Abdulla sher axloqshunoslik


Hayot falsafasi oqimi axloqshunosligi



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet102/209
Sana07.07.2022
Hajmi10,65 Mb.
#753233
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher) (1)

1. Hayot falsafasi oqimi axloqshunosligi
G'arbiy Ovro‘pada mumtoz ratsionalchilikka qarshi o‘ziga xos raddiya 
tarzida vujudga kelgan bu oqimda hayot birinchi o ‘rindagi voqelik, 
keyinchalik m a’naviyat va moddiyatga, ong va borliqqa bo‘linadigan 
uzviy yaxlitlik tarzida idrok etiladi. Undagi hayot tushunchasi murakkab, 
ko‘p m a’noli, o'zining aniq bir talqiniga ega emas. Hayot barcha q at’iy 
b elg ilab q o ‘y ish la rg a , q o tib q o lish g a q arsh i tu ra d ig a n ijod iy
shaxsiylashishning uzviy jarayoni, uni ratsional tushunchalar vositasida 
anglab bo'lm aydi, u murakkab va ko‘p m a’noli. Mazkur oqimga asos 
solgan mutafakkir buyuk olmon faylasufi Fridrix Nitshedir (1844—1900). 
Uning axloqqa munosabati «Zardusht dediki...» (1883—1884), «Ezgulik 
va yovuzlikning narigi tarafida» (1886), «Axloqning kelib chiqishiga
1 Abu H om id G 'a zzo liy. Tavba k itobi. A rabchadan R .Z ohid tarjim asi. Т .,
«Movarounnahr», 2003, 120-b.
www.ziyouz.com kutubxonasi


doir» (1887), «H ukm ronlikka ixtiyor. B archa qadriyatlarni qayta 
baholash tajribasi» (1886—1888) singari asarlarida aks etgan.
N itshe haqida hozirgacha bir-birini tubdan inkor qiladigan ikki 
umumiy fikr mavjud. Biri — uni fashizmning asoschisi, urushlar tarafdori, 
axloqsizlikni, zo‘ravonlikni m a’qullovchi, mafkurachi-faylasuf sifatida, 
ikkinchi umumiy fikr — uni inson shaxsi ozodligini, inson xususiyligini 
bo rttirib ко rsatgan, insonni ulug‘ mavjudot ekanini yodiga soluvchi, 
shaxs erki tarafdori bo'lgan mutafakkir tarzida talqin etadi. Xo‘sh, aslida 
u qanday faylasuf?
Nitshe odamlami uch toifaga bo‘ladi: oxirgi odamlar, yaxshi odam lar 
va a lo odam (odamdan yuksak odam). U Zardusht tilidan shunday 
deydi: «Qarangiz! Men sizga eng oxirgi odamni ko'rsataman. «Muhabbat
nimadir? Yaratmoq — nimadir? Intilmoq-chi? Yulduz degani nima?» 
Oxirgi odam ana shunday deb so‘rab turadi va ko‘zlarini pirpiratadi. 
Y er k ic h k in a b o ‘lib q o ldi va un in g y u zasid a h a m m a n a rsa n i 
kichraytiruvchi mitti odam sakrab-sakrab yuribdi. U ning urug‘i suvarak 
kabi qirilib bitmagay: oxirgi odam ham m adan ko'proq yashaydi. U lar 
vaqti-vaqti bilan andak zahar yutadi. Shundan yaxshi tushlar ko'radi... 
Cho pon yo‘q, hammasi — poda! H ar kim tenglik istaydi, ham m a — 
teng. Kimda-kim boshqacha anglasa, o ‘z ixtiyori bilan jinnixonaga yo‘l 
oladi. «Ilgari butun olam telba edi», — deydi ularning eng oqillari va 
ко zlarini pirpiratadi. «Baxt-iqbolni biz topganmiz», — deb aytadi oxirgi 
odam lar va ko'zlarini piфiratadi».
^ M ana yaxshi odamning ta ’rifi: «Men shunday odam ni sevamanki, u 
a lo odamga makon qurmoq uchun zahm at chekadi va ixtirolar qiladi 
va uning kelmog‘i uchun yer, maxluqot va nabototni hozirlab q o ‘yadi. 
Z o tan , shu tarzda o ‘z h alo katin i istaydi. M en shun day o d am n i 
sevamanki, u yaxshiligidan intilish va toleni yasaydi. Z otan, u xuddi 
mana shunday — o ‘z yaxshiligi uchun yashashni istaydi va boshqacha 
umr kechirishni bilmaydi».
A lo odam to ‘g ‘risida esa N itshe quyidagicha fikrlaydi: «M en sizlarga 
a lo odam to g risida ta ’limot keltirdim. Odam shunday bir xilqatdirki, 
undan oshib о tm oq kerak. Siz undan o ‘tm oq uchun nim a qildingiz? 
Shu damgacha barcha xilqatlar o'zidan yuqoriroq nedir bir narsa yaratdi. 
Siz shu ulug to lqindan sachragan ko‘pik bo‘lib o ‘tirdingizmi? O dam dan 
о tish о rniga, tezroq boz yan a vahshiy hayvon tu sig a kirishga 
oshiqdingizmi? A’lo odam — zam inning mazmuni. Birodarlarim , m en 
sizga iltijo qilib, zaminga sodiq bo ‘ling va sizga yer uzra um id to ‘g ‘risida
www.ziyouz.com kutubxonasi


so‘zlayotganlarga ishonmang, o'zlari bilarmi, bilmasmi, baribir, ular 
zaharlaguvchilar, deb ayturman... Chindan ham, odam — loyqa seldir. 
Uni o ‘ziga yutib toza qilmoq uchun faqat dengiz bo‘lmoq kerak. Qarang, 
men sizga a’lo odam to ‘g‘risida so‘zlayapman: U — o ‘sha dengiz, unda 
sizning ulug‘ nafratingiz c h o ‘kib ketgay. ...U — ch aqm o q , u — 
telbalik!...»1.
Endi uchala odam turini tasaw ur qilib ko'raylik. Misol tariqasida 
«Alpomish» dostoniga murojaat qilaylik. Oxirgi odamlar kichkina joydagi 
kichkina issiq o ‘rinlari uchun Alpomishning o ‘g‘li Yodgorni xo‘rlagan 
bakovul, U ltontozni xon ko‘tarib, uning dasturxoni sarqitlarini zavq 
bilan kutib yashayotgan kichkina odamlar emasmi? Ular agar katta 
harflar bilan yoziladigan «Muhabbat» so‘zining m a’nosini bilganlarida, 
yulduzlar bilan aqalli biror tun so‘zsiz suhbatlashganlarida pastkashlik 
qila olarmidilar? Nitshe ular haqida boshqa bir o ‘rinda maydalashib 
ketgan bunday odamlar, hukmronlikka layoqati boMmagan, noloyiq 
shaxslarning muvaffaqiyatlari uchun yo‘l ochib beradi, ular buyruq 
beradigan har qanday iroda kuchi oldida tiz cho‘kadilar, deydi.
Yaxshi odam -chi? Yaxshi fazilatli odam Qorajon emasmi? Qorajonlar 
Alpomishning kelishi uchun, yuzaga chiqishi uchun ham m a narsani 
qilishga, kerak bo ‘lsa, jonini berishga tayyor. Alpomishlaming ularsiz 
ro‘yobga chiqishi mumkin emas. Alpomishlar esa — zaminning mazmuni. 
Shu sababli Nitshe ularni insoniyatning orzu-umidi deb ta ’riflaydi: 
«Bizning mohiyatimiz — o ‘zimizdan yuksakroq mavjudotni yaratishdan 
iborat. 0 ‘z chegaramizdan naridagi o'zimizni yaratish. Q achondir u 
yerga maqsad, qutqaruvchi inson kelishi kerak. Xudo o ‘ldi, va bizning 
istagimiz — a ’lo odam yashasin»2. Bunday odam oldida qonunlar bosh 
egadi, unda ham qonunchi, ham san’atkor omuxtalashib ketgan bo‘ladi.
D arajalar pillapoyasida inson egallaydigan o ‘rin u cheka olishi 
m um kin b o ‘lgan iztiroblar bilan belgilanadi, deydi faylasuf. Buning 
u ch u n , y a ’ni alo odam b o ‘lish uch u n inson a n ’anaviy axloqiy 
qadriyatlardan kechishi kerak: shafqatli emas, shafqatsiz bo‘lishi lozim, 
rost — bor-yo‘g‘i q at’iy am r, yolg‘on esa — hayotning doimiy yo‘ldoshi, 
hatto sharti, har qanday fazilat nodonlikka, har qanday nodonlik fazilatga

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   98   99   100   101   102   103   104   105   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish