Abdulla sher axloqshunoslik


Бердяев H.A. С амопознание. М ., «Книга», 1991. С. 56



Download 10,65 Mb.
Pdf ko'rish
bet99/209
Sana07.07.2022
Hajmi10,65 Mb.
#753233
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   209
Bog'liq
Axloqshunoslik (Abdulla Sher) (1)

1 Бердяев H.A. С амопознание. М ., «Книга», 1991. С. 56.
2 0 ‘sha manba. С. 61
www.ziyouz.com kutubxonasi


qiladigan, nasroniylikkacha bo‘lgan qonun va bo‘ysunish axloqi. U — 
yerdagi vaqt nuqtayi nazaridan tarixning tabiiy-organik davriga to ‘g‘ri 
keladi. Ikkinchi davr — inson gunohga botganligiga o ‘zi aybdor ekanini 
his etib, ijtimoiy ijoddan bosh tortish bilan o‘z aybini yuvadigan, ijod 
qilm aydigan tazarru axloqi. U — 0 ‘rta asrlarda tarkidunyochilik 
hukmronlik qilgan madaniy-organik davr. Nihoyat, uchinchi davr, endi 
o‘z у о Mini boshlagan, lekin hali kelib ulgurmagan — dunyoni din vositasida 
o ‘zgartiradigan ijod axloqi. Ijod axloqi shunday ulkan bir davrki, unda 
ezgulik va yovuzlik kurashining keskinligi yo o ‘zgargan dunyoga yoki 
umumhalokatga eshik ochib beradi. Biroq qaysi eshikning ochilishi insonga 
bog‘liq. Inson dunyoni o ‘zgartirishda Xudoning ham kori bo'lish 
imkoniyatiga ega. Ayni paytda, bu dunyoni yagona dunyo deyish bilan 
Uning dushmaniga ham aylanishi mumkin. Zero, tarix Xudo haqqi uchun 
qilingan ishlar va yovuz ijod orasidagi kurashdan iboratdir.
Xo‘sh, yovuz ijod yoxud yovuzlik mohiyatan nima o ‘zi? Faylasufning 
fikriga ko‘ra, yovuzlik ijobiy borliqqa ega emas, u ezgulikdan o ‘g ‘irlangan 
xususiyati bilangina kishini o ‘ziga og‘diradi. Shu bilan birga, u nafaqat 
mavjud, balki dunyoda ezgulikdan ko‘ra ko‘proqdir. Yovuzlik bilan 
kurashning bir xavfli tom oni shundaki, bu kurash beixtiyor yovuzlik 
tabiatini o'ziga qabul qilishi, yuqtirishi mumkin; yovuzlikni nihoyatda 
yomon ko'rgan yaxshi odamlar unga qarshi yovuz usullardan boshqa 
kurash yo‘llariga ishonchlarini yo‘qotadilar va natijada o ‘zlari yovuzlik 
qilganliklarini bilmay qoladilar. Shu bois hatto shaytonga ham insoniy 
yaxshilik bilan m unosabatda b o ‘lm oq lozim; ezgulikdan chiqmay, 
ezgulikni nurlantirib turish kerak.
Bizning davrimizdagi asosiy axloqiy muammo, bu — dushmanga 
munosabat masalasi: dushmanni odam deb hisoblamaslik, unga insoniy 
munosabat qilmaslik hozir odat tusiga kirgan. Aynan m ana shunda 
Injildan chekinishni ko‘rish mumkin. Zero, shaytoniy odam lar mavjud 
emas, balki odam larda shaytoniy holatlar mavjuddir. Shu bois biror- 
bir inson ustidan pirovard hukm chiqarish mumkin emas. Aks holda 
jinoyatchi uchun berilgan jazoning o ‘zi ko‘pincha jinoyatga aylanadi. 
Odamlarda dushm an izlash odati bor. Ayniqsa, inqilob yashab turishi 
uchun doim o o ‘zida dushmanga ehtiyoj sezadi va agar dushm an yo‘q 
b o ‘lsa, uni o ‘ylab top ad i. A ksilinqilob ham shunday. D ushm an 
to p ilg an d a o d am o ‘zini yaxshi his qiladi. Bu hoi yovuzlikning 
obyektivlashtirilishi, uning tashqi reallikka chiqarilishidir.
Nikolay Berdyayev ezgulik va yovuzlik orasidagi munosabatlarning
www.ziyouz.com kutubxonasi


jo‘n emasligini, ularda ekzistensiyacha dialektika borligini ta ’kidlaydi. 
Zero, yuqorida aytilganidek, ezgulik yovuzlikka aylanishi mumkin. Lekin, 
shuning barobarida, yovuzlik ham ezgulik bo'lib qayta tug‘iladi. Ya’ni, 
inson agar barcha im koniyatlar sinovidan o ‘tsa, ezgulik va yovuzlik 
tajribalarini boshdan kechirsa, u holda yovuzlikning o ‘zi ezgulikning 
dialektik ibtidosi bo‘lib qoladi. Hegel aytganidek, salbiy hodisalardan 
o ‘tilgach, navbatda faqat ijobiy bosqich qoladi. Shunday qilib, hatto 
dahriylik Xudoni bilishning dialektik ibtidosiga aylanadi. Bu dahriylik, 
mohiyatan, kommunizm va boshqa shunga o ‘xshash hodisalar orqali 
botiniy o‘tmishlardan boyib, yorug‘likka, nurga chiqadigan inson taqdiridir. 
Yovuzlarni qirib tashlash emas, balki m a’rifatli qilish lozim. Chunki 
yovuzlikdan zo‘ravonlarcha yo‘l bermaslik yoki yo‘q qilib tashlash usuli 
bilan emas, balki uni ichdan botinan yengish orqali qutulish mumkin.
Shunday qilib, biz insoniyat tafakkuri tarixidan eng m iqyosli 
bosqichlardan biri boMmish Yangi davrdagi ba’zi axloqiy yo‘nalishlar, 
nazariyalar va qarashlar bilan imkon qadar tanishib chiqdik. Qisqacha 
xulosa sifatida, bu davr mutafakkirlari ilgari surgan ko‘pgina nazariy 
konsepsiyalar, ilmiy farazlar Eng Yangi davr axloqshunosligi va, umuman, 
zamonaviy axloq ilmi uchun kompas vazifasini o ‘taydi, degan fikrni 
aytsak xato boMmaydi. Biz har qadamda ularning ta’sirini his qilib turamiz; 
qanday yangi yo‘nalish yoki oqim paydo bo‘lmasin — hammasida ularning 
o ‘zak vazifasini o ‘taydigan hissasini e ’tirof etmasdan ilojimiz yo‘q.

Download 10,65 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   95   96   97   98   99   100   101   102   ...   209




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish