
AXLOQ!» deb javob berdilar. So‘ngra o ‘ng tarafiga o ‘tib so‘radi: «Ey 
O llohning Rasuli, din nim a?» Rasululloh: « G O ‘ZA L AXLOQ!» deb 
javob berdilar. U odam Rasulullohning so‘l tarafiga o ‘tib, yana: «Ey 
O llo h n in g Rasuli, din nim a?» dedi. Rasululloh: « G ‘azablanm aslik! 
T ushundingm i?» deb buyurdilar»1.
S hunday qilib, ta ’bir jo iz b o ‘lsa, aytish m um kinki, islom dini — 
yuksak axloq egalarining dini, Q u r’oni karim — eng ulug‘ Axloq Kitobi 
sifatida inson zotiga Y orug1 yo ‘lni ko ‘rsatib turuvchi m uqaddas m a ’naviy 
m ayoqdir.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish